Umumiy tmk larning umumiy qiymatining 40% ini nazorat qiladi



Download 33,82 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi33,82 Kb.
#628056
Bog'liq
Transmilliy korporatsiyalarning dunyoga tarqalishi va ularning jahon iqtisodiyotiga ta


Transmilliy korporatsiyalarning dunyoga tarqalishi va ularning jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda yuqori. Hozirgi kunga kelib 810 mingga yaqin o’z xorijiy filiallarini boshqarayotgan 82 mingdan ko'p kompaniyalar ro’yxatdan o’tgan.1 Shulardan 500 ta TMK larning qo’l ostida xususiy ishlab chiqarish fondlarining taxminan 50 %, xalqaro savdoning 60 %ga yaqini mujassamlangan. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli butunligiga xom-ashyo savdosi, shu jumladan bug’doy, kofe, jo’xori, o’rmon materiallari, tamaki, temir rudasi jahon savdosining 90%, mis va boksitning 85%i, choy va qalayning 80%i, banan, tabiiy kauchuk va xom neftning 75%i nazorat qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan barcha yangiliklarning 80%i to’g’ri keladi2. TMK ning umumiy valyuta zahirasi jahonning barcha markaziy banklarining birgalikdagi zaxirasidan bir necha barobar ko’p. Xususiy sektorda bo’lgan pul miqdorining 1-2 % ga siljishi, istalgan ikkita milliy valyutalarining o’zaro poritetini o’zgartirishga qodir. Dunyodagi 82 mingdan ortiq TMK larning 0,2 %i, umumiy TMK larning umumiy qiymatining 40% ini nazorat qiladi3.
Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi, ko’pchilik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradilar, xorijiy sarmoyalar lokomativi bo’lib qatnashadilar va milliy chegaralardan qat’iy nazar, strategik qarorlar qabul qiladilar.
Milliy bozorlar orasida aloqalarni mustahkamlagan holda, TMK lar umumiy boshqaruv ostida butun dunyo bo’yicha korxonalarni joylashtirib, sanoatni internatsionallashtirish jarayonlarini vujudga keltiradi. Ular har xil davlatlarda joylashgan korxonalarning texnologik siklini birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat taqsimotini amalga oshiradilar. TMK ga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona umumiy strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Har xil TMK larda bitta yoki undan ko’p qaror qabul qiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari umumiy xususiy mulk bilan bog’lik. Har bir TMK dan bir-biriga bog’lik korxonalar orasida ITTKI(NIOKR) natijalari resurslar va javobgarliklar taqsimlanishi kelishib olingan.
Xo’sh, Transmilliy korporatsiyalar deganda nimani tushunamiz va ushbu toifadagi kompaniyalar qanday ta’riflanadi? Bu haqida turfa qarashlar mavjud bo’lib, Rossiyalik iqtisodchilar quydagicha ta’rif beradi:
“Transmilliy korporatsiyalar (TMK) - bu xorijiy aktivga ega bo’lgan milliy monopoliyalardir. Ularning ishlab chiqarish va savdo-sotiq faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi. 1 ” Ya’ni, ikki va undan ortiq davlatlar hududida o’z faoliyatlarini olib bomvchi kompaniyalarga aytiladi.
“ Ko’pmilliy korporatsiyalar (KMK) - ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotchilik asosida bir necha davlat milliy korporatsiyalarini birlashtiruvchi xalqaro korporatsiyadir.” Bunga misol qilib, 1907 yilda Angliya-Gollandiya davlatlari tomonidan tashkil etilgan “Royal-Dutch Shell” konsemini ko’rsatish mumkin.
TMK va KMK orasidagi farq quydagilardan iborat:
•TMK lar kapitali va nazorati bo’yicha milliy, ya’ni, TMK egasi bir davlat kapitali egasi hisoblanadi, lekin o’z faoliyati bo’yicha xalqarodir;
•KMK lar egalari bo’lib ikki, uch yoki bir necha davlatlar kapitallari egalari hisoblanadi.2
Jahon tajribasida ko’rishimiz mumkin bo’lgan holat shuni ko’rsatmoqdaki, ya’ni, TKM, KMK tushunchalari nazariy jihatdan bo’linib o’rgatiladigan bo’lsa ham, jahon amaliyotida yuqoridagi tasniflarga ega kompaniylami umumiy qilgan holda transmilliy korporatsiyalar (TMK) deb yuritiladi.
BMT bildirgan yondashuvga ko’ra, transmilliy korporatsiyalar maqomi quydagi kompaniyalarga beriladi:
•o’zlarining xorijiy firmalari faoliyatini muvofiqlashtirib, boshqarib turgan kompaniyalar.
•an’anaviy ravishda yillik aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq va kamida 6 ta davlatda filiali boMgan firmalar kiritilgan.
•rezident - davlatdan tashqarida sotilgan mahsulotlar miqdori ko’rsatkichi ham kiritildi1
UNCTAD tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra, transmilliy korporatsiyalar (TMK)- bosh kompaniya va uning xorijiy ffliallaridan tashkil topgan aksiyadorlik yoki aksiyadorlik bo’lmagan jamiyatlarga aytiladi. Bosh kompaniyalar o’zining mamlakatidan boshqa mamlakatlarda joylashgan korxonalarning aktivlarini asosan, kapitalining maTum miqdorini qo’lga kiritish orqali boshqaruvchi kompaniyalar sifatida e’tirof etiladi. Bunda, askiyadorlik va aksiyadorlik bo’lmagan korporatsiyalarning xususiy kapitalidagi oddiy aksiyalarniing 10%i va undan yuqorisiga egalik qilish yoki ovoz berish huquqiga ega bo’lish, korxona aktivlarini boshqarish bo’sag’asi hisoblanadi.2
TMK ning millati ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
•ro’yxatga olingan joyi;
shtab-kvartiraning joylashuvi;
aksiyalarning boshqaruv paketiga ega bo’lgan aksiyadorlar millati.
Kompaniya millatini o’z hukumati tomonidan beriladigan imtiyozlar,
subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqalar aniqlaydi. Xorijiy firmalarga esa faoliyat yuritish uchun qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotning alohida sektorlarini qoldirgan holda chegaralaydilar. Shunday qilib, ko’pchilik mamlakatlarda xorijiy firmalarga temir yoT transporti sohasida, Avstraliva va Yaponiyada neft-gaz sanoati sohasida, Italiya, Gretsiya, Finlyandiyada esa telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritish ta’qiqlangan. Lekin, so’nggi yillarda xorijiy firmalar uchun taqiqlangan tadbirkorlik sohalarini qisqartirish va milliy qommchilikni liberallashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Odatda, turli mamlakatlar qonunchiligi milliy va xorijiy firmalami emas, balki rezident-firmalar va norezident-firmalami farqlaydi. Rezident firmalarga berilgan davlat hududida joylashgan va o’sha yerning o’zida royxatdan o’tgan kompaniyalar kiradi.
Xorijiy kapital ishtiroki bilan xorijda tuzilgan norezident-firmalar iqtisodiy adabiyotiarda odatda, bosh kompaniyaning xorijiy filiallari (foreign affiliates) deb nomlanadi. Bu filiallar1:
Bo’lim (branch) shaklida;
Sho’ba korxonalar (subsidiaries) shaklida;
Uyushgan (associated) korxonalar shaklida faoliyat yuritishi mum kin.
Bo’lim qabul qilayotgan mamlakatda ro’yxatdan o’tadi, ammo o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil kompaniya bo’lmaydi, u to’laligicha (100%) bosh kompaniyanikidir va u yuridik shaxs sifatida amal qila olmaydi. Ular2:
Bosh kompaniyaning xorijdagi vakolatxonasi;
Bosh kompaniyaning qo’shma korxona bo’yicha hamkori, u yerga boshqa firmalar ham kirishi mumkin;
Bosh kompaniyaning xorijdagi ko’chmas mulki;
Bosh kompaniyaning kamida bir yil davomida xorijda faoliyat yurituvchi moslamalari (kemalar, samolyotlar, neft qazib chiqaruvchi platformalar) bo’lishi mumkin.
Shu’ba korxonalar - bu qabul qilayotgan mamlakatda o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil firm a sifatida (ya’ni yuridik shaxs hisoblanadi) ro’yxatdan o’tgan, lekin uning ustidan nazoratni aksiyalarning boshqaruv paketiga yoki sho’ba korxonasining butun kapitaliga egalik qiluvchi va bu korxona boshliqlarini tayinlovchi bosh kompaniya amalga oshiradigan TMK tizimiga kiruvchi korxona.
Uyushgan korxona - bunda bosh kompaniya aksiyalarning 10-50%iga egalik qiluvchi TMK tizimiga kirgan qabul qiluvchi mamlakatdagi korxona. Bu korxona bosh kompaniya nazorati ostida emas balki ta’siri ostida bo’ladi.
Ba'zan bo’lim, sho’ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma faoliyatining baynalmilallashuvi yo’lidagi bosqichlardan hisoblanadi. Bu holatda, baynalmilallashtirishning birinchi bosqichi bo’lib, odatda, kompaniya mahsulotlarining eksporti hisoblanadi. So'ngra tashqi savdo bitimlari, keyingi bosqich - xorijiy hamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion bitimlar) ayirboshlash hisobiga kengayadi. Tovar aylanishining ko’payishi, qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan ilmiy-texnik aloqalarining kengayishi - eksport qiluvchi kompaniyaning bu mamlakatda o’z vakolatxonasini ochish zaruratiga olib keladi. Operatsiyalar hajmining o’sishi bilan vakolatxona bosqichma-bosqich dastlab, sho’ba korxonasi, keyinchalik esa uyushgan kompaniya darajasiga ko’tariladi. Xorijiy tadbirkorlikning keyingi rivoji global mashtabdagi biznesga ega xalqaro korxona shakllanishiga olib keladi.
TMK samarali faoliyat yuritishi asosiy manbalaridan biriga, resurs va bozorlar joylashishining optimal kombinatsiyasini qoTlagan holda, bosh kompaniya uyushtiradigan intematsional ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab chiqarish quwati TMK ning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil mamlakatlarda joylashadi. Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi kooperatsion aloqalami ishlatadilar. Bunda, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har xil shakllari kombinatsiyasi qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy investitsiyalar (FDI) bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallari mahsulotlarini olib chiqish hisobiga eksport amalga oshiriladi.
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish kapital. texnologik jarayonlar, malakali xodimlar migratsiyasi va savdo tarmog’ini davlat ehegaralari orqali yagona tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot chiqarishni o’zida ifoda etadi. Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli (instrumenti) - bu miJliy kompaniyalamikiga nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga, nisbatan yuqori bo’lgan sifat va xilma-xil assortimentga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi global menejment. Bunda savdo bozorlarini kengaytirishda TMK larining raqobatbardoshlik ustunligi namoyon bo’ladi.
Xalqaro korxonalar ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning 3 xil strukturasi mavjudligini ko’rsatadi:
Gorizontal
Vertikal
Diversifikatsion
• Gorizontal integratsiya - sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat koTamini kengaytirish va quwatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talabni saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslami o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin.
Vertikal integratsiya - har xil mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayonini: bir mamlakatda xom-ashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov berish va yarim tayyor mahsulot yoki to'ldiruvchi detailar ishlab chiqarish, uchinchi mamlakatda tayyor mahsulot yig'ishni yagona texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning bun day strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan xom-ashyo va yarim tayyor masulotlar xaridorlari ehtiyojlarini qondirishga butun e’tibomi qaratish, butun texnologik sikl uchun umumiy reja bo'yieha turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quwatlarini modemizatsiya qilish, bosh kompaniya xohishiga ko'ra alohida ishlab chiqarish operatsiyalarida texnik darajani oshirish imkonini ko'zda tutadi. Tayyor mahsulot yig'ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKI(NIOKR)dan hududiy ajratilishi, vertikal integratsiya bo'yicha xalqaro ishlab chiqarishni yetkazib berishlami (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil qilishga, ya’ni ishlab chiqarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimida aloqalar va bog'lanishlami yo’lga qo’yish va takomillashtirishga, ishlab chiqarishning o'zini optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga ma’lum jihatdan bog'lab qo'yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro vertikal integratsiya darajasi bir TMK filiallarining mana shu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini hisoblash yo'li bilan aniqlanishi mumkin.
• Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash - bu turli qabul qiluvchi mamlakatlarda rang-barang mahsulotlarni ishlab chiqarish. Ma’lum bir mahsulotni u yoki bu mamlakatda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, shu tovami eksport qilishdan ko'ra maqsadga muvofiqligi qabul qiluvchi mamlakatda bu mahsulot uchun import poshlinasi miqdori bilan aniqlanadi. Yuqori import poshlinasi va o'sayotgan talab vaziyatida xalqaro kompaniya shu mahsulot eksporti o'miga uni importyor mamlakatda ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari, bir turdagi mahsulotni bu mamlakatda, boshqa turdagisini boshqa mamlakatda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish xalqaro kompaniyaga o'zini boshqa mamlakatlarda boshqa mahsulot mustahkam talabga egaligi va yangi bozorda o'mashish bo'yicha muvoffaqiyatsizligi holatida kompaniya o’z yo'qotishlarini har xil mamlakatlardagi boshqa tovarlami chiqarish va sotishni oshirish hisobiga qoplashi mumkinligi bilan sug'urtalagan holda yangi bozorlarga kirish imkonini beradi.
Jahon amaliyotida esa transmilliy korporatsiyalar deyilganda jahom tovar va ishlab chiqarish omillari bozorlariga sezilarli darajada tasir ko’rsatuvchi yirik kompaniyalar tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
yillik sotish hajmi 1 mlrd dollordan kam bo’lmasligi;
umumiy moliyaviy aylanma mablag’larining beshdan bir qismidan uchdan bir qismigacha xorijdagi operatsiyalar ulushiga to’g’ri kelishi;
xorijdagi aktivlar ulushi 25% dan kam bo’lmasligi;
-kamida 6 ta mamlakatda filliallariga ega bo’lishligi.
Shundan eklib chiqqan holda aytish mumkinki, TMKlarning asosiy xususiyati to'g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalami amalga oshirish jarayonidir.
TMK strategiyasining o’ziga xos jihatlari quyidagilar:
-ishlab chiqarishni hom ashyo bilan ta’minlash;
xorijiy bozorlarda o’z filliallari yordamida mustahkam o’rin egallash;
ishlab chiqarishni xarajatlar nisbatanpast bo’lgan mamlakatlardajoylashtirish;
ishlab chiqarish, savdo hamda moliya faoliyatini diversifikatsiya qilish;
TMK lar bir necha xususiyati bilan qolgan kompaniyalardan ajralib turadi:
Xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi;
-Xalqaro ishlab chiqarish majmuasini yaratib, qo’shimcha imkoniyatlarga ega bo’lishi;
Global ishlab chiqarish kuchlari va resurslaridan foydalanish;
Ommaviy iste’molchilar uchun ishlashi;
-Kapitalni bazaviy mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshirish;
-yuqori texnologiyali va fan sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlarda faoliyat olib borishi. Ushbu tarmoqlar rivojlanishi katta hajmdagi capital qo’yilmalari va yuqori malakali mutaxassislami talab qiladi;
Shu bilan birga TMK ning rivojlanishi quyidagi qarama-qarshi tendensiyaga
ega:
Ular o’rtasida raqobatning keskinlashuvi;
O’zaro hamkorlik munosabatlarining o’matilishi;
TMK o’rtasidagi o’zaro hamkorlik shakllari quyidagicha ko’rinishga amalga oshiriladi:
xalqaro korporatsiyalar- dastlab rivojlanayotgan mamlakatlarning qazib chiqarish va qayta ishlash tarmoqlarida namovon bo’lgan boTsa, keyinchalik yuqori

texnologiyani talab qiluvchi, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari keng qo’llaniladigan sohalarda amalga oshirila boshlandi;


-strategic alyanslar-jahon bozoridagi global iqtisodiy masalalami birgalikdahal etish maqsadida tuzuladigan firmalararo ittifoq bo’lib, ushbu ittifoq mazkur firmalarning boshqa sohalarida raqobatlashuviga to’sqinlik qilmaydi. Strategik alyanslar texnologik tadqiqotlami olib boorish, qo’shma ishlab chiqarishni amalga oshirish va mahsulotni sotishda hamkorlik qilish maqsadida barpo etiladi;
-strategik oilalar- o’zaro raqobatda bo’lgan korporatsiyalarning xalqaro bozorlarda bir birini to’ldiruvchi strategiyani amalga oshirish maqsadida birlashuvidir;
-strategic tizimlar - turli tarmoqlardagi (ishlab chiqarish korxonalari, savdo firmalari, banklar) korxonalarning uzoq muddatli hamkorligiga asoslangan birlashma bo’lib, maqsadi axborotlar, personal va texnologiyalar almashishdan iboratdir;
-xalqaro birlashish va qo’shib olishlar. Xalqaro raqobatning kuchayib borishi natijasida XX asming 80 yillaridan boshlab TMK ishtirokida firmalarning birlashishi va qo’shib olish jarayoni kuchaydi. Ushbu holatining asosiy sababi sanoat tarmoqlarida to’liq quwat bilan ishlamayotgan korxonalarning ko’payishi, TMK daromadining pasayishi, moliya sohasidagi o’zgarishlar oqibatida moliyalashtirishning yangi manbalari va vositalarining vujudga kelishi hisoblanadi. Jumaladan 2010 yilda transchegraviy birlashgan va qo’shib olingan kompaniyalarning qiymati 339 mlrd dollomi tashkil qildi. Ushbu ko’rsatkich jahon moliya inqirozining tasirida 2009 yilda 250 mlrd dollorga, 2008 yilda esa 707 mlrd dollorga qisqargan. Ushbu jarayon asosan bank, sug’urta, farmasevtika va telekommunikatsiya sohalarida yuz bermoqda;
-TMK larning xalqaro qo’shilishi deganda korporatsiyalarning qimmatbaho qog’ozlami sherikchilik asosida bnoshqarish tushuniladi. Xalqaro qo’shilib ketishlar asosan avtomobilsozlik tarmoqlarida yuz beradi.
TMKlar bugungi kunda jahon iqtisodiyotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqaro savdo va tashqi savdo munosabatlarida, shuningdek investitsion faoliyatda ham ularning roli kundan kunga oshib bormoqda.
Hozirgi jadal rivojlanayotgan jahon xo’jaligi uchun globallashuv xosdir. Globallashuv chuqurlashib va rivojlanib borishi natijasida esa TMKlar faoliyati ham mustahkamlanib, mukammallashib bormoqda. Ularning rivojlanishi ham bir necha bosqichlarda amalga oshirilgan. Bu bosqichlarning har birining o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Dunyoga mashxur Apple, Wallmart kabi TMKlarning ham rivojlanish bosqichlari bor. Ular ham dastlab kichik bir korxona shaklida tashkil etilgan hamda kcyinchalik yiriklashib TMKlarga aylandi.
Transmilliy korporatsiyalar rivojlanish bosqichlari!:
XVI-XIX asrlar - ushbu davrdagi dastlabki TMKlarga G’arbiy Yevropaning kolonizatsiya va imperialistik korxonalarini masalan, Angliya, Fransiya, Gollandiya davlatalaridagi korxonalami kiritishimiz mumkin. Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi ham aynan o’sha vaqtda Uzoq Sharq, Afrika davlatlari, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari bilan iqtisodiy aloqalami yo’lga qo’yish uchun tashkil etilgan.
1900 - 1945 - yillar oralig’i - Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari
davrida Amerika va Yevropa TMK lari tabiiy boyliklar (neft, gaz, energiya resurslari) va oziq-ovqat sohalarga bo’lgan talabning oshishi natijasida aynan shu sohalarda ko’proq faoliyat yuritishlariga turtki bo’ladi. Misol uchun,“Royal-Dutch Shell”, “Ford Motors”, “BP” va boshqalar Bu vaqtda Yaponiyada esa “zaibatsu” shaklida tashkil topgan, Yaponiya davlatining savdo, sanoat va moliyaviy sohalarida oligopoliya shaklida tashkil etilgan TMK lar faoliyatini boshlaydi. Bularga misol qilib, “Mitsui”, “Mitsubishi”, “Nissan”, “Okura” va boshqalami keltirishimiz mumkin.
1945 - hozirgi vaqtgacha - Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yigirma
yillikda asosan, AQSH TMK lari xorijiy investitsiyalami kiritgan bo’Isa, keyinchalik
Yaponiya va Yevropa TMK lari ham bu borada salmoqli o’rin egallaydilar. 1950 - yillarda yuqoridagi davlatlar TMK 1 arming transport (asosan havo va dengiz), axborot texnologiyalari, kompyuterlashtir bozorlaridagi salmog’i jahondagi baynalmilallashuv va investitsiyalarning ko’chishi natijasida sezilarli darajada oshadi. 1970 - yillarga kelib TMK larning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bir asr oldingi ko’rsatkichlardan sezilarli ravishda farq qilardi. Masai an, 1906 - yilda umumiy aktivlari 500 mln. AQSh dollaridan ko’p TMK lar 3 ta edi, 1971 - yilda esa bunaqa darajadagi TMK lar 333 tani tashkil etib, ularning 1/3 qismining umumiy kapitali 1 mlrd. AQSh dollaridan oshardi. Qo’shimcha ravishda shuni aytib o’tish mumkinki, o’sha paytdagi sotsialistikrejalashtirilgan iqtisodiyotlardan tashqari jahon iqtisodiyotining 70-80%i aynan TMK lar tomonidan tashkil qilinardi. 1990-yillarning oxirida TMK lar orasida xorijiy aktivlar qiymati bo’yicha birinchi o’rinda “Royal Dutch SHell” ingliz - golland konsemi turar edi. Yirik TMK larning birinchi o’ntaligida 5ta AQSh kompaniyalari, 2ta Yaponiya, lta GFR, lta Shvetsariya kompaniyasi kirar edi. 1995 - yilda dunyoning nisbatan qudratli lOOta TMK lari ro’yxatida 1-marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de Venesuyela” lar paydo boTishdi. Hozirgi paytda yirik TMKlar Top-10 taligiga arzon mahsulotli do’konlar tarmog’i “Wall-Mart stores”, Neft va neft mahsulotlari bilan shug’ullanuvchi “Exxon Mobif’va “Chevron”, investitsiyalar kiritish bilan shug’ullanuvchi “Bekshire Hathaway” va yirik IT-qurilmalari ishlab chiqaruvchisi “Apple” TMK lari hisoblanadi1.
TMK faoliyati unumdorligi 3 ta manbaga asoslangan:
Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan-texnikada yangilik kiritish bo’yicha mutloq ko’pchilik patentlarga egalik qilish;
Butun dunyo bo’yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay iqlim va arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan korxonalarning joylashish ustunliklaridan foydalanish;
Baynalmilal ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing konsepsiyalaridan foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarishda xalqaro menejment tajribasi.
Moliyaviy jihatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallari tarmog’i bilan milliy kompaniyalarga nisbatan qulay holatda, chunki:
ular o’zming xalqaro kapital tizimiga ega va ulami eng ko’p foyda keltiruvchi mamlakatga ko’chiradilar;
Sharqdan G’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon moliya bozorlari holati haqida maTumotga egadirlar. Masai an, kunning so’ngida Nyu- Yorkdagi bosh kompaniya eletron aloqa orqali jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi. Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o’tgan 12 soat uchun bozordagi voqealar va vaziyat tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib, bitta TMK miqiyosida to’xtovsiz tartibda ITTKI(NIOKR)ning ishlab turishi, programmalashtirish va boshqalar tashkil etiladi;
Qabul qiluvchi mamlakatlarda valyuta paritetining tebranishi va investitsion iqlimni liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda investitsion risklami o’z filiallari orasida taqsimlaydilar. Shunday qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valyuta paritetining pasayishi TMKning bu mamlakatda ко’eh mas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi;
Xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlarda milliy va xalqaro moliyaviy institutlardan qarzga olingan mablag’lardan nisbatan manfaatli shartlarda foydalanadi. TMK xorijiy filiallarining milliy firm alar oldidagi asosiy raqobat ustunliklaridan biri bo’lib, bosh kompaniyaning izlanish markazi tomonidan o’tkaziladigan ITTKI(NIOKR) natijaiaridan foydalanish hisoblanadi. Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun toTovlarning 80%ga yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning xorijiy filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda, oxirgi yillarda TMKlar ITTKI(NIOKR) o’tkazish xarajatlarini kamaytirish maqsadida o’z izlanish markazlarini ko’proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko’chirishmoqda. Oldingi davrlarda izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari odatda, bosh kompaniya joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo’lsa, XX asming oxiriga kelib xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmi kengayishi bilan TMK izlanish markazlari ilmiy izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlami minimal xarajatlar bilan o’tkazish uchun rcsurs va ilmiy potensialga ega bo lgan mamlakatlarda o’mashmoqdalar.
Globalashuvning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu TMKlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi hisoblanadi. “Globallashuv” tushunchasi ilk bor amerikalik olimlar tomonidan kiritilgan. T.Levitt 1983 - yilda “Bozorlarning globallashuvi” nomli maqolasida globallashuvni oldin tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’p ko’rsatkichlarga ega bo’lgan iste’mol tovarlari standartlashishi uchun global bozorlar paydo bo’lishi bilan bog’liq yangi tijorat voqeligi deb atagan.1
Rossiyalik olima I.G.Vladimirovaning fikricha, globallashuv jahon iqtisodiyoti baynalmilallashuvining eng yuqori bosqichidir.
Umuman olganda, jahon iqtisodiyotining globallashuvi jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarining kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
BMT bergan ta’rifga ko’ra Iqtisodiy globallashuv - tovarlar va xizmatlar tashqi savdosi, xalqaro kapital oqimi oshishi, keng va tez sur’atlarda texnologiyalar yoyilishi natijasida jahon iqtisodiyotining bir-biriga bogTiqligi(qaramligi) ga aytiladi3, Globallashuv jarayoni bevosita baynalmilallashuv va transmilliylashuv tushunchalarining mukammal shakli hisoblanadi. Ular ko’p jihatdan globallashuvga o’xshash va yaqin jarayonlar hisoblansada, lekin aynan globallasuv emas.
Iqtisodchi N. Trift globallashuvning quyidagi jihatlarini ajratib ko’rsatadi:
moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kreditlar beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’matiladi;
axborotlar ahamiyatining oshishi;
global oligopoliyaning to'xtovsiz kengayishi;
transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi;
transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.
Globallashuv jarayonlarining tezlashishiga bir necha omillar ta’sir etadi, bu omillarning asosiylari quyidagilar hisoblanadi1:
yopiq tipdagi milliy iqtisodiyotdan ochiq iqtisodiyotga o’tish;
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
davlat tomonidan tartibga solish usullarining takomillashuvi;
transmilliy korporatsiyalarning paydo bo’lishi;
baynalmilal iqtisodiy ayirboshlash mexanizmlarining vujudga kelishi;
fan va texnikaning rivojlanishi.
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining turli sohalarini qamrab oladi, ya’ni:
tashqi, xalqaro, jahon miqyosidagi tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk ob’yektlari savdosini;
ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakatini (ishchi kuchi, kapital, axborot);
xalqaro moliya-kredit va valuta operatsiyalarini (beg’araz moliyalashtirish va yordam, iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining kredit va qarzlari, qimmatbaho qog'ozlar bo’yicha operatsiyalar, maxsus moliyaviy mexanizmlar va vositalar, valuta operatsiyalari);
ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, injmiring va axborotlar sohasidagi hamkorlikni.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda
namoyon bo’ladi:
eng awalo ishlab chiqarish baynalmilallashuvining chuqurlashuvi. Ishlab chiqarish baynalmilallashuvi iste'mol uchun yaratiladigan mahsulotni tayyorlashda jahonning turli davlatlari ishlab chiqaruvchilari qatnashishini namoyon qiladi. Jahon savdosining asosiy qismini yarim tayyor mahsulotlar egallaydi. Ishlab chiqarishning baynalmilallashuvida TMK yetakchi hisoblanadi;
kapitalning baynalmilallashuvini chuqurlashuvi, ya’ni davlatlaro xalqaro
kapital harakatining o’sishi, bunda eng awalo to’g’ri investitsiyalar
ko’rinishida, fond bozorlarining baynalmilallashuvi;
ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalarini almashinuvini natijasida, shuningdek xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish resurslarining joylashuvi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi;
xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global miqyosdagi material, axborot, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmaning shakllanishi;
xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining o’sishi. Bunda rivojlangan davlatlarda kambag’al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishga jalb etiladi.
* ishlab chiqarish va iste’molning baynalmilallashuvini atrof-muhitga
ta’sirining ortishi, bu esa zamonaviy global muammolami hal qilishga yo’naltirilgan xalqaro hamkorlikka boTgan ehtiyojning ortishini keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, TMKlar rivojlanishi o’z navbatida globallashuv jarayoni bilan undan awal es bevosita baynalminailashuv jarayonining rivojlanib, mustahkamlanishi bilan bog’liqdir.
BMT fikriga ko’ra TMKlar jahon mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy dvigatellari dan bin hisoblanadi. 90-yillarning o’rtalariga kelib jahon xo’jaligida 40 mingdan ortiq TMK lar mavjud bo’lgan boTsa, hozirgi kunda ularning soni 80 mingdan ortiqdir. 90 yillardagi 40 mingdan ortiq TMKlarning 250 mingdan ortiq sho’ba korxonalari bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda ularning 810 mingga yaqin sho’ba korxonalari bor. Hozirgi kunda TMKlarning kapitalining 40 % dan ortiq qismi boshqa davlatlar hududiga to’g’ri keladi
Jahon iqtisodiyotida mavjud TMKlarning asosiy qismi AQSH, Yel davlatlari va Yaponiyada joylashgandir. TMK jahon xo’jaligida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 40% dan ortiq qismi, xalqaro savdoning esa 50-55 % i ustidan o’z nazoratini o’matgan. TMKning korxonalarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarning yillik miqdori 1 trln AQSh dolloridan oshiqroqni tashkil etib, ularda 73 mln dan ortiqroq kishi ishlaydi (ya’ni jahonda ish bilan band aholining 10 dan 2 qismini tashkil etadi).
BMT ning savdo va rivojlanish bo’yicha komissiyasi tomonidan har yili kompaniyalar aksiyaiaming bozorda kapitallashtirilishini baholash orqali kompaniyalar o’rtasida reyting tuziladi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha esa TMK larning asosiy donor mamlakatlari qatoriga AQSh, Yevropa va Yaponiya davlatlari yetakchilik qilib keladi.
Hozirgi kunda TMK ning huquqiy filliallari va sho’ba korxonalari jahonning turli davlatlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil bo’lib, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlami sotish, ilmiy tadqiqot va iste’molchilarga xizmat ko’rsatish kabi ishlami bajaradi. Umuman ular yagona ishlab chiqarish sotish majmuini tashkil etib, bu majmuada hissadorlik kapitalga faqat tasischi davlat egalik qiladi. Shu bilan birga TMK larning filial va sho’ba korxonalari aralash korxonalar ko’rinishida ham bo’lishi va ularda milliy capital ustunlik qilishi ham mumkin.
Bunday korxonalar qatoriga XX asming 80- yillarida vujudga kela boshlagan global korporatsiyalami ham kiritishimiz mumkin. GK zamonaviy jahon moliya kapitalining butun qudratini namoyon qiladi. Jahon iqtisodiyotida globalizatsiya jarayonlari hozirgi kunda ko’proq ximiya, elektronika va electron sohalarda neft va avtomobil sohalarida axborot, bank va boshqa bir necha sohalarda ro’y bermoqda.
TMK jahon iqtisodiyotida yirik investitsiya va yuqori malakali mutaxassislami talab qiluvchi yuqori texnologiyali, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Ushbu sohalami TMK tomonidan monopoliya qilish tendensiyasi ro’y bermoqda. Hozirgi kunda 2000 da ortiq eng kuchli TMK dan 90 % ga yaqini xorijiy mamalakatlardagi investitsiyalaning 70-75% ustidan nazoratini o’matgan boTib, bunday TMK lar hissasiga jahon bozorlariga chiqarilayotgan elektronika va kimyo sanoatining 80-82%i, farmasevtika sanoatining esa 93-95%, mashinasozlikning esa 76-80% sanoat mahsulotlari to’g’ri kelmoqda.
Hozirgi jahon xo’jaligida kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lgan TMK ishlab chiqarishni, tovar bozorlarini samarali rejalashtirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish savdo siyosatini yurgizadilar. Rejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshiriladi va sho’ba korxonalariga tarqatiladi.
Mamlakatlar iqtisodiyotida TMK ni vujudga kelishi va rivojlanishiga misol qilib, o’z qo’lida jahon kundalik elektr jihozlari va sanoat uskunalari bozorining 25% ini ushlab turgan “Elektroluks” TMKni ko’rsatish mumkin. Bu TMK 1912 yilda 2 shved kompaniyalarining birlashishi natijasida vujudga kelgan “Elektoluks” 20- yillardayoq Avstraliya va Yangi Zelandiya bozoriga chiqib, u yerda ishlab chiqarishni tashkil qilgan edi. Oxirgi o’n yilliklarda “Elektroluks”, AQSh da 3 o’rinda turuvchi “Vestingauz”, “Gibson” va boshqa markalar ostida kundalik texnika va asbob- uskunalami ishlab chiqaruvchi “Uayt Consolidated” kompaniyasini, Italiya va butun janubiy Yevropada eng yirik elektr tovarlari ishlab chiqaruvchi “Zanussi” firmasi va shuningdek GFR da asosiy elektr tovarlari ishlab chiqaruvchi “AEG” firmasini aksiyalarini sotib olgan edi. Xullas, bu 3 frimani qo’shib olganidan keyin Shvedlarning
“Elektroluks” kompaniyasi jahonning 75 mamlakatida kundalik elektrotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha rivojlangan tizimga ega bo’lgan lider kompanivaga aylandi.
90 yillarning o’rtalarida ushbu TMK ning korxonalarida 110 mingdan ortiq kishi ishlab, uning yillik aylanmasi o’rtacah 16 mlrd AQSh dollorini tashkil etgan edi.
Jahon iqtisodiyotida o’z ekspansivasini kengaytira borib, TMK jahon bozorini o’zlashtirishning turli shakllaridan foydalanadilar. Bu shakllar ko’p jihatdan shartnomaga asoslanadi va hissadorlik kapitalida boshqa firmalarning qatnashishiga bog’liq bo’lmaydi. TMK iqtisodiyotining bunday shakllariga ko’pincha quyidagilar kiritiladi:
litsenziya berish;
franchayzing:
boshqaruv shartnomalari;
texnik va marketing xizmatlari ko’rsatish;
korxonalami “kalit ostida” topshirish;
vaqt bo’yicha cheklangan qo’shma korxonalar tuzish haqidagi shartnomalar va alohida operatsiyalami amalga oshirish bo’yicha kelishuvlar va boshqalar.
Lizsenzion kelishuv yurifik shartnoma bo’lib, unga ko’ra litsenziar litsenziatga bir qancha muddatga ma’lum to’lov evaziga ma’lum huquqlar beradi. Litsenziya berish TMKning ichki firm a shartnomalari bo’yicha ham, texnologiya berishning tashqi к anal lari bo’yicha ham amalga oshiriladi.
Franchayzing bu uzoq muddatga mo’ljallangan litsenzion kelishuv hisoblanib, bunda franchayzer klient firmaga ma’lum huquqlar beradi hamda bu huquqlar o’z ichiga ma’lum to’lov evaziga savdo markasi yoki firma nomidan foydalanish, shuningdek texnika yordam ko’rsatish, ishchi kuehi malakasini oshirish, savdo va boshqarish bo’yicha xizmat ko’rsatish sohalarini oladi.
80-yillardan so’ng jahon xo’jaligida boshqaruv va marketing xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha TMK ekspansiyasi keng tarqala boshladi, Bunda boshqaruv
xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha shartnomaga ko’ra, korxonani operativ nazorat qilish ma’lum to’lovlar evaziga boshqa korxonaga beriladi.
Jahon iqtisodiyotida shu bilan bir qatorda kalit ostida topshirish haqidagi shartnomalar ham keng tarqalgan. Bunda TMK ma’lum obyektni rejalashtirib ko’rish uchun zarur bo’lgan barcha faoliyatni amalga oshirish javobgarligini o’z bo’yniga oladi.
TMK tomonidan xalqaro bozorlami egallashning eng muhim shakllaridan birii xorijda maxsus investitsion kompaniya tashkil qilishdir. Bu kompaniyalarning vazifasi TMK ning shuba va hamkorlikdagi korxonalarining mahsulotlarini mintaqaviy bozorlarga chiqarishni rag’batlantirish uchun ulami investitsiyalashdir. Bunday usuldan hozirgi kunda alkagolsiz ichimliklami sotish bo’yicha eng yirik xalqaro kompaniyalar Pepsi-cola hamda Coco-cola Afrikada foydalanadi.
Bizga ma’lumki, TMKlar zamonaviy jahon xo’jaligining muhim ishtirokchilariga aylanmoqdalar. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMK ning xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalarining xarakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning xorijdagi filliallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat ko’rsatishlarining ulushi kattadir.80-yillarining 2 yarmiga kelib bunday TMK ning AQSH eksportidagi ulushi 24-28%, Yaponiyada 23-29% va GFR eksportining esa 24-28% to’g’ri kelgan. TMK jahondagi xususiy ishlab chiqarish kapitalining uchdan bir qismi, xorijdagi to’g’ridan to’g’ri investitsiyalarning esa deyarli 90 %ini nazorat qiladilar.
TMK larning sohaviy tarkibi ham turlichadir. TMK ning deyarli 60% I ishlab chiqarish, 37% esa xizmatlar, 3 % esa qazib chiqarish va qishloq xo’jaligi sohasida banddir. Amerikaning Fortune jumali maTumotlariga ko’ra jahonning eng yirik TMK lari ichida 4 ta majmua -elektronika, neftni qayta ishlash, kimyo va avtomobilsozlik sanoat tarmoqlari asosiy rol o’ynaydi. Ushbu tarmoqlar hissasiga jahon iqtisodiyotida TMK larning olib borayotgan tashqi savdo faoliyatining 80 % to’g’ri keladi.
TMKlarning jahon mamlakatlari iqtisodiyotiga bevosita salbiy ta’sir ham ko’rsatadi. Salbiy ta’sirlariga quyidagilar kiradi:
-TMKlar faoliyat ko’rsatadigan davlatlarning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga halaqit berishi;
davlat qonunlarini buzulishi;
monopol narxlar o’matishi, rivojlanayotgan davlatlarning huquqini cheklovchi shartlarga majbur etishi va boshqalar;
Transmilliylashuv jarayoni ko’pgina adabiyotlarda baynalmilallashuv jarayoni bilan bir qatorda kelib, ular bir-birini to’ldiruvchi jarayon sifatida qaraladi. Shuningdek, ushbu ikkita jarayon natijasida globallashuv jarayoni paydo boTishini mutaxassislar ta’kidlab o’tishadi1.
Bunda ushbu jarayonning baynalmilallashuv jarayonidan asosiy farqi shundan iboratki, transmilliylashuvda milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi jarayonlar tushunilsa, baynalmilallashuv esa o’zaro bog’liqlikni oshimvchi jarayon sifatida qaraladi2.



1 UNCTAD World Investment Report - 2009, xxi

2 Milliy va jahon iqtisodiyoti/Z. Yo’ldoshev [va boshq.].T.:Cho’lpon NM1U, 2014. 274, 275-betlar

3 State of the World: Moving Towards Sustainable Prosperity, Worldwatch Institute, 2012

Download 33,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish