til oilalariga tegishli tillarni qiyoslash asosida o‘rganadi. Shu xususiyati bilan
ushbu metod faqat bir til oilasiga kiruvchi tillarni tadqiq qiluvchi qiyosiy-tarixiy
metoddan farq qiladi. Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, bunda tillar
genetik jihatdan qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar tuzilishidagi
o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra qiyoslanadi, tillarning struktur-qurilish
xususiyatlari aniqlanadi, muayyan xulosalar chiqariladi. Tillarni tipologik
o‘rganishning quyidagi yondashuvlari mavjud: klassifikatsion-tasnifiy,
xarakterologik, belgili va ichki sistem yondashuvlar.
Do'stlaringiz bilan baham: