O‘zbek tilining ilk grammatikasi deb hisoblangan mazkur asarda nafaqat
leksikografiya, balki leksikologiya, grammatika, morfologiya va sintaksis
masalalari bo‘yicha ham fikr yuritiladi. Muallif o‘zbek tilidagi 5 ta kelishik
shaklini ko‘rsatib o‘tadi, kishilik olmoshlarini mustaqil olmoshlar deb, ko‘rsatish
olmoshlarini ishora olmoshlari deb ataydi. Asarning lug‘at qismida, asosan
Navoiy, shuningdek, Lutfiy, Bobur she’riyatidagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar
ma’nosi izohlangan va fors tilidagi tarjimasi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: