Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Deskriptiv lingvistikaning tahlil metodlari. Distributiv tahlil metodi



Download 471,78 Kb.
bet18/64
Sana13.04.2022
Hajmi471,78 Kb.
#547605
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Bog'liq
LTM ma\'ruza

1. Deskriptiv lingvistikaning tahlil metodlari. Distributiv tahlil metodi.
Deskriptiv tilshunoslik til tuzilishini ifoda va ma’nodan tashkil topgan butunlik, deb tushunadi va ifoda tuzilishini tilning bosh komponenti, deb hisoblaydi. Mazmun tuzilishini esa ikkinchi muhim komponent sifatida baholaydi. Lekin mazmuniy tuzilishga munosabat Amerika tilshunosligida bir xil emas. SHuning uchun lingvistik ma’no va uning lingvistik tadqiqotlardagi o‘rni masalasi Amerika tilshunosligining fundamental muammosiga aylandi.
Blumfild tilning ifoda va ma’no tomonini e’tirof etgan va ma’noni konkret vaziyat bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatgan bo‘lsa, Yel maktabini tashkil etgan shogirdlari va izdoshlari (Dj Treyjer, Z.Xarris, B.Blok va boshq.) lingvistik tadqiqotlardan mazmuniy tomonni to‘la chiqarib tashlash talabi bilan chiqdilar.
Deskriptivchilarning ta’kidlashlaricha, segmentatsiya, substitutsiya, distributiv tahlil tilning har qanday aspektini tadqiq etishda qo‘llanilishi mumkin. Bevosita ishtirokchilarga ajratish asosidagi tahlil esa faqat morfologiya va sintaksis doirasida qo‘llaniladi.
Til tuzilishini ifoda va ma’no, ya’ni shakl va mazmun tuzilishi munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida e’tirof etuvchi deskriptivchilar ko‘proq shakliy tuzilish birliklarini o‘rganishga e’tibor qaratadilar.
Mazmuniy tuzilishdan farqli ravishda, shakliy tuzilish bevosita sezgi a’zolarimizga beriladi va uni oson o‘rganish mumkin. SHuning uchun akustik va artikulyasion fonetikada tovushni o‘rganishda yuqori darajadagi aniqlikka erishildi.
Distributiv tahlilning birinchi bosqichi jumlani eng kichik qismlarga ajratib segmentlash va ularni daftarda simvollar bilan ifodalashdan boshlanadi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasini erkin ravishda quyidagi segmentlarga ajratishimiz mumkin: ki-tob-ni o‘-qi-moq. Tadqiqotchi informantdan (talaffuz qiluvchidan) bu birikmaning talaffuzini takrorlashni iltimos qiladi yoki shu birikma boshqa informant orqali talaffuz qildiriladi.
Ikkinchi marotaba talaffuz qilinganda, jumla tarkibidagi tovushlar oldingisidan bir oz farqlanishi mumkin. Masalan, o birida cho‘ziqroq, ikkinchisida qisqaroq talaffuz qilinishi mumkin. Lekin informantlar har ikki holatda talaffuz qilingan tovushlarni bir xil deb qabul qiladi. CHunki o ning cho‘ziq-qisqa talaffuz qilinishi informantlar uchun muhim bo‘lmaydi, ma’no farqlamaydi.
So‘ngra bu jumladan ajratilgan segmentlarni boshqa jumla tarkibiga qo‘yib ko‘ramiz va informant uchun shunday qilish mumkin ekanligini tekshirib ko‘ramiz.
Ana shu asosda har bir tovush u yoki bu segmentning vakili ekanligini aniqlaymiz.
Bir tovushni turli o‘rinlarda qo‘llab, ularning qurshovi belgilanadi. Elementning qurshovi yuqoridagi yo‘l bilan aniqlangan elementlar qo‘shnichiligidir.
Jumlalarni segmentlash natijasida yuzlab ko‘rinishlarda talaffuz qilinuvchi fonlar ajratiladi. Bu segmentlarning nisbatan cheklangan miqdordagi sinflarga birlashtirilishi natijasida fonemalar aniqlanadi. Segmentlarni ana shunday guruhlarga - sinflarga birlashtirishda elementlar distributsiyasi (joylashish tartibi) xizmat qiladi.
Elementlar distrbutsiyasi atamasi ostida shu elementlarning barcha qurshovlari yig‘indisi tushuniladi.
Distributiv lingvistikada ikki tovush o‘rtasidagi uch xil munosabat ajratiladi. Bunday munosabat tiplari distributsiya modellari deyiladi. Demak, distributsiya modellarining quyidagi turlari belgilanadi:
a) kontrast distributsiya;
b) qo‘shimcha distributsiya;
v) erkin almashinish distributsiyasi;
Ikki element bir xil pozitsiyada (qurshovda) biri o‘rnida ikkinchisi kelib, ma’noni farqlash vazifasini bajarsa, bu elementlar kontrast distributsiya munosabatida bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, tom, nom, jom so‘zlarining birinchi segmentlari t,n,j bir xil pozitsiyada kelib, ma’no farqlash vazifasini bajarib, o‘zaro kontrast distributsiya munosabatidadir.
O‘zaro kontrast distributsiya munosabatida bo‘lgan elementlar ikki mohiyatning vakillari hisoblanadi.
Ikki element bir xil pozitsiyada biri o‘rnida ikkinchisi kela olmasa, bu elementlar o‘zaro qo‘shimcha distributsiya munosabatida bo‘lgan sanaladi. Masalan, bil so‘zi tarkibidagi i o‘rniga shu qurshovda ы ni qo‘llab bo‘lmaydi, yoki qыl so‘zi tarkibidagi ы o‘rniga shu qurshovda i ni qo‘llab bo‘lmaydi. Demak, i va ы tovushlari o‘zaro qo‘shimcha distributsiya munosabatidadir. Qo‘shimcha distributsiya munosabatida bo‘lgan ikki segment bir mohiyatning turli vakillari sanaladi. Fonologik sathda bir fonemaning ikki xil varianti hisoblanadi.
Ikki element bir xil pozitsiyada ma’noni o‘zgartirmagan holda biri o‘rnida ikkinchisi erkin holda almashina olsa, bu ikki segment bir-biri bilan erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘ladi.
Masalan, gijda so‘zidagi portlovchi dj tovushi o‘rnida sirg‘aluvchi j tovushini almashtirish mumkin, lekin bu almashinish so‘zning ma’nosini o‘zgartirmaydi. O‘zaro erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘lgan ikki element bir mohiyatning ikki varianti hisoblanadi.
Demak, distributiv tahlilda tillarni o‘rganish 2 bosqichda amalga oshiriladi:1) lingvistik birliklar aniqlanadi; 2) ushbu birliklarning bir-biriga nisbatan distributsiyasi, joylashuvi belgilanadi. Distributsiya lisoniy birliklarning nutqda qo‘llanish, joylashish o‘rni, boshqa unsurlar bilan birika olish qobiliyati, ya’ni potensialdagi qurshovi bo‘lib, uning morfologik, leksik-semantik, sintaktik turlari bor.

  • Morfologik distributsiya – bu bir so‘z turkumini boshqa so‘z turkumlari bilan munosobatga kira olishidir (sifat va ot, ravish va fe’l, artikllar va ot va hakozo). Bunda morfemalar aniqlanib, ularning aloqalari talqin qilinadi, izohlanadi.

  • Leksik-semantik distributsiya – til elementlarining mano jihatidan o‘zaro aloqa qilish qobiliyatidir.

  • Sintaktik distributsiya – gap bo‘lakarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va munosabatidir.

Tilda birliklarni qismlarga ma’noli qismlarga ajratish segmentatsiya deyiladi.



Download 471,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish