Teri qoplami. Qushlarning terisi yupqa va quruq bo'lib ,unda hech qanday suyak tuzilmalari yo'qligi, patlardan iborat shox qoplag'ichining borligi va bezlarining bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Ko'pchilik qushlarda faqat dum tubining ustiga o'rnashgan dum bezi bor. Dum bezi o‘zidan sekret chiqaradi. Qushlar tumshug'i yordamida patlarini shu sekret bilan yog'laydi. Bu yog’li sekret patlarni suv bilan ho’llanishdan saqlaydi. Dum bezi, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarda yaxshi rivojlangan. Quruqlikda cho’lda yashovchi ba’zi qushlarda (tuyaqushlar, tuvaloq|ar) bu hol bo’lmaydi. Dum bezimng secret quyosh nuri ta'sirida «D» vitamini aylanadi, buni qushlar patlarini tozalash vaqtida yutadi.
Qushlar tanasi tashqi tomondan shox ortiqlari patlar, pat-parlar, haqiqiy parlar, ipsimon patlar va qilchalar bilan qoplangan.
Voyaga yetgan qushning ustini qoplab turadigan patlarning ko‘p qimini kontur patlar tashkil etadi. Bu patlar joylashishiga qarab turli nomlari bor, ya'ni dum usti patlari, quloq qoplag‘ich patlari va hokazo.
Qushlarning dum pati yoki harakatlanuvchi (qoqub) qanot patlaridan bir donasini yulib olib, tuzilishi bilan tanishiladigan bolsa, tipik pat egiluvchan o’q va birmuncha yumshoq yon plastinka -tashqi hamda ichki yelpig'ichlardan iboratligini ko'rish mumkin. Pat o'qining ustki uzun qismi tana, yelpig'ichsiz pastki qismi esa Qalam uchi deyiladi. Qalam uchining tubida teshigi bor . Qoquv patlarining ichki yelpig‘ichlari tashqi yeipig’ichlariga nisbatan serbar bo’ladi. Qanot yoyilganda tashqi yelpig’ich yuqori tomondan yonidagi qoquv pati ichki yelpig'ichining faqat bir chekkasini qoplab turadi.
Pat tanasining ichki qismi g'ovak o'zak bilan to'Igan bolsa, qalam uchining bo’shlig'ida bir-biriga kirib turgan nozik shox qalpoqchalar bor. Pat yelpig‘ichining har biri talaygina uzunchoq uch
qirrali plastinkalar birinchi tartibdagi tolachalardan hosil bo'lgan.Bu tolachalarga undan ham mayda ikkinchi tartibdagi tolachalar o’rnashgan. Har qaysi ikkinchi tartibdagi tolacha uchida mikroskopik ilmoqchalar bo’ladi. Bu ilmoqchalar ikkinchi tartibdagi boshqa tolachalar ilmog’iga ilashib oladi.
Yelpig'ichlari bo’lgan katta yirik patlari kontur patlar deyiladi va voyaga yetgan qush gavda shaklini shu kontur patlar belgilaydi. Ulardan ayrim guruhlari maxsus nomlangan, masalan: dum usti patlari, quloq qoplag'ich patlari qanot usti qoplag‘ich patlari. Qanot chetidan chiqqan katta patlar qoquv patlari deb ataladi.
Qoquv patlari uch turlicha bo’ladi: panjalarda bo‘ladigan birinchi tartibdagi qoquv patlari yoki katta qoquv patlari, bilakka birikadigan ikkinchi tartibdagi qoquv patlari yoki kichik qoquv patlari
va yelka suyagiga birikkan uchinchi tartibdagi qoquv patlari .
Tuzilishi tipik qoquv patlarinikiga o‘xshash va murtak holicha saqlangan birinchi barmoqdagi to'p-to’p patlar qanotcha deb ataladi.
Chivin patining tuzilishi: a-umumiy ko’rinish; b-fanning tuzilishi diagrammasi; 1-boshlash;2- novda; 3-fan;4-birinchi tartibli soqollar; 5-ikkinchi darajali soqollar; 6-ilgaklar.
Uchish vaqtida ma'lum darajada boshqaruv vazifasini bajaradigan katta dum patlari yonalliruvchi patlar yoki rul patlar deyiladi.
Pat kaptar gavdasini boshidan oxirigacha qoplab olmasdan, balki terining ma'lum qismlari (pteriliylar)dagina bo'ladi, shu qismlar orasida patsiz joylar (apteriylar) ham bor.
Kontur patlarining umumiy soni yirik qushlarda ko'p bo'ladi. Masalan: kolibrilarda 100 taga yaqin kontur patlari bo'lsa, mayda chumchuqsimonlarda 1.5-2,5 mingtagacha, baliqchi qushlarda 5-6 mingtagacha, o'rdaklarda 10-12 mingtagacha va oqqushlarda 25 mingtagacha bo'ladi.
Kontur patlarning tagida parli patlar va haqiqiy parlar joylashgan. Ular o‘qlaming ingichka bo'lishi hamda ikkinchi (darajali) tartibdagi tolachalari yo'qligi bilan kontur patlardan farq qiladi. Par va par-patlar tanada issiqlikni saqlash vazifasini bajaradi. Par o'qi kalta tortgan parli patdir, shuning uchun ham butun tolachalari uning uchidan bir
tutam bo'lib chiqadi.
Ko'pgina qushlarning og'iz burchaklari atrofida ipsimon qilchalar bo’lib, ular barcha tolachalarni yo'qotib, faqat pat o'qini saqlab qolgan parli patdan iboratdir. Qushlarning ko'pchilik turlarida, ayniqsa.
suvda suzuvchilarda momiq patlar ko’p bo'ladi. Eskirgan patlar tulash paytida tushib, o'rniga yangilari o'sib chiqadi. Umuman pat va parlar qush tanasini sovuqdan va namiqishdan saqlaydi. Ayni paytda ular tanaga suyrisimon shakl beradi va qanotining uchish yuzasini hosil qiladi. Qushlar turiga va yashash sharoitiga qarab patlarini yil davomida bir marta yoki 2-3 marta almashtiradi. Yirtqich va hasharotxo‘r qushlarning pati oldinma-keyin tushadi va ular uchishni davom ettiraveradi. Boshqa qushlarning pati birdaniga tushadi.
Ma'lumki, qushlar yashash davrida vaqt o'tishi bilan pat va parlari asta-sckin yeyiladi, rangi o'chadi, mexanik va issiqlikni saqlash xususiyatlari yomonlashadi. Shuning uchun qushlarda pat va parlarning davriy almashinishi, ya'ni tullaxh hodisasi yuz beradi. Qushlarda to’liq tullash, ya'ni teridagi hamma patlarning almashinishi yoz faslining oxirlarida ( ko’payish davri tugagandan keyin) o’tadi. Bu holda qushlaming uchish qobiliyati yomonlashadi, lekin a yrim qushlarda (g'ozsimonlar. suvmoshaklar, turnalar) tanadagi kontur patlar navbat bilan asta-sekin o’tsa, qoquv va rul patlari bir vaqtning o’zida tushadi, natijada qush uchish qobiliyatini yo’qotadi. Ba’zi qushlar 1
yilda ikki marta tullaydi. Ikkinchi tullash kelgusi yilning bahoriga to'g’ri keladi. Bu vaqtda qoquv va rul patlari almashinmaydi.
Qushlar patlarning rangi ikki sababga, ya’ni pigmentga va patning mikroskopik strukturasiga bog’liq. Qushlarning pigmenti ikki guruhga, ya'ni donacha va tayoqcha ko’rinishida bo’ladigan melaninlarga va eritma holida bo'ladigan lipoxromlarga bo’linadi. Birinchi guruhga kiruvchi pigmentlar qora, bo’z, kulrang tusni hosil qiladi. Ikkinchi guruhga kiradigan pigmentlar esa qizil, sariq va yashil ranglami beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |