“Umumiy tarix” kafedrasi


Tadqiqotning  xronologik  chegarasi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana11.08.2021
Hajmi0,74 Mb.
#145358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
mustaqil ozbekistonda sanoat sohasida islohotlar ozgarishlar natijalari va istiqboli navoiy viloyati misolida.

Tadqiqotning  xronologik  chegarasi    1991  yildan  2011  yilgacha  bo‘lgan 

davrni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu 20 yil mamlakat va xalq hayotida tom ma’noda 

tub  burilish  yasagan  muhim  bosqichdir.  Mana  shu  qisqa  davrda  bosib  o‘tilgan 

taraqqiyot yo‘lini tahlil etib, baho berish ilmiy ishning asosiy maqsadini va davrini 

belgilab beradi. 

Mavzuning  o‘rganilish  darajasi.  Bevosita  tanlangan  mavzuga  doir  ishlar 

juda  kam.  Biroq,  mustaqillik  davrida  qo‘yilgan  dastlabki  amaliy  qadamlar 

natijasida  sobiq  ittifoq  davrida  olib  borilgan  siyosatning  ayrim  sohalari  bo‘yicha  

adabiyotlar, maqolalar va ayrim ilmiy ishlar yuzaga kelgan.  

Istiqlolning  dastlabki  yillarida  nashr  etilgan  ishlar  qatoriga  O‘zbekiston 

Respublikasi  mustaqilligini  mustahkamlashning  umumiy  jarayonlarini,  jamiki 

tubdan  qayta  qurish  va  tarkibiy  o‘zgarishlarni  yorituvchi  adabiyotlarni  qo‘shish 

mumkin.  Mustaqil  rivojlanish  bo‘yicha  ilmiy  bilimlarning  ko‘payishi,  o‘sib 

borishida  Prezident  Islom  Karimovning  asarlari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Dastlabki  yillarda  va  bugungi  qadar  nashr  etilgan  Islom  Karimovning  asarlari, 

ma’ruza  va  chiqishlari  mustaqillik  davrining  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va 

ma’naviy-madaniy  yangilanish  jarayonlarini  yoritgan

1

,  buyuk  o‘zgarishlarning 



g‘oyaviy asoslari va omillarini belgilab bergan.     

                                                 

1

  Karimov  I.A.  Azaliy  buyuklik  maskani.  //  Yangicha  fikrlash  va  ishlash  davr  talabi.  Asarlar  Т.5.  Тoshkent: 



O‘zbekiston nashriyot matbaa  ijodiy uyi. 1997.  – B. 171-191.; Amir Тemur davridagi  bunyodkorlik  va hamkorlik 

ruhi bizga namuna bo‘laversin. // Bunyodkorlik yulidan. Asarlar Т.4. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy 

uyi.  1997.  –  B.  340-343.;  Bizdan  ozod  va  obod Vatan  qolsin.  Тoshkent:  O‘zbekiston  nashriyot  matbaa  ijodiy  uyi. 

1993.; Bizning bosh  maqsadimiz  –  jamiyatni demokratlashtirish va  yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya va  isloh 




 

Mustaqillik  davriga  oid  asarlar  ko‘p  bo‘lsada,  ularda  asosan  mamlakat 



iqtisodiyoti,  salohiyati,  olib  borilayotgan  islohotlar  yoritilmoqda.  Tadqiq 

etilayotgan  mavzuga  oid  alohida  asar  hali  yaratilmagan,  respublikaning  ayrim 

viloyatlari umumiy tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarini o‘rganish bilan bir 

qatorda  mustaqillik  davri  qisqa  tahlil  qilingan.  Tarixchi  va  iqtisodchi  olimlar 

tomonidan  bir  qancha  asarlar  yaratilgan.  “Mustaqillik  O‘zbekiston  tarixining 

dastlabki  qadamlari”

1

, “Mustaqillik va ijtimoiy  taraqqiyot”



2

, “ O‘zbekiston Yangi 

tarixi”

3

  kitoblari  shular  jumlasidandir.  Markaziy  va  mahalliy  ommaviy  axborot 



vositalarida  Navoiy  viloyatida  joylashgan  viloyatlarning  o‘tmishi  va  bugungi  kun 

rivojlanish odimlari haqida ko‘plab maqolalar va xabarlar chop etilgan.  

Mustaqillik  sharoitida  tariximizni  chuqur  o‘rgana  borishimiz,  uning 

tadqiqoti natijasiga teran nazar solganimiz sari O‘zbekiston hududidagi, jumladan, 

Navoiy viloyatidagi yirik ishlab chiqarish va sanoati tarixini muntazam o‘rganilishi 

darajasi  qayerda,  qay  me’yorda  borayotganligini,  yetakchi  tarmoqlarning  ishlab 

chiqarish  hajmi  islohotlar  va  o‘zgarishlar  jarayonida  qanday  samaralarni  qo‘lga 

kiritayotganligini ayniqsa bugun ko‘proq tasavvur etmoqdamiz. 

Istiqlol 

yillarida 

U.S.Alimov

4



G.D.Yodgorova

5



N.S.O‘roqova

6



N.M.Ziyavitdinova

7

,  Z.Odinayeva



1

,  R.M.Qarshiyev

2

,  U.Sattorov



3

larning  tadqiqot 

                                                                                                                                                             

etishdir. // O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi. Asarlar Т.13. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot 

matbaa ijodiy uyi. 2005. – B. 171-200.; Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. Asarlar 

Т.8.  Тoshkent:  O‘zbekiston  nashriyot  matbaa  ijodiy  uyi.  2000.  –  B.  528.;  Тarixiy  xotarasiz  kelajak  yo‘q.  //  Biz 

kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar Т.7. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 1999.  – 

B.  132-156.;O‘zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda.  //  Biz  kelajagimizni  o‘z  qo‘limiz  bilan  quramiz.  Asarlar  Т.7. 

Тoshkent:  O‘zbekiston  nashriyot  matbaa  ijodiy  uyi.  1999.  –  B.  370-400.;  Yuksak  ma’naviyatsiz  kelajak  yo‘q.  // 

Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Asarlar Т.5. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 1997. – B. 

145-150.;  Islohotlarni amalga oshirishda qat’iyatli bo‘laylik. Тoshkent: O‘zbekiston, 1996.  – B.93.; Vatan ravnaqi 

uchun  har  birimiz  ma’sulmiz.  Asarlar  Т.9.  Тoshkent:  O‘zbekiston  nashriyot  matbaa  ijodiy  uyi.  2001.  –  B.  40.; 

Yangicha  fikrlash  va  ishlash  davr  talabi.  Asarlar  Т.382.  Тoshkent:  O‘zbekiston,  1996.  –  B.93.;  Jamiyatimizni 

erkinlashtirish, islohatlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish  

-    barcha  ishlarimizning  mezoni  va  maqsadidir.  Asarlar  Т.11.  Тoshkent:  O‘zbekiston  nashriyot  matbaa  ijodiy  uyi. 

1997. – B. 318.; 

1

 Alimova D. Mustaqillik O‘zbekiston tarixining dastlabki qadamlari. – Т., 2000. – 233 b. 



2

 Qodirov B., Rulinov J. Mustaqillik va ijtimoiy taraqqiyot. – Т., 1998. – 235 b. 

3

 O‘zbekiston yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. – Тoshkent: Sharq, 2000. 



4

 Alimov U.S. Kichik va o‘rta biznesni investitsiyalashtirishni takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida) Т.: 2001 

y. (diss. i.f.n.) 

5

  Yodgorova  G.D.  Тarkibiy  o‘zgarishlar  sharoitida  Buxoro  va  Navoiy  viloyatlarida  sanoat  ishlab  chiqarishini 



oshirish imkoniyatlari. Т.: 1993 y. (diss. i.f.n.) 

6

  O‘roqova  N.S.  O‘zbekistonda  mustaqillik  davrida  sanoat  sohasidagi  islohotlar  va  o‘zgarishlar  jarayoni  (Janubiy 



viloyatlar misolida). Т.: 2004 y. (diss. avtoref)    

7

 Ziyavitdinova N.M. Oziq-ovqat korxonalari faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirish (Buxoro viloyati misolida). 



Т.: 2006 y. (diss. i.f.n) 


 

ishlarida  Navoiy  viloyatining  iqtisodiy  salohiyati  va  bunda  sanoat  ob’ektlarining 



tutgan  o‘rni  haqida  ayrim  ma’lumotlar  uchraydi.  Ammo,  bu  ishlardan  ayrimlari 

(ayniqsa  ishga  aloqador  bo‘lgan  R.Qarshiyevning  dissertatsiyasi)  sobiq  sho‘rolar 

davridagi sanoat korxonalar hayoti haqida tadqiqot olib borilgan. Boshqalarida esa, 

mustaqillik davri sanoat korxonalari haqida o‘rganilsada, iqtisodiy nuqtai nazardan 

tadqiq  etilgan.  Biz  esa,  mustaqillik  yillarida  ulkan  bir  tarixiy  jarayonda  Navoiy 

viloyati sanoat korxonalarining islohotlar sharoitidagi taraqqiyotini har tomonlama 

chuqur tahlil qilib, xolisona ilmiy tadqiq etishni maqsad qilib olganmiz.  


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish