Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? shafqat, shahid, shak-shubha, talqon, oymoma
A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to‘rttasi
Ehtimol, eh, g‘ir-g‘ir, ofarin, taqir-tuqur, shekilli, evoh, yalt-yult, shubhasiz, hoy, duvduv, beh-beh, albatta, qars-qurs, afsuski. Yuqorida berilgan so‘zlardan nechtasi undov so‘z hisoblanadi?
A) 7 tasi B) 5 tasi C) 4 tasi D) 6 tasi
Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida kim Kesh qal’asi kalitlarini Abdullatifga qarshiliksiz qo‘sh qo‘llab topshiradi?
A) Ibrohim Po‘lat o‘g‘li B) Amir Kamolidin
C) Sulton Jondor D) Amir Iskandar
Qaysi gapda aniqlovchili birikma qatnashmagan?
A) Bekorchilik − bolalarning baxti va keksalarning baxtsizligi. (Viktor Gyugo)
B) Mehnatning meva tugishi – eng a’lo rohat. (Klapye Vovenarg)
C) Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar. (Maqol)
D) Ishlagan yerni yashnatar, Ishlamagan qaqshatar. (Maqol)
Qaysi shoir vataniga “Sen o‘zing otamsan, sen o‘zing – bolam” deya murojaat qiladi?
A) Erkin Vohidov B) Muhammad Yusuf
C) Anvar Obidjon D) Abdula Oripov
Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo‘lsang, uning eng yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda hamma narsa ayon bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. Ushbu matndagi nechta so‘z tarkibida fonetik hodisa kuzatilgan?
A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 3 ta
Odam bir narsani judayam aytgisi kelsa-yu, aytolmasa, ko‘zi shunaqa – har kimga bir qarab javdirayveradi. (“Dunyoning ishlari”) Savol: kimning ko‘zlari shunaqa edi.
A) Shayx B) Toy C) Xo‘ja D) Vali
“Yonayotgan daraxt”, “Yarador chaqmoq”, “Haqqush qichqirig‘i” kabi kitoblar muallifini belgilang.
A) Shavkat Rahmon B) Sharof Boshbekov
C) Omon Matjon D) Halima Xudoyberdiyeva
Aqlliga aytdim, angladi – bildi, Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar soni nechta?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
O‘z onamni elas-elas xotirlayman. Ko‘zlari tim qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. Ushbu gapda nechta takroriy sifat qatnashgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
Bir kishi orqamdan kelayotgan edi, shuning uchun to‘xtadim. Ergash gap tarkibida qanday olmosh qatnashgan?
A) olmosh qatnashmagan
B) ko‘rsatish
C) belgilash
D) gumon
O‘zing ham bir meni, bir Sobirni yolg‘onchi qilaverasan-da. Ushbu gap tarkibida nechta so‘z birikmasi mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
Uch o‘rinda omonim bo‘la oladigan qo‘shimchalar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) -im; 2) -ik; 3) be-; 4) -a; 5) -ar; 6) -oq.
A) 1, 5
B) 1, 3, 4. 5, 6
C) 1, 2, 4, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5
«Ochinglar, millati vayronani obod etgusi maktab, O‘qusin yoshlarimiz, ko‘nglini shod etgusi maktab» misralari bilan boshlanuvchi g‘azal muallifini aniqlang.
A) Hamza
B) So‘fizoda
C) Abdulla Avloniy
D) Avaz O‘tar
Musa Jalilning she’rlarini kim o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Nizom Komil
B) Xurshid Davron
C) Mamarasul Boboyev
D) Nosir Fozilov
Talmeh san’ati qo‘llangan misralarni toping.
A) Boyindi taxtining qadri, o‘zung toj ko‘kka toshlodi, Adolat bog‘i sabz o‘ldi, chu No‘shiravon keldi.
B) Qaro sangdur sani ash qarosang, Beribdursan riyo qoni bila rang.
C) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.
D) O‘tdilar bu dunyodin dilxohlar, gumrohlar, Qolmadi dunyoda boqiy ham gado, ham shohlar.
Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma`no ko‘chishi yuz bergan?
A) Kemtik oy choqqilar orasidan mo‘ralaydi.
B) Maysa ham uyg`onar qayta qish o‘tib…
C) Inshoolloh, mehribon qo‘llar sizni qo‘llab yuborar.
D) Bozor oyoqqa turdi, shovqin-suron yer-ko‘kni tutdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishdi. U o‘z bayrog`iga ega bo‘ldi. O‘z gerbini tastiqladi. Birlashgan Millatlar tashkiloti oldida mustaqil davlatlar qatori uning bayrog`i ham xilpirab turibdi. O‘zbekiston qadimiy va xamisha novqiron diyordir. Ushbu parchada necha o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) 5 B) 3 C) 6 D) 4
Qaysi javobda yasama ot va yasama sifat ajratib ko‘rsatilgan?
A) Xayollarim yugurik yetolmayman quvib hech. Uning so‘nik ko‘zlarida hech narsani uqib bo‘lmasdi.
B) Taxta qirindilari orasidan topib oldim. Qayerdandir chirindi hidi kelar edi.
C) Do‘stlik kishilarning o‘zaro munosabatini mustahkamlovchi vositadir. Yoshlik gul-u gulg`uncha ekan…
D) Aravakash yengilgina kulib qo‘ydi. U juda hazilkash kishi ekan.
asal//ari, dev//qovmat, Besh//ariq, jigar//rang, olib//kelmoq, sher//yurak, qo‘l//qop, bayon//etmoq, och//ko‘z. Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi.
A) 8 tasi B) 5 tasi C) 7 tasi D) 6 tasi