Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Farzandlikka olish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/174
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#398031
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Bog'liq
Oila kodeksi

237-modda. Farzandlikka olish

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo‘lgan  bolani  farzandlikka  olishda  ham  ushbu

Kodeks 151 — 167-moddalarining talablariga rioya qilinishi lozim.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda

bolaning  qonuniy  vakili  va  bola  fuqarolikka  ega  bo‘lgan  davlat  vakolatli  organining  roziligi,

shuningdek  agar  o‘sha  davlatning  qonunchiligiga  muvofiq  talab  qilinsa,  farzandlikka  olish

haqida bolaning ham roziligi olinishi lozim.

(237-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli

Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.



Agar  farzandlikka  olish  natijasida  farzandlikka  olingan  bolaning  O‘zbekiston

Respublikasining  qonunchiligi  hamda  xalqaro  shartnomalari  bilan  belgilangan  huquqlari

buziladigan  bo‘lsa,  farzandlikka  oluvchining  qaysi  fuqarolikka  mansubligidan  qat’i  nazar,

farzandlikka  olish  mumkin  emas,  farzandlikka  olingan  taqdirda  esa,  u  sud  tartibida  bekor

qilinishi lozim.

(237-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli

Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo‘lgan  va  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan

tashqarida  yashayotgan  bolani  farzandlikka  olish  farzandlikka  oluvchi  qaysi  chet  davlat

fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi O‘zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining farzandlikka olish to‘g‘risidagi ruxsati oldindan olingan

bo‘lsagina O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori

bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat)

to‘g‘risida”gi nizom birinchi bo‘limining 29-bandi.

(237-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy

yashayotgan  bolani  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi

hududidan  tashqarida  chet  davlatning  vakolatli  organi  amalga  oshirgan  farzandlikka  olish,

basharti  ushbu  Kodeksning  152,  157  va  161 -moddalari  talablariga  rioya  etilgan  taqdirda,

O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.



(237-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga asosan

beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish