331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi (zarari) deb mazkur kompaniyaning ushbu moddada belgilangan tartibga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan aniqlangan foydasining (zararining) miqdori e’tirof etiladi:
Oldingi tahrirga qarang. 1) kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan mazkur kompaniyaning yillik moliyaviy hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha. Bunday holda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq solinguniga qadar bo‘lgan foydasining (zararining) miqdori ushbu kompaniyaning foydasi (zarari) deb e’tirof etiladi;
(331-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 2) ushbu bo‘limda soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxslar uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
1) ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining doimiy turgan joyi soliq solish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan chet davlat bo‘lsa, bundan soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bilan axborot almashishni ta’minlamaydigan davlatlar (hududlar) mustasno;
2) moliyaviy hisobotga nisbatan salbiy fikrlar mavjud bo‘lmagan yoki fikrlarni ifodalash rad etilmagan auditorlik xulosasi taqdim etilgan bo‘lsa.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang. 1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash maqsadida bunday kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotdan foydalaniladi.
(331-modda uchinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatda bunday qonunchilik mavjud bo‘lmasa, foyda (zarar) Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga yoxud moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro jihatdan e’tirof etilgan, qimmatli qog‘ozlarni savdolarga qo‘yishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi uchun chet el moliyaviy vositachilari ro‘yxatiga kiritilgan chet el fond birjalari hamda chet el depozitar-kliring tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan standartlariga muvofiq aniqlanadi;
(331-modda uchinchi qismi 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 2) agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatning qonunchiligiga muvofiq ushbu kompaniyaning moliyaviy hisoboti majburiy auditdan o‘tkazilishi shart bo‘lmasa, ushbu Kodeks maqsadlarida foydani (zararni) aniqlash auditi auditning xalqaro standartlariga muvofiq o‘tkazilgan moliyaviy hisobot asosida amalga oshiriladi. Ushbu bandda belgilangan shartlarga rioya etish ushbu modda ikkinchi qismining 1-bandini qo‘llash maqsadlari uchun talab etilmaydi.
(331-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan shartlar bajarilmagan taqdirda, shuningdek nazorat qiluvchi shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi (zarari) ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq aniqlanadi, bundan ushbu moddaning oltinchi, yettinchi, to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlarida belgilangan qoidalar mustasno.
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash tartibi ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha qo‘llanilsa, bunday tartib tegishli nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan bu tartibni qo‘llash boshlangan sanadan e’tiboran kamida besh soliq davri ichida qo‘llanilishi lozim va bu hisob siyosatida nazorat qiluvchi shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchiga soliq solish maqsadlari uchun mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu kompaniyaning moliyaviy hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha aniqlangan va chet el valyutasida ifodalangan, ushbu Kodeksning 208-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq hisobga olinadigan dividendlarning (taqsimlangan foydaning) miqdoriga kamaytirilgan foydasi (zarari) chet el valyutasining yillik moliyaviy hisobot tuziladigan davr uchun aniqlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan o‘rtacha kursi qo‘llanilgan holda milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinishi lozim.
Nazorat qilinadigan har bir chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi kompaniyaning tegishli davr (davrlar) uchun tuzilgan, uning moliyaviy va soliq hisobotlari ilova qilingan moliyaviy hisoboti bilan hujjatlar asosida tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi