Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha zararlarni o‘tkazish



Download 375 Kb.
bet303/404
Sana05.08.2021
Hajmi375 Kb.
#139213
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   404
Bog'liq
soliq kodeksi yangi

335-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha zararlarni o‘tkazish

Ushbu Kodeks 333-moddasining qoidalari soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga nisbatan ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda qo‘llaniladi.

Agar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi oldingi soliq davrida (davrlarida) zarar (zararlar) ko‘rgan bo‘lsa, bunday guruhning mas’ul ishtirokchisi joriy soliq davrining konsolidatsiyalashgan soliq bazasini zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqli.

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatgandan keyin):

1) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur guruh faoliyat ko‘rsatgan davrda ko‘rilgan zararning summasiga (ushbu summaning bir qismiga) kamaytirishga haqli emas;

2) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur ishtirokchi tomonidan u soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo‘lmagan soliq davrlarining yakunlari bo‘yicha ko‘rilgan zarar summasiga (ushbu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga haqli. Bunda ushbu Kodeks 333-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan, soliq to‘lovchi zararni kelgusiga o‘tkazishni amalga oshirishga haqli bo‘lgan muddat bunday soliq to‘lovchi soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi bo‘lgan yillar soniga oshiriladi.

Agar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur guruhdagi o‘zining ishtirok etish davrida qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini o‘zi huquqiy vorisi bo‘lgan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari bo‘lmagan bunday qayta tashkil etilgan soliq to‘lovchilar soliq davri yakunlari bo‘yicha qayta tashkil etilgan soliq to‘lovchidan olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga ham haqli.

Agar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur guruhdagi o‘zining ishtirok etish davrida yuridik shaxsni bo‘lish yo‘li bilan yangidan tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini o‘zi huquqiy vorisi bo‘lgan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari bo‘lmagan bunday qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq davri yakunlari bo‘yicha qayta tashkil etilgan soliq to‘lovchidan olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda, ushbu Kodeksning 92-moddasini hisobga olgan holda kamaytirishga ham haqli.




Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish