Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 375 Kb.
bet288/404
Sana05.08.2021
Hajmi375 Kb.
#139213
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   404
Bog'liq
soliq kodeksi yangi

319-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari

Soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat shartnomasining) ishonchli shaxsi oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish, shu jumladan soliq hisobi va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi qoidalar foyda solig‘ini hisoblab chiqarish hamda to‘lashda qo‘llaniladi.

Soliq bo‘yicha oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) sherigining (ishtirokchisining) soliq bazasini aniqlashda, uning tomonidan umumiy mulkka pulsiz hissa sifatida ulush kiritilgan taqdirda:

1) mol-mulkning baholash qiymati va ushbu mol-mulkning qoldiq qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq jami daromadga kiritiladi;

2) salbiy farq soliq bazasini kamaytirmaydi.

Ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomasi) barcha sheriklarining (ishtirokchilarining) ushbu oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomasi) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritadi, bunday faoliyat bo‘yicha alohida soliq bazasini aniqlaydi, soliqni hisoblab chiqaradi va to‘laydi. Bunda ushbu shaxs mazkur soliq summasiga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan soliq to‘lovchining barcha huquqlariga ega bo‘ladi va majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

Ishonchli shaxs foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkalarini qo‘llashga haqli emas.

Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) o‘rtasida har bir sherik (ishtirokchi) hissasining ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) shartlariga muvofiq taqsimlanadi. Mazkur daromad har bir sherikda (ishtirokchida) dividendga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi.


Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish