309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash xarajatlari
Soliq to‘lovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha hisobot (soliq) davrida soliq solish maqsadlarida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o‘rtasidagi shartnomada ijaraga oluvchining amortizatsiya qilinadigan aktivlarga doir xarajatlarining o‘rnini ijaraga beruvchi tomonidan qoplash nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu moddaning qoidalari ijaraga oluvchining mazkur xarajatlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |