Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Muddatli bitimlar bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 375 Kb.
bet229/404
Sana05.08.2021
Hajmi375 Kb.
#139213
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   404
Bog'liq
soliq kodeksi yangi

253-modda. Muddatli bitimlar bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Muddatli bitim deganda shartnomada belgilangan muddat tugagach bevosita ushbu shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha tovarlar yetkazib berilishini (xizmatlar ko‘rsatilishini) taqozo etadigan bitim tushuniladi.

Muddatli bitimlar bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bevosita shartnomada ko‘rsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past bo‘lmagan qiymati sifatida aniqlanadi.

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan hosila moliyaviy vositalar realizatsiya qilinganda soliq bazasi asos aktivning bevosita shartnomada ko‘rsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past bo‘lmagan qiymati sifatida aniqlanadi.

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda tutuvchi hosila moliyaviy vositalarning asos aktivi realizatsiya qilinganda, soliq bazasi, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hamda ushbu hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida aniqlanadi.

Uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda tutuvchi opsion kontraktlarning asos aktivi realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak bo‘lgan va hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida, lekin realizatsiya qilish sanasidagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilganidan past bo‘lmagan qiymatda aniqlanadi.

Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadida opsion kontrakt (opsion) deganda bir taraf (opsion xaridori) boshqa tarafdan (opsionni sotuvchidan) oldindan belgilangan narx bo‘yicha asos aktivning muayyan sonini sotib olish (“koll” opsioni) yoki sotish (“put” opsioni) huquqini oladigan bitim tushuniladi.

Ushbu moddaning ikkinchi — beshinchi qismlarini qo‘llash maqsadida tovarning, xizmatning yoki asos aktivning narxi aksizlar hisobga olingan (aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.

Tovarlarning, xizmatlarning yoki asos aktivning bozor qiymati — ushbu Kodeksning VI bo‘limiga muvofiq, ularni realizatsiya qilish sanasi esa ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadi.

Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadida uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan hosila moliyaviy vositaning tasniflanishi deganda hosila moliyaviy vositaning shartlarini belgilovchi birja hujjati tushuniladi.




Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish