Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Soliq to‘lovchining vakillari



Download 375 Kb.
bet18/404
Sana05.08.2021
Hajmi375 Kb.
#139213
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   404
Bog'liq
soliq kodeksi yangi

24-modda. Soliq to‘lovchining vakillari

Soliq to‘lovchi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli.

Vakilning vakolatlari ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi.

Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi.

Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi.

Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda o‘z manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin.

Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.

Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.

Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘la olmaydi.

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi qonun asosida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi.

Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli:

soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ushbu shartnomaga o‘zgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror va uni tugatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda;

soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda solig‘i bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda;

soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati bo‘yicha ular soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa.

Amal qilish muddati tugashi bilan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxs ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi.

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash bo‘yicha ushbu Kodeks bilan o‘zlariga berilgan vakolatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir.


Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish