153-modda. Xolislarning ishtiroki
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish uchun xolislar jalb etiladi.
Xolislar kamida ikki nafar kishi miqdorida jalb etiladi.
Ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin.
Soliq organlari mansabdor shaxslarining xolislar sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xolislar o‘z ishtirokida amalga oshirilgan harakatlar fakti, mazmuni va natijalarini bayonnomada tasdiqlashi shart. Ular amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Zarur bo‘lgan taqdirda, xolislar ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |