Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Soliqlarni o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomalarining banklar tomonidan bajarilishi



Download 375 Kb.
bet80/404
Sana05.08.2021
Hajmi375 Kb.
#139213
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   404
Bog'liq
soliq kodeksi yangi

90-modda. Soliqlarni o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomalarining banklar tomonidan bajarilishi

Banklar soliq to‘lovchining pul mablag‘lari hisobidan soliqni budjet tizimiga o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq to‘lovchining topshiriqnomasi deb yuritiladi), shuningdek soliq organining soliqni budjet tizimiga o‘tkazishga doir inkasso topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq organining inkasso topshiriqnomasi deb yuritiladi) bajarishi shart.

Soliq to‘lovchining topshiriqnomalari va soliq organining inkasso topshiriqnomalari fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan navbat bo‘yicha bajarilishi lozim.

Soliq to‘lovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi bunday topshiriqnoma olingan kundan keyingi bir operatsiya kuni ichida bank tomonidan bajariladi.

Soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan va to‘lov hujjatida rekvizitlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda bank soliq to‘lovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarishni kechiktirishga haqli emas.

Soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida pul mablag‘larining yo‘qligi (yetarli emasligi) sababli soliq organining inkasso topshiriqnomasini belgilangan muddatda bajarishning imkoni bo‘lmaganda, bank belgilangan muddat tugaganidan keyingi kundan kechiktirmay inkasso topshiriqnomasini yuborgan soliq organiga uning topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) to‘g‘risida xabar qilishi shart.

Soliq to‘lovchining topshiriqnomasi yoki soliq organi inkasso topshiriqnomasining bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) to‘g‘risidagi bank xabarnomasining shakli va uni elektron shaklda taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun banklar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Javobgarlik choralarining qo‘llanilishi bankni soliq to‘lovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.

Banklar soliq to‘lovchilarning topshiriqnomalarini va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalarini ko‘rsatilgan operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilganligi uchun haq undirmasdan bajaradi. Soliq to‘lovchilarga yoki soliq agentlariga ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliqlar, penyalar va jarimalar summalarini qaytarish bo‘yicha banklar tomonidan topshiriqnomalar bajarilganda ko‘rsatilgan operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilganligi uchun ham haq undirilmaydi.




Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish