445-modda. Soliq stavkalari
Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |