Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Investitsiyaviy chegirma



Download 375 Kb.
bet277/404
Sana05.08.2021
Hajmi375 Kb.
#139213
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   404
Bog'liq
soliq kodeksi yangi

308-modda. Investitsiyaviy chegirma

Soliq to‘lovchi amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qo‘llashga haqli.

Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb e’tirof etiladi.

Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qo‘llaniladi:

1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 10 foizi miqdorida;

2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasining 5 foizi miqdorida.

Ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi.

Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan yoxud o‘z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan, laboratoriya testlarini va sinovlarini o‘tkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minoti sotib olingan hisobot (soliq) davrida qo‘llaniladi.

Ushbu modda maqsadlarida:

1) tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kundan e’tiboran uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddat o‘tgan mashinalar, apparatlar, qurilmalar, mexanizmlar yangi texnologik uskunalar deb e’tirof etiladi;

2) asosiy vositalarning texnologik yoki xizmatga oid mo‘ljallanilgan maqsadini o‘zgartirishga, ularning unumdorligini oshirishga yoki boshqa sifat xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar modernizatsiya qilish deb e’tirof etiladi;

3) ilg‘or texnika va (yoki) texnologiyani joriy etish asosida asosiy vositalarning yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan eskirgan va jismonan ishdan chiqqan uskunalarni yangi, nisbatan mahsuldor uskunalarga almashtirishga doir kompleks tadbirlar texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash deb e’tirof etiladi. Texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlab chiqarishlarning yangilarini barpo etish va amaldagilarini kengaytirishni ham o‘z ichiga oladi;

4) ishlab chiqarishni takomillashtirish hamda uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish, tovarlar (xizmatlar) sifatini yaxshilash va (yoki) ularning nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadida rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalaniladigan, mavjud binolarni va inshootlarni qayta qurish ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolarni va inshootlarni rekonstruksiya qilish deb e’tirof etiladi;

5) tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalanish maqsadida yangi binolarni va inshootlarni qurish ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish deb e’tirof etiladi.




Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish