28-modda. Bojxona organlarining, yig‘imlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlarining hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari
Bojxona organlari tovarlarni va avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish chog‘ida bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va yig‘imlarni undirish bo‘yicha huquqlardan foydalanadi hamda vazifalarni bajaradi.
Yig‘imlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning huquqlari hamda majburiyatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |