Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. O‘quvchilar yozgan inshoga qarab, o‘qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so‘z boyligi, rivojlanish darajasi, obrazli tafakkuri haqida xulosa chiqarishi mumkin. Xuddi Shuningdek, matematikadan yozma ish, chizmachilikdan topshiriq natijalariga qarab o‘quvchining individual psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida ma’lumot to‘plash mumkin.
Diagnostik metodlar: Bu metodlar shaxsning u yoki bu xususiyatlarini shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni o‘rganish asosida sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berish imkoniyatiga ega.
Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |