Umumiy psixologiya



Download 9,72 Mb.
bet24/177
Sana11.01.2022
Hajmi9,72 Mb.
#339738
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   177
Bog'liq
Ёш давр ЎУМ 3 курс 2020 2021 Исамитдинов С (1)

Proektiv metodlar. Proektiv metodlar test usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig‘i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o‘zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi.

Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog‘lari” testini kiritish mumkin (1921). Bu – 2 tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil siyoh dog‘laridan iborat bo‘lib, har 1 dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har 1 “dog‘” nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta dog‘ qizil rangli shtrixlar, 5 ta dog‘ kul rang – qora, 3 ta dog‘ – yorqin bo‘lmagan ranglarda beriladi.

Sinaluvchi tasvirlagan obrazlar va assotsiatsiyalarga qarab uning shaxsi xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

Rorshax testining Yosh psixologiyasida qo‘llaniladigan varanti E.T. Sokolova tomonidan modifikatsiya qilingan test. Bu test oilaviy muloqatni diagnostika qilishda foydalaniladi. Bu maqsadda eksperimentga qo‘shimcha metodik usul kiritilgan. Bir necha kartochkalar bo‘yicha eksperiment qatnashchilari kelishishlari kerak. Birgalikdagi (kelishuv asosida) javoblarning sifati va miqdoriga qarab tadqiqotchi kichik guruh (yoki oila)ning jipsligi va mosligi haqida ma’lumotni qo‘lga kiritadilar.

Shuningdek, psixologik tadqiqotlarda ko‘pincha rasmli assotsiatsiyalar metodi qo‘llaniladi. Ushbu metod birinchi bo‘lib 1945 yilda S.Rozensveyg tomonidan taklif qilingan. Bunda tekshiriluvchiga turmushda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlar aks ettirilgan rasmlar tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi tomondagi shaxslar esa hali javob qaytarib ulgurmagan. Tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo‘sh kataklarga qaytarilishi kutilayotgan javobni yozish so‘raladi. Berilgan javoblarga qarab shaxs yo‘nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o‘xshash muhim faktlar to‘planadi.

Rozensveyg testi subekt agressiyasi yo‘nalishining 3 ta turini aniqlash imkonini beradi :



    1. Agressiya insonning o‘ziga qaratilgan.

    2. Agressiya atrofga qaratilgan.

    3. Subekt vaziyatni hal qilishdan qochadi yoki uni bezaydi.

Pedagogik amaliyotda ko‘pincha I. Щvansara tomonidan ishlab chiqilgan, o‘smirlik va o‘spirinlik davri uchun mo‘ljallangan test variantidan foydalaniladi.

Proektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar metodi. Ushbu metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanovkalar tekshiriluvchining atrofidagilarga (o‘rtoqlari, o‘quvchi, ota-onasi) munosabati xususiyatlari, Shuningdek, o‘ziga va kelajakka bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. SHu maqsadda tekshiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi, ko‘p o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga etkazish talab qilinadi. Masalan,



      • mening har safar kayfiyatim buziladi, agar...

      • men uchun eng muhim muammo, bu - ...

      • do‘st – bu ...

      • mening otam ba’zida ...

      • men shunga intilamanki ...

Proektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proektiv metodikani tavsiflash muayyan psixologik bilimlarni maxsus nazariy tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishni talab qiladi.


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish