2.2. Umumiy psixologiya fanining yordamchi metodlari.
Anketa. Savollar yordamida psixologik axborot to‘plashning metodik usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, tadqiqotning maqsadiga mos keladi. Anketa yordamida o‘qituvchi o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun material to‘playdi.
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funksiyasi, shakli bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin.
Mazmun bo‘yicha anketa:
1.Faktlar (“Sening bo‘sh vaqtingdagi mashg‘uloting”, “Uy joy sharoitingni ta’rifla”) ;
2.Atrofdagi kishilar, hodisalar xarakteristikasini (“O‘quv- ishlab chiqarish korxonasida ish formasi boshqacha bo‘lishi kerak deb hisoblaysanmi?”, “Ko‘pchilik bolalar o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nimada deb o‘ylaysan?”).
3.O‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin
(“Oliy o‘quv yurtiga kirasanmi?”, “YOzgi oromgohga borasanmi?”).
Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
a)Filtrlovchi-savollar. M.: agar o‘qituvchini oliygohga kirishni xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: “Sening yoqtiradigan predmeting?”. Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar.
b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funksiyasi – ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish.
SHakli bo‘yicha anketalar:
a) Ochiq – bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin javob berish mumkin.
b) YOpiq – bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim.
Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1.Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo‘lishi lozim.
2.Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng murakkablari, nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar berilishi lozim.
Anketa metodining ijobiy tomoni:
1) ommaviy o‘rganish imkoniyati;
2) informatsiya to‘plash tezligi;
3)ma’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish imkoniyati;
4) og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob
olish imkoni;
5) bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni;
6)natijalarni qayd etishning qulay usuli.
SHuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xususiyatlarining barcha sohalarini to‘la o‘rganish imkonini bermaydi, o‘quvchilar turlicha javob berganlari tufayli ularni klasifikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning ob’ektivligi yuqori emas, chunki o‘quvchilar bunga vijdonan yondoshmasliklari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |