Umumiy psixologiya”



Download 1,32 Mb.
bet138/169
Sana13.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#358617
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169
Bog'liq
2 5258113295516175053

Irodaning axloqiyligi hayot va faoliyatda iroda kuchi, uning mustaqilligiga ijobiy yoki salbiy baho berganda qanday to‘sqinlik va qiyinchiliklar bartaraf qilinganligini nazarda tutish bilangina cheklanib qolmay, asosan kishining axloqiy qiyofasi irodaviy harakatlarda qanchalik ifodalanishi, biron odamning irodasi naqadar axloqiy ekanligi ham nazarda tutiladi.

Irodaning ahloqiyligi deganda odatda kishi o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘yilishi, bu maqsadlarga qanday vositalar bilan erishishi, irodaviy intilishlar (xohishlar) qanday mayllar tufayli kelib chiqishi va ma’lum bir qarorga kelishida qanday tamoyillarga amal qilishni nazarda tutamiz.

Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy xislatlari namoyon bo‘lsa, iroda kuchi ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, kishilarning axloqiy hislarlari haqida fikr yuritilganda aytilgan so‘zlarni emas, balki ularning ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadigan irodaviy harakatlarni nazarda tutamiz. Shuning uchun kuchli irodaning mardlik, o‘zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam va jasurlik kabi xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz.

Kishi biror qarorga kelishda o‘z qarori va harakatlari uchun axloqiy mas’uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi.

Kishining chinakam axloqiyligi ma’naviy qiyofasi, so‘zida va muhokamalarida emas, balki faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya’ni mehnatga va ishning o‘ziga mehr qo‘yishida namoyon bo‘ladi.

O‘zining intilish (mayllarida), qaror va harakatlarida har doim ahloq tamoyillariga amal qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz.

Iroda tushunchasi xulqning real omili kabi o‘z tarixiga ega. Bunda u ruhiy hodisaning tabiatidagi qarashlarida 2 aspektga bo‘linadi: falsafiy-ahloqiy va tabiiy fanlar. Ular o‘zaro uzviy bog‘lanishadi va faqat bir-biri bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi.

Qadimgi faylasuflar insonning maqsadli va ongli xulqini faqat umumqabul normalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishgan. Qadimgi dunyoda, avvalambor, donolarning ideallari tan olingan, shuning uchun qadimgi faylasuflar inson xulq-atvori tabiat va qonunning oqilona boshlanishiga, mantiq qoidalariga mos kelishi kerak deb hisoblashgan. Shunday qilib, Aristotelga ko‘ra, iroda tabiati mantiqiy xulosaning rivojlanishida ifodalanadi. Masalan, uning “Nikomaxova etika” to‘plamida “barcha shirinliklarni yeyish kerak” hukmi va “bu olmalar shirin” shartlari o‘z ketidan “bu olmani iste’mol qilish kerak” tasarrufini emas, balki aynan aniq harakat – olma iste’molining zarurligi xulosasini yetaklab boradi. Shunday qilib, bizning anglaydigan harakatlarimizning manbasi insonning ongida yashirinadi.

Belgilash joyizki, iroda tabiatiga shunga o‘xshash nuqta’i nazarlar asoslangan va shuning uchun ham hanuzgacha mavjuddirlar. Misol uchun, Sh.N. Chxartishvili irodaning alohida xarakteriga nisbatan qarshi chiqib, maqsad va anglash tushunchalarini intellektual hulqning kategoriyalari deb hisobladi, va unga ko‘ra, bu yerda hech qanday yangi terminlarni kiritishga hojat yo‘q.

Aslini olganda, iroda muammosi mustaqil muammo sifatida xatto o‘rta asrlarda ham mavjud bo‘lmagan. Inson o‘rta asr faylasuflari tomonidan faqatgina passiv boshlanish,tashqi kuchlar uchrashadigan “maydon” kabilarda ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, juda ko‘p marotaba o‘rta asrda iroda mustaqil mavjudligi bilan ajralib turgan va xatto mehribon yoki zolim mavjudotlarga aylanib, aniq bir kuchlarda timsollangan. Shu yerda ham iroda. o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ygan, qandaydir bir fikr sifatida namoyon bo‘lyapti. Bu kuchlarni – yaxshi yoki yomonni, anglash , o‘rta asr faylasuflarining fikricha, insonning qilgan ishlarining “asl” omillarini anglashga yo‘l ochadi.

Shunday qilib, o‘rta asr vaqtlarida irodaning tushunchasi ko‘p miqdorda alla qanday yuqori kuchlar bilan bog‘langan. Inson huddi jamiyatning eng oddiy elementi hisoblanib, zamonaviy olimlar “shaxs” tushunchasiga kiritadigan xususiyatlar to‘plami esa ajdodlarimiz yashab o‘tgan va inson yashashi kerak bo‘lgan programma sifatida ko‘rib chiqilgan. Bu me’yorlardan chetlanish xuquqiga faqatgina jamiyatning bir necha a’zolari haqli edilar, masalan, temirchi uchun – olov va temir kuchlariga ega inson; qaroqchi uchun – o‘zini jamiyatga qarshi qilgan jinoyatchi.101

Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo‘lgan tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan.

Arastu o‘z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e’tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o‘zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan omil hisoblanadi.

Gumanitar yo‘nalish, ya’ni inson muammolariga e’tiborning ortishi bilan o‘z-o‘zidan irodani o‘rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro‘y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o‘tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas.

XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta’kidlab o‘tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo‘lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub’ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emotsional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.

Yetarli darajada qat’iy fikr qaror topganligi, iroda – bu insonning qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad qo‘ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi:

a) iroda–bu shaxsning o‘z faoliyatini va olamdagi o‘zini-o‘zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir;

b) iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir;

v) iroda-bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o‘zini ongli idora qilishlikdir;

g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi.

V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g‘oyani ilgari suradi, insonning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga ko‘ra bir davrning o‘zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi.

Tadqiqotchi V.I.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi. Shuningdek, harakat ma’nosining o‘zgarishi hisobiga tarmoqlovchi yoki qo‘shimcha turini yaratuvchi imkoniyat yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqaruv esa harakatni “ixtiyoriy boshqaruv ko‘rinishlarining bittasi sifatida” tushuniladi, bunda boshqaruv motivatsiyaning ixtiyoriy o‘zgarishi orqali amalga oshirilishi sifatida qaraladi.

Keltirilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, ta’riflash bo‘yicha bir xil munosabat yaratilmaganday, irodaviy sifatlarning ma’naviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham umumiylik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlilikni kiritadi.

P.M.Yakobson bo‘lsa, irodaning muhim sifatlari sifatida mustaqillik, qat’iylik, tirishqoqlik o‘zini uddalashni ko‘rsatadi. Insonda namoyon bo‘ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov quyidagilarni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va qat’iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik.



Iroda borasidagi tadqiqotlarda “ishonch” atamasi qo‘llanilishi kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi. Shunga qaramasdan ishonch, iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga haqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tomonidan quyidagicha tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt (fursat) ichida insititutni tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so‘ng tadqiqotchi talabada o‘z kuchiga ishonch uyg‘otishni maqsad qilib qo‘ygan va unda irodaviy zo‘r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o‘z maqsadiga erishishga musharraf bo‘lgan. Xuddi shu bois hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili ishlab chiqilmagandir.
Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar:

  1. Ht nima?.

  2. Faoliyat turlari haqida gapiring.

  3. Motiv nima?

  4. Faoliyat tuzilishi

  5. Motiv turlari.

Dist.uz – vxod. Parol login-


Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish