Umumiy psixologiya”



Download 1,32 Mb.
bet121/169
Sana13.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#358617
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   169
Bog'liq
2 5258113295516175053

Ovoz apparati - nafas olinadigan bo’g`izning davomi bo’lgan kekirdak bo’lib, to’rtta tog`aydan iboratdir.

Shu tog`aylar o’rtasidagi bo’shliqda ikkita gorizontal elastik mus-kullar bor, bu ovoz muskullari deb ataladi. Nafas bo’g`izdan chiqib turgan havo bu muskullarni harakatga keltirib, tebratib turadi.

Tog`aylar mana shunday tebranib turishi tufayli ovoz muskullari taranglanishi yoki susayishi mumkin: bu muskullar bir-biriga yopishib yoki bir-biridan ajralib turishi natijasida ularning o’tasida ovoz teshigi deb atalgan bo’shliq hosil bo’ladi.

Agar ovoz muskullari tarang bo’lib tursa yoki bir-biriga yaqinlashib qolsa (ya`ni, ovoz teshigi yopilib qolsa), u holda nafas yo’lidan chiqqan havo shu teshikka kirib, ovoz muskullarining chetlarini tebratadi (vibratsiya qiladi), natijada tovush hosil bo’ladi. Agar ovoz muskullari bir-biriga etarli ravishda yaqinlashmagan bo’lsa, nafas oladigan bo’g`izdan chiqayotgan havoning ovoz muskullariga engil ishqalanib o’tishi nati­jasida pichirlagan tovush hosil bo’ladi. Erkin, tovushsiz nafas olinganida ovoz muskullari tarang bo’lmasdan qoladi, ovoz teshigi esa to’la ravishda ochiq bo’lib qoladi.

Artikulatsiya apparati og`iz bo’shlig`idan va burun bo’shlig`idan iboratdir. Bu bo’shliqlar bo’g`in ustidagi tovushga bamisoli sayqal beruvchi truba kabi bir narsadir (rezonatordir).

Og`iz bo’shlig`i bo’g`izda paydo bo’lgan tovushlarning asosiy rezonatori bo’lib xizmat qiladi. Agar tovush to’lqinlari og`iz bo’shlig`i orqali hech bir to’siqqa uchramay o’tayotgan bo’lsa, unli tovushlar hosil bo’ladi. Unli tovushlarning (a, e, i, o, u) farqi og`iz bo’shlig`ining katta-kichik bo’lishiga va shaklining o’zgarishiga bog`liq bo’ladi. Og`iz bo’shlig`ining shakli ko’p jihatdan til va lablarning holatiga va og`izning qay darajada ochilishiga bog`liqdir. Til - nutqning eng serharakat organidir: til ko’tarilishi, tushirilishi, oldinga cho’zilishi va orqasiga qaytarilishi mumkin. Lablar cho’zilishi, cho’chchaytirilishi mumkin.

Undosh tovushlar tovush to’lqinlarining og`iz bo’shlig`idan bemalol o’tishiga katta yoki kichik biror to’siq paydo boiishi natijasida hosil bo’ladi. Bu to’siqlar lablarni yumish yo’li bilan vujudga keltirilganida p, b, m tovushlari hosil bo’ladi, bu pastki lab va yuqori tishlar bilan vujudga keltirilganida f, v tovushlari hosil bo’ladi, til va ustki tishlar bilan vujudga keltirilganida t, d, n, s, z tovushlari hosil bo’ladi, til va tanglayning biror qismi bilan vujudga keltirilganida r, sh, k, tovushlari hosil bo’ladi. Burun bo’shlig`i tovushlarni hosil qilishda turlicha rol o’ynaydi. Burun bo’shlig`i ochiq yoki yopiq bo’lishiga qarab, turlicha tovushlar hosil bo’ladi. Agar burun bo’shlig`i yopiq bo’lsa, burundan chiqmaydigan tovushlar (a, u, yu), agar bu bo’shliq ochiq bo’lsa, burundan chiqadigan undosh tovushlar (j, n) hosil bo’ladi.

Tovushlar turli ravishda bir-biriga qo’shilganda bo’g`in va so’slar hosil bo’ladi, so’zlardan esa gap hosil bo’ladi. Bizning og`zaki nutqimiz shu tariqa vujudga keladi.

Nutq yozuv vositasi bilan ifodalanganda so’zlarning tovush tuzilishi yozma, grafik belgilar sistemasiga ko’chiriladi. Nutqning yozma ifodasi qon va barmoq muskullari yordami bilan hosil qilinadi. Lekin bunda yozish jarayoni artikulatsiyadan ajralgan holda emas, balki artikulatsiya asosida voqe bo’ladi. Yozishning artikulatsiya bilan bunday bog`langanligi savod chiqarishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, sezilarli bo’ladi. Endigina savod chiqarayotgan o’`uvchi har bir so’zni yozayotganida shu so’zni albatta gapirib yoki pichirlab aytib turadi. Yozish malakasi rivojlanib ketganida (avtomatik tus olganida) ham bo’g`izning engil harakat qilishi davom etaveradi, buni alohida asboblar yordami bilan qayd qilish mumkin.

Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkurning asosi bo’lgani kabi, nutqning ham nerv-fiziologik asosidir (uchinchi bobga qaralsin). Hayvonlarning tashqi dunyo bilan munosabati ularning faqat bevosita taassurotlari orqali voqe bo’ladi. Odamning tarixiy rivojlanishi natijasida esa unda «ikkinchi signal sistemalari, ana shu birlamchi signallarning signallari so’zlar tariqasida paydo bo’ldi, rivojlandi va nihoyat darajada takomillashdi». Qo’zg`ovchi vosita sifatida, so’z uch shaklda namoyon bo’lishi mumkin: 1) eshitish organini qo’rquvchi shaklda - eshitiladi-gan so’z; 2) ko’rish organini qo’zg`ovchi shaklda - yozilgan so’z; 3) kinestezik qo’zg`ochi shakl sifatida - aytilayotgan yoki yozilayot-gan so’z (I. P. Pavlov, Polnoe cobpanie cochineniy, 3 tom, 2-kitob, 232-bet). SHu shakllar orasida I. P. Pavlov organlarining ki­nestezik qo’zg`alishi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi: «Nutq, avvalo, nutq organlaridan bosh miya pastiga o’tuvchi maxsus kinestezik qo’zg`alishdir. Nutq ikkinchi signallardir, signallarning signalidir». Eshitilib turgan, aytilayotgan va ko’rinib turgan (yozuv) so’z qo’zg`avchi bo’libgina xizmat qilmasdan, shu bilan birga, qo’zg`alishga javob reaksiyasi bo’lib ham xizmat qiladi. Bunda javob reaksiyasi bo’lgan so’z o’z navbatida - ikkinchi signal sistemasidagi jarayonlarni vujudga keltiradigan qo’zg`avchidir.

Qo’zg`avchi nutq va javob so’z reaksiyasi bo’lgan nutq, bosh miya po’stining maxsus uchastkalari bilan - nutq markazlari bilan bog`langan. Nutq markazlari eshitish markazi, harakatlantirish markazi va ko’rish markazi deb uch xil markazga bo’linadi.

Eshitish markazi so’z chakkaning orqa bo’limida joylashgan. Miya-ning bu uchastkasi eshitilgan so’zlarni idrok qiladi, boshqalarning nutqini tushunish va o’zlashtirishni vujudga keltiradi, bu markaz buzilib qolga-nida nutq chuvalab ketadi, buni sensorli afaziya deb ataladi. Bunday kasalga duchor bo’lgan kishi o’zgalarning nutqini tushunmaydi: tovush va so’zlarni eshitadi-yu, lekin so’zlarning mazmunini bilmaydi, gapning ma`nosini tushunmaydi.

Nutqning harakatlantirish markazi chap yarim shaming uchinchi manglay qismida joylashgan. Bu markaz gapiruvchi kishining faol nutqini vujudga keltiradi. Bu markaz buzilib qolganida odam gapirolmaydigan bo’lib qoladi. Nutqning bunday buzilishi harakat afaziyasi deb ataladi.

Nutqning ko’rish markazi bosh miyaning orqa qismiga joylashgan. YOzilgan xatni o’qiganda va yozgan vaqtda yozuv belgilari shu markaz tufayli idrok qilinadi. Bu markaz buzilib qolgan taqdirda odam harflarni tanimaydi, o’qiy olmay qoladi (aleksiya kasalligi), yozolmay qoladi (agra-fiya kasalligi).

Biroq, akademik I. P. Pavlovning tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, bosh miya po’stining boshqa markazlari kabi bu nutq markazlarining qat`iy chegaralari yo’q va bir-biridan ajralgan holda harakat qilmaydi. Bu markazlar bir-biri bilan qo’shilaveradi va bir-birining vazifasini bajaraveradi, bosh miya po’stining boshqa markazlari bilan ham qo’shilaveradi. Nutq markazlari deb nom berilgan markazlar bosh miya po’stining u yoki bu xil nutq jarayonlarida ko’proq ahamiyatga ega bo’lgan uchastkalaridir, xolos. O’zgalarning nutqini va gapirayotgan kishining o’z nutqini idrok qilish bosh miya po’stining faoliyatiga va asosan, bosh miya po’stining ikkinchi signal sistemasi bilan bog`lanishlarni vujudga kel-tiruvchi qismiga bog`liqdir.

Nutq organlari shaxs jismoniy va psixik taraqqiyoti bilan birgalikda kechadigan jarayon hisoblanadi. Lab va til harakatlari shakllangan boshqa hayvonlardan farqli ravishda insonlarning odamsimon ajdodlaridagi tovush apparati organlarini takomillashib, kattalashib borishi nutqning biologik negizini tashkil qilgan. Lab va tilning kattalashishi qator anatomik o’zgarishlarga sabab bo’ladi: pastgi lab qismini qisqarishi va kengayishi shu tariqa uning shakli sekin-astalik bilan o’tkir uchlidan taqsimot shakliga o’tib boradi; dahan qismini rivojlanishlari: oldingi mgilarning qisqarishi va boshqalar. Bu o’zgarishlar zamirida og`iz bo’shlig`ining kattalashishi. Til harakatlarini ortishiga va turli jarangli tovushlar hosil qiladigan tovushlar rezonatsiyasi, tovush bog`lanishlari vibratsiyasi sodir bo’ladi.

Ta`kidlash joizki, nutq tizimini 2 guruhga ajratish mumkin: periferik va markaziy. Markaziyga bosh miyadagi muayyan tuzilmalar kirsa, periferikka tovush apparati va eshitish organlari kiradi.

Tovush apparati 3 ta tizimdan iborat: nafas olish organlari, halqum og`iz bo’shlig`i va burun. Nafas organlari tovush to’lqinlarini ikkilantiruvchi va hosil qiluvchi halqumdagi tovush bog`lanishlarini vibratsiyalovchi havo toklarini ta`minlab beradi. Nafas organlariga o’pkalar va uning harakatlantiruvchi muskullar yuqoriga qubbasimon cho’zilib o’pkalarning pastdan itaruvchi diafragmalar alohida nafas kuchlari orqali nutq bog`lanishlarini hosil qiladi. Bronxlar va tomoq ham shu tizimga kirib aynan ular orqali havo halqumga o’tadi.

Halqum tomoqning davomiy qismi hisoblanadi. Halqum 4 ta hiqildoq va tovush bog`lanishlarining gorizantal yassiligi joylashgan bo’shliqdan iborat. Tovush bog`lanishlari o’zining joylashganligiga ko’ra, hiqildoqlarning harakatlanishi ikkilamchi tovushlarni o’zgarishiga olib keladi. Birinchidan, tovush bog`lanishlari cho’zilishi yoki cho’zilmasligimuimkin. Ikkinchidan, ular bir-birini to’ldirishi ya`ni oxirida tarqalib ketib tovush chiqaruvchi oraliqni hosil qiladilar. SHunga bog`liq ravishda quyidagi hodisa sodir bo’ladi: agar tovush bog`lamlari bir-biriga tortilgan va bir-biriga yaqin bo’lsa. Qolaversa, tovush paylari yopiq bo’lsa, chiqarilayotgan haqo bir-biriga bog`liq chegaralarda paydo bo’lib, ularni tebratuvchi harakatlarini yuzaga keltiradi bu esa tovush to’lqinini shakllantiradi, agar bog`lamlar tortilmagan bo’lsa va tovush paylari ochiq bo’lsa havo bemalol harakatlanib hech qanday tovush hosil bo’lmaydi.

Halqum oldida havo tovush to’lqinlarini hosil qiladi. Tovushlar to’lqini rezonatsion nay funktsiyasini bajaruvchi og`iz bo’shlig`i va burun qismiga tushadi. Og`iz bo’shlig`i halqumda yuzaga keladigan bosh tovush to’lqini rezonatori hisoblanadi. Qiziqishlarni va og`iz bo’shlig`i shaklini o’zgartirish yo’li bilan jarangli tovushlar paydo bo’ladi. Og`iz bo’shlig`i havo toki hosil qiluvchi organ hisoblanib, ularni bartaraf etish orqali unli tovushlar hosil bo’ladi.

Tovush nutqi organlari rivojlanishi bir vaqtda umumiy jismoniy va psixik inson rivojlanishi bilan o‘tadi. Tovushlarni qismlarga bo‘lib talaffuz qilish qobiliyati rivojlanishi biologik sabablaridan biri bo‘lib insonga o‘xshash ajdodlarda boshqa hayvonlarga qaraganda keyinchalik borgan sari kattalashgan lab va tilning harakatchanligining ancha kattaroq ekanligi xizmat qildi. Lab va til harakatchanligining kattalashishi bir qator anatomik o‘zgarishlar bilan shartlandi: quyi jag‘ning qisqarishi va kengayishi, shakli asta-sekin uchkurdan taqasifatga aylana bordi; iyak do‘ng qismining rivojlanishi (nutqiy harakatlarda ishlatiladigan ba’zi bir mushaklar joylashgan o‘rni); tishlarning kichrayishi va b. shular tufayli erkin og‘iz bo‘shlig‘i kattalashdi, bu, o‘z navbatida, til harakatchanligi ortishini va yanada yetuk bo‘lgan tovush rezonatsiyasi imkoniyatini ta’minladi.

T a’kidlash lozimki, nutqni ta’minlovchi tizimlar, ikki guruhga bo‘linishi mumkin: periferik va markaziy. Markaziylarga bosh miyasi muayyan tuzilmasi, periferiklarga esa – ovoz apparati va eshitish organi.



Ovoz apparati (13.1-rasm) uchta asosiy tizimdan iborat: nafas olish organlari, talay, og‘iz bo‘shlig‘i va burun. Nafas olish organlari talayning ovozli bo‘g‘imlarini titratishga majbur qiladigan havo tokini ta’minlaydi, ularning tebranishi tovush to‘lqinini hosil qiladi. Nafas olish organlariga o‘pka va ularni harakatga keltiruvchi mushaklar, shu bilan birga diafragma kiradi. Shu tizimga bronxlar va nafas olish tomog‘i ham kiradi. Nafas olish itarilishlari nutqni bo‘g‘inlar bo‘yicha talaffuz qilishni ta’minlaydi. Tovushlarni ajratib talaffuz qilish qobiliyati rivojlanishi ularni idrok qilish qobiliyati bilan bog‘liq. Nutqiy faoliyat nazorat ostida turadi, va unga faqatgina eshitish orqali tuzatishlar kiritilishi mumkin. Inson eshitish qobiliyatining rivojlanishi markaziy apparatning rivojlanishi evaziga sodir bo‘lgan, bu bosh miyasi qobig‘i murakkablashishida ifodalanadi. Agar maymun miyasi va inson miyasini solishtirsa, unda shuni aniqlaymizki, insondagi qobig‘ eshitish zonasi maymunning o‘xshash bosh miyasi qobig‘i zonasidan nisbatan kattaroq. Biroq bu farqlar nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlarda – eshitish zonasi ortishida ifodalanadi. Insonda bu zonada o‘ziga xos nutqiy markazlar joylashgan (13.2-rasm). Miya bilan bog‘liq asab yo‘llari Geshl burilishlarida tugaydi. Agar burilishlarningt u yoki bu qismi vazifasi buzilsa, unda insonda kerakli eshitish hissi yo‘qoladi. Masalan, ularning ichki qismi buzilishi yuqori tovushlarga nisbatan eshitish qobiliyati, tashqi qismlarining buzilishi esa quyi tovushlarning eshitish qobiliyati yo‘qolishiga olib keladi. Shunday qilib, bu soha kortev organi proeksiyasini bildiradi va birinchi eshitish hislari bog‘liq bo‘lgan markaz hisoblanadi. Bu hislarning integratsiyasi birinchi va qisman ikkinchi ichakka o‘yiqlarida joylashgan chakka ulushi o‘xshasha qismlarida sodir bo‘ladi. Aynan bu yerda chap yarim bosh miya qismida nutqning o‘ziga xos eshitish markazi - Vernike markazi joylashgan. Bu markaz faoliyati buzilishida inson so‘zlarni farqlash qobiliyatidan maxrum bo‘ladi, dekin shunga qaramay ayrim eshitish hislari buzilmay qoladi. Bunday hodisa sensor afaziyasi nomini oldi. Shuning uchun to‘liq ishonch bilan tasdiqlash mumkinki, aynan shu asab markazi nutq tovushlari farqlanishini ta’minlaydi. Bunda ta’kidlash lozimki, o‘xshash asab markazi hayvonlarda mavjud emas, bu yana bir bor nutq – bu o‘ziga xos inson vazifasi degan iboraning haqqoniyligini isbotlaydi. Vernike eshitish markazi boshqa o‘ziga xos qobig‘ nutqiy markazi bilan bog‘liq – Brok markazi, u chap yarim bosh miya qismi peshona uchinchi o‘nqir-cho‘nqiri orqa qismida joylashgan. Bu harakatlanuvchi nutq markazi. Mazkur markazning normal ishlashi buzilishi shunda ifodalanadiki, inson so‘zlarni talaffuz qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Tashqida unda qandaydir tovushlarni talaffuz qilish qobiliyati qoladi, tilni qimirlatish qobiliyati saqlanadi, chunki ovoz apparati harakatlariga javob adigan markaz oldingi markaziy o‘nqir-cho‘nqirlikda joylashgan, lekin u “so‘zlarni talaffuz qilish usullari xotirasi”ni yo‘qotadi, ya’ni so‘zlardagi ayrim tovushlar integratsiyasi buziladi. Demak, Brok markazi shuningdek inson tarixiy rivojlanishi mahsuli hisoblanadi va nutq jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. Bu asab markazi shuningdek faqat insonda mavjud, uning vazifalari buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik esa motorli afaziya deb ataladi.




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish