Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti


Do’stmuxamedova SH.A.– Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedarsi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi



Download 159,22 Kb.
bet2/2
Sana06.12.2019
Hajmi159,22 Kb.
#28666
1   2
Bog'liq
Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti

Do’stmuxamedova SH.A.– Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedarsi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi

Ergashev P.S.- Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedarsi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi

Odilova N.G.- Nizomiy nomidagi TDPU “ Umumiy psixologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi




Taqrizchilar:

Zufarova M. – Qo’qon Davlat pedagogika instituti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi

To’ychiyeva S.M. - TVXTB dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi

Fanning o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (2011 yil «13» oktyabrdagi 3-sonli majlis bayoni)



KIRISH

Ushbu dastur umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fanining mohiyati, psixikani rivojlanishi, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual-psixologik xususiyatlari, psixologik holatlar hamda shaxsning shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan psixologik fiziologik va jismoniy o’zgarishlar, shuningdek shaxsga xos sifat, xususiyat, holatlar; ta`lim-tarbiya jarayonini to’g`ri tashkil qilishning yoshga bog`liq jihatlarining psixologik mexanizmlarini o’z ichiga qamrab oladi.


O’quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda bo’lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o’zgartirilishini tashkil etishdir.

Fanning vazifasi - talabalarga psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar

“Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” o’quv fanini o’zlashtirish natijasida bakalavr:

-psixologiya fanining mazmuni, mohiyati, psixika va ongni taraqqiyoti, bilish jarayonlari, psixik holatlar, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual-psixologik xususiyatlarini, psixik taraqqiyot va uning omillari, ushbu omillarning psixik rivojlanishga ta`sir ko’rsatish mexanizmlari va qonuniyatlarini, ontogenezning turli bosqichlarida psixik rivojlanishning asosiy xususiyatlarini bilishi bilishi kerak;

-talaba shaxs, muloqot, faoliyat, individual xususiyatlar yuzasidan tushuncha, tasavvurga ega bo’lish bilan birga, psixik rivojlanishga ta`lim-tarbiya jarayonlarining ta`sir xususiyatlarini prognoz qila olish, ushbu jarayonni shu asosida loyihalashtirish va amaliy faoliyatga tadbiq etish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;

-talaba shaxsdagi psixologik jarayon, holatlarni yuzaga kelish mexanizmlari, qonuniyatlari, tuzilishi, tashqi omillar ta`siriga berilishiga doir hamda shaxs kamoloti yo’lida ta`lim-tarbiya ishlarini to’g`ri tashkil qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi

“Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, 1-5-semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy (falsafa, pedagogika va h.k), matematika va tabiiy-ilmiy (informatika va axborot texnologiyalari, yosh


fiziologiyasi va gigiena va h.k) blokidagi fanlar bilan aloqada o’rganilib, bu fanlardan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.

Fanning ta’limdagi o’rni

“Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” fani pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida o’qitiladigan, mutaxassislik fanlarini o’zlashtirish uchun muhim manba sifatida xizmat qiladigan fandir.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va

pedagogik texnologiyalar

Talabalarning “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma'ruza, seminar darslarida mos ravishdagi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.


Asosiy qism

Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni

Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fanining tarixi va rivojlanish bosqichlari. Fanning predmeti va vazifalari. Psixik hodisalar, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlari. Shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami orasidagi munosabat, voqelikni anglash, olamni psixologik tahlili, psixik hodisalarning kechishi, yosh taraqqiyotini davrlashtirish, ta'lim-tarbiya mazmuni, psixologiyaning tarixiy va nazariy ahamiyati jamiyatda olib borilayotgan ishlar natijasidagi yutuqlari.


Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti

Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixologik bilimlarning o’ziga xos tomonlari. Umumiy psixologiya samara beruvchi, harakatga keltiruvchi va hayvon hamda odam ob'ekti faoliyatidagi psixik aks ettirishning tuzilishi va hulq-atvori haqidagi fan sifatida. Psixika tirik mavjudotning ob'ektiv borliqni aks ettirish shakllaridan biri ekanligi to’g’risida umumiy tushuncha. Psixik aks ettirish - ob'ektiv olamning sub'ektiv obrazi ekanligi. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchanlik vazifalari. Miya va psixika. Psixika va ong. Ong va ongsizlik (anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan harakatlar) holatlari. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Psixikaning falsafa doirasidagi taraqqiyoti. Sharq mutafakkirlari (Al Forobiy, Abu Ali ibn Sino, ibn Rashid, G’azzoliy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, Abu Bakir ar-Roziy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy va boshqalar)ning psixologik qarashlari. Psixologiya fanining nazariy hamda amaliy vazifalari.


Hozirgi zamon psixologiyaning tuzilishi va tadqiqot metodlari

Hozirgi zamon psixologiyasi fanining tamoyillari, determinizm tamoyili, ong va faoliyat birligi tamoyili, ongni faoliyatda rivojlanish tamoyili, hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi, aniq faoliyatni o’rganuvchi psixologiya sohalari, rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari, shaxs va jamiyatga bo’lgan munosabatlarni o’rganuvchi psixologiya sohalari, mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yuridik psixologiya, yosh psixologiyasi, maxsus psixologiya yoki anomal taraqqiyotni o’rganuvchi psixologiya sohalari, hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari, kuzatish metodi, eksperiment metodi, suhbat va so’rovnoma metodi, faoliyat mahsulini o’rganish metodi, test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.


Psixika va ongning taraqqiyoti

Psixikaning filogenetik taraqqiyoti, seskanuvchanlik va sezuvchanlik, tropizmlarning mohiyati, hayvonlarning hatti-harakat tiplari, sensor bosqich va uning xarakterli xususiyati, pertseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyati, intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyati, psixikaning rivojlanish bosqichlari, instinkt tushunchasining mazmuni, ko’nikma va malakalar, hayvonlarning intellektual hatti-harakatlari, psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi.

Odam psixikasining paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti. Odamda aks ettirish darajasi. Ongning paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti. Odam psixikasining ontogenez taraqqiyoti. Yuksak psixik funktsiyalarning tarkib topishi va ularning tuzilishi.
Faoliyat va motivatsiya

Faoliyat haqida tushuncha, faoliyatning tuzilishi, faoliyatning o’ziga xosligi, faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi, faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash, faoliyatning asosiy turlari, o’yin faoliyatining mazmuni, mehnat faoliyati mazmuni, talim faoliyati mazmuni, A.N.Leontev bo’yicha faoliyat tuzilishi.

Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni, xorij psixologiyasida motiv va motivatsiya muammosi, motivatsiya va motivlarning nazariy muammolari, motiv muammosiga doir mulohazalar, shaxs shakllanishida motivatsiyaning ahamiyati.
Muloqot

Muloqot haqida tushuncha, muloqot turlari, muloqot vazifalari, muloqotning verbal vositalari, muloqotning noverbal vositalari, muloqot shaxslararo o’zaro ta’sir etish sifatida, muloqot insonlarning bir-birini tushunishi, muloqot texnikasi va usullari, pedagogik faoliyatda muloqot, til va nutq tushunchalarining mazmuni, muloqot va muomala tushunchalarining mazmuni, muloqot kishilar o’rtasidagi o’zaro tasir etish, muloqotning kommunikativ tomoni, muloqotning interaktiv tomoni.


Shaxs

Shaxs haqida tushuncha, individ, shaxs, individuallik tushunchalari, shaxs faolligi tushunchalarining mazmuni, shaxs shakllanishiga tasir etuvchi omillar, shaxsning malaka va odatlari, endopsxika va ekzopsixika haqida tushuncha, biogenetik nazariya va uning mohiyati, sotsiogenetik nazariyasining mazmun mohiyati, konstitutsion nazariyaning mazmuni, rollar nazariyasi mazmuni, shaxs borasida K.Levin nazariyasi tushunchalarining mazmuni, psixodinamik nazariyaning mazmuni, kognitivistik nazariya tushunchalarining mazmuni.



Guruh va jamoa

Guruh haqida tushuncha. Ijtimoiy psixologiyada kichik guruhlar muammosi. Kichik guruhlar tasnifi. Кichik guruhlardagi dinamik jarayonlar. Jamoa. Guruh. Guruh vа jamoadagi lider. Guruhdagi shaxslararo munosabatlar. Guruh vа jamoani boshqarish. Boshqarish uslublari.


Diqqat

Diqqat haqida tushuncha, diqqatning nerv-fiziologik asoslari, diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat, diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat ko’lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi.


Sezgi

Sezgilar haqida umumiy tushuncha, sezgilarning nerv-fiziologik asoslari, sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, ekstroretseptiv sezgilar, introretseptiv sezgilar, proprioretseptiv sezgilar, analizator va uning tuzilishi, sezgi sohasidagi qonuniyatlar.


Idrok

Idrok haqida tushuncha, idrokning nerv-fiziologik asoslari, idrokning murakkabligi, idrokda kuzatish va kuzatuvchanlik, idrokning xossalari, idrokda ob’ekt va fon, appertseptsiya, idrokning konstantligi, idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya, vaqt, harakat va fazoni idrok qilish.


Xotira

Xotira haqida tushuncha, xotiraning nerv-fiziologik asosi, xotira turlari, faoliyatga ko’ra xotira turlari, maqsadiga ko’ra xotira turlari, muddatiga ko’ra xotira turlari, xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash, unutish, xotira tiplari.


Xayol

Xayol haqida tushuncha, xayol jarayonlari, xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol, orzu, tush ko’rish va shirin xayol, xayol sifatlari, xayolning kengligi va torligi, xayolning chuqurligi va realligi, xayolning mazmundorligi va kuchi, fantaziya, hayolning rivojlanishi.


Tafakkur

Tafakkur xaqida tushuncha, tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, hukm, xulosa chiqarish, tushuncha, tafakkur sifatlari, tafakkurning mazmundorligi, tafakkurning chuqurligi, tafakkurning kengligi, tafakkurning mustaqilligi, tafakkurning ixchamligi, tafakkurning tezligi, tafakkurning turlari, shakliga ko’ra tafakkur turlari, topshiriq xarakterga ko’ra tafakkur turlari, fikr yoyiqligiga ko’ra tafakkur turlari, fikrning originallik darajasiga ko’ra tafakkur turlari, tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar.


Hissiyot

Hissiyot haqida tushuncha, his-tuyg`ularning vazifalari, hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari, insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar, hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari, yuksak hislar, hissiy ton, affekt, stress, praksik hislar, axloqiy hislar, estetik hislar, intellektual hislar, hissiyotning o’ziga xosligi.



Iroda

Iroda haqida tushuncha, irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari, iroda borasidagi nazariyalar, irodaviy akt va uning tuzilishi, shaxsning irodaviy sifatlari, irodani tarbiyalash, irodaning individual xususiyatlari.


Temperament

Temperament haqida tushuncha, temperamentni rivojlanishi tarixi, temperament tipi, oliy nerv faoliyati tipi va temperament, temperament xususiyatlari, temperament tiplari, faoliyatning indvidual uslubi va temperament, temperamentni tarbiyalash.


Xarakter

Xarakter haqida tushuncha, xarakterning nerv-fiziologik asoslari, xarakter tipologiyasi, xarakter aktsentuatsiyasi, xarakter tarkibi, xarakterning shakllanishi, xarakter tuzilishi va xususiyatlari, xarakter borasidagi ta’limotlar.


Qobiliyat

Qobiliyatlar haqida tushuncha, qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi, qobiliyatlar tuzilishi, talantning paydo bo’lishi va tuzilishi, qobiliyat va talantlarning tabiiy shartlari, qobiliyat borasidagi nazariyalar, qobiliyatlarning tabiiy asoslari, qobiliyatlarning rivojlanishi, qobiliyat va irsiyat.


Yosh davrlari psixologiyasi

Yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari

Yosh davrlari psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy muammolari. Yosh davrlari psixologiyasi faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi. Yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy sohalari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi

Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o’ziga xos xususiyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy omillari. Yosh tushunchasi. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosi (qadimiy va zamonaviy tasniflar). Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida. (J.Piaje). Yosh davrlarining psixoanaliz nazariyasidagi tasnifi haqida (Z.Freyd). Sotsiogenetik yondashuvda yosh davrlari tasnifi haqida (E.Erikson). Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida (D.B.Elkonin). Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi muammosi


Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar

Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha. Tug`ilish davri inqirozi. «Tirilish kompleksi» haqida. Gudaklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati (emotsional deprivatsiyaning salbiy oqibatlari). Bir yosh inqirozi haqida. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi.


Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi. O’yin maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida (o’yin faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir ko’rsatish mexanizmlari, o’yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri muammosi). Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar. J.Piaje fenomenlari haqida tushuncha. Maktabgacha yosh davrida tafakkur egotsentrizmi muammosi. Maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari. Maktabgacha yosh davrida ijtimoiy emotsiyalarning shakllanishi. Maktabgacha yosh davrida motivatsion sohadagi o’zgarishlar va shaxsning «birinchi tug`ilishi» (A.N.Leontev). 7 yosh inqirozi, uning sabablari va alomatlari. Maktabga psixologik tayyorlik muammosi.


Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi. Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi. Kichik maktab yoshi davrida kognitiv - affektiv sohalardagi rivojlanish xususiyatlari. Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (o’quv faoliyati, shaxslararo munosabatlarning motivatsion asoslari). Kichik maktab yoshi davrida bolaning o’zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori. Pedagogik baho va kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish aloqasining psixologik mexanizmlari. Kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari


O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

O’smirlik davridagi psixik rivojlanishning umumiy tavsifi (o’smirlikda jismoniy o’sish xususiyatlari, jinsiy etilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga ta`siri haqida umumiy tushuncha). o’smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari. o’smirlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari. o’smirlik davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (tengdoshlar bilan muloqot qilish motivatsiyasi, o’quv faoliyati motivatsiyasi, jinoiy xulq-atvor motivlari). o’smirlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari (shaxs tug`ilishining 2-davri – A.N.Leontev). o’smirlik davrida o’z-o’ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari. o’smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi.


Ilk o’spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

Ilk o’spirinlik davri psixologiyasiga umumiy tavsif (psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari, o’quv faoliyati xususiyatlari, ijtimoiy xulq-atvordagi umumiy o’zgarishlar). Ilk o’spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari. Ilk o’spirinlik davrida do’stlashish muammosining psixologik xususiyatlari. Ilk o’spirinlik davrida muhabbat. Ilk o’spirinlik davrida o’zini-o’zi anglashning rivojlanishi (o’zini-o’zi baholash, hurmat qilish, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya muammolari). Ilk o’spirinlik davrida o’quv-kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi. Ilk o’spirinlikda kasbga yo’naltirishning psixologik muammolari.


Yoshlarni oylaviy hyotga psixologik tayyorlash

Oylaviy hayotga psixologik tayorlik tushunchasi. Yoshlarni oylaviy hayotga psixologik tayorlashda psixologik bilimning ahamiyati. Oylaviy hayotga psixologik tayorlikning me`zonlari va ko`rsatkchlari. Yoshlarni oylaviy hayotga psixologik tayorlash sohasidagi amaliy ishning samaradorligini oshirish omillari. Guruh rahbari va fan o`qituvchisining oylaviy hayotga psixologik tayorlashdagi faoliyati mazmuni.


Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma

va tavsiyalar

Seminar mashgulotlarda talabalar guruhlarda ishlash, mustaqil fikrni bayon etish, guruh taqdimotini amalga oshirishni o’rganadilar.

Seminar mashgulotlarning tavsiya etiladigan taxminiy mavzulari va ularning mazmuni:

1. Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti

Psixologiya predmetining ta'rifi. Psixologiya tarixining asosiy bosqichlari. Psixika tushunchasining tahlili. Miya va psixika muammosi. Psixika va ong. Ongsizlik holatlari. Psixologiyaning asosiy vazifalari.



2. Hozirgi zamon psixologiyaning tuzilishi va tadqiqot metodlari

Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va tamoyillari. Umumiy psixologiyaning asosiy metodlari. Umumiy psixologiyaning yordamchi metodlari. Psixologiya fanining tarmoqlari.



3. Psixika va ongning taraqqiyoti

Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. Seskanuvchanlikni paydo bo’lishi haqidagi ilmiy farazlar. Psixikaning taraqqiyot bosqichlari.Hayvonlarning instinktiv, individual va intellektual xatti-harakatlari. Odam psixikasining paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti. Ongning paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti.



4.Faoliyat

Faoliyat haqida tushuncha. Ehtiyojlar, ularning turlari. Faoliyatning tuzilishi. Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi. Faoliyatning asosiy turlari. Ko’nikma va malakalarning shakllanishi.



5.Motiv va motivatsiya

Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni. Motivlarning turlari. Моtivatsiya hаqida ilmiy nazariyalar. Motivlarning inson faoliyatidagi o’rni.


6. Muloqot

Muloqot haqida tushuncha. Muloqot turlari, vazifalari. Muloqotning verbal noverbal vositalari. Muloqot shaxslararo o’zaro ta’sir etish sifatida. Muloqot texnikasi va usullari. Pedagogik faoliyatda muloqot.



7. Shaxs

Shaxs haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik tushunchalari. Shaxs faolligi tushunchalarining mazmuni. Shaxs shakllanishiga tasir etuvchi omillar. Shaxsning malaka va odatlari.



8. Diqqat

Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik mexanizmlari. Diqqat turlari. Diqqatning asosiy xususiyatlari. Diqqat va faoliyat.



9. Sezgi

Sezgi haqida tushuncha. Sezgining fiziologik asoslari. Sezgilarning tasnifi. Sezgi jarayonidagi qonuniyatlar.



10. Idrok

Idrok haqida tushuncha. Idrokning fiziologik asoslari. Idrok turlari. Idrokning asosiy sifatlari. Idrokning individual xususiyatlari.



11. Xotira

Xotira haqida tushuncha. Xotira nazariyalari. Xotira jarayonlari. Xotira turlari. Xotiraning individual psixologik farqlari. Xotirani rivojlantirish.



12. Xayol

Xayol haqida tushuncha. Xayolning fiziologik asoslari. Xayol turlari. Xayol tasavvurlari. Xayol va ijodiyot.



13. Tafakkur

Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur operatsiyalari. Tafakkurning mantiqiy shakllari. Tafakkur va masala yechish. Tafakkur turlari va individual xususiyatlari. Tafakkur va nutq.



14. Hissiyot

Hissiyot haqida tushuncha. His-tuyg`ularning vazifalari. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari. Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari, yuksak hislar.



15.Iroda

Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. Iroda borasidagi nazariyalar. Irodaviy akt va uning tuzilishi. Shaxsning irodaviy sifatlari.



16. Temperament

Temperament haqida tushuncha. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. Temperament xususiyatlari. Temperament tiplari.



17. Xarakter

Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning nerv-fiziologik asoslari. Xarakter tipologiyasi. Xarakter aktsentuatsiyasi. Xarakter tarkibi. Xarakterning shakllanishi.



18. Qobiliyat

Qobiliyatlar haqida tushuncha. Qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi. Qobiliyatlar tuzilishi. Qobiliyatlarning rivojlanishi.



19. Yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari

Yosh davrlari psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy muammolari. Yosh davrlari psixologiyasi faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi. Yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy sohalari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


20. Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi

Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o`ziga xos xususiyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy omillari. Yosh tushunchasi. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosi (qadimiy va zamonaviy tasniflar).



21.Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar

Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha. Tug`ilish davri inqirozi. «Tirilish kompleksi» haqida. Gо”daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati (emotsional deprivatsiyaning salbiy oqibatlari).



22.Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish

Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi. O`yin maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida (o`yin faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatish mexanizmlari, o`yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri muammosi). Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar. J.Piaje fenomenlari haqida tushuncha. Maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari.. Maktabgacha yosh davrida motivatsion sohadagi o`zgarishlar va shaxsning «birinchi tug`ilishi» (A.N.Leontev). 7 yosh inqirozi, uning sabablari va alomatlari. Maktabga psixologik tayyorlik muammosi yuzasidan nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirish. Maktabgacha yosh davrining ijtimoiy-psixologik muammolari. Maktabgacha yosh davrida ota-ona vа yaqinlar bilan o’zaro munosabat xususiyatlari. Maktabgacha yosh davrida tengdoshlar bilan o’zaro munosabat xususiyatlari. Maktabgacha yosh davrida bеgonalar bilan o’zaro munosabat xususiyatlari.



23. Kichik maktab yoshidаgi o’quvchilarning psixologik xususiyatlari

Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi. Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi. Kichik maktab yoshi davrida kognitiv - affektiv sohalardagi rivojlanish xususiyatlari. Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (o`quv faoliyati, shaxslararo munosabatlarning motivatsion asoslari). Kichik maktab yoshi davrining ijtimoiy- psixologik muammolari. Kichik maktab davrida ota-ona vа yaqinlar bilan munosabat xususiyatlari. Kichik maktab yoshi davrida o’qituvchi-o’quvchi munosabatlariga хоs xususiyatlari. Kichik maktab yoshi davrida tengdoshlari bilan munosabat xususiyatlari.


24.O`smirlik davrida psixik rivojlanish

O`smirlik davridagi psixik rivojlanishning umumiy tavsifi (o`smirlikda jismoniy o`sish xususiyatlari, jinsiy etilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga ta`siri haqida umumiy tushuncha). o`smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari. o`smirlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari. o`smirlik davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (tengdoshlar bilan muloqot qilish motivatsiyasi, o`quv faoliyati motivatsiyasi, jinoiy xulq-atvor motivlari). o`smirlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari (shaxs tug`ilishining 2-davri – A.N.Leontev). O`smirlik davrida o`z-o`ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari. O`smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi borasidagi tasavvurlarni hosil qilish. O`smirlik davrining ijtimoiy-psixologik muammolari. O`smirlik davrida ota-ona bilan munosabat xususiyatlari. O`smirlarning pеdagoglar bilan munosabatlari uchun xos xususiyatlar. O’smirlik davrida tеngdoshlar bilan o’zaro munosabat muammosi.


25. Ilk o`spirinlik yoshining psixologik xususiyatlari

Ilk o`spirinlik davri psixologiyasiga umumiy tavsif (psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari, o`quv faoliyati xususiyatlari, ijtimoiy xulq-atvordagi umumiy o`zgarishlar). Ilk o`spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari. Ilk o`spirinlik davrida do`stlashish muammosining psixologik xususiyatlari. Ilk o`spirinlik davrida muhabbat. Ilk o`spirinlik davrida o`zini-o`zi anglashning rivojlanishi (o`zini-o`zi baholash, hurmat qilish, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya muammolari). Ilk o`spirinlik davrida o`quv-kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi. Ilk o`spirinlikda kasbga yo`naltirishning psixologik muammolari yuzasidan nazariy bilimlarni mustaxkamlab, amaliyotga yo`naltirish. Ilk o`spirinlik dаvrining ijtimoiy-psixologik muammolari. Shaxslararo munosabatlar. Ilk o`spirinlikda ota-ona bilan munosabat xususiatlari. Ilk o`spirinlik davrida o’quvchi–pedagog munosabatlari xususiatlari. Ilk o`spirinlik davrida tengdoshlar bilan munosabat muammosi.



26. O’spirinlarni оilaviy hayotga psixologik tayyorlash

Oylaviy hayotga psixologik tayorlik tushunchasi. Oilaviy hayotga tayyorlashning turli jihatlari. Yoshlarni oylaviy hayotga tayorlashda psixologik bilimlarning ahamiyati. Oylaviy hayotga psixologik tayorlikning me`zonlari va ko`rsatkchlari. Yoshlarni oylaviy hayotga psixologik tayorlash sohasidagi amaliy ishning samaradorligini oshirish omillari. Guruh rahbari va fan o`qituvchisining oylaviy hayotga psixologik tayorlashdagi faoliyati mazmunini anglab yеtish va ulardan o’z hayoti vа pedagogik faoliyatida foydalanish ko’nikma malakalarini shakllantirish. Ilk o’spirinlik davrining ijtimoiy- psixologik muammolari Ilk o’spirinlikda ota-ona bilan muosabat xususiyatlari. Ilk o’spirinlik davrida talaba-pеdagog munosabatlari xususiyatlari. Ilk o’spirinlik davrida tеngdoshlar bilan munosabat muammosi.



27. Yoshlarning psixologik xususiatlari

Yoshlik davri psixologiyasiga umumiy tavsif (psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari. Yoshlar kamolotiga ta'sir etuvchi psixologik omillar. Yoshlarning intellektual va emotsional rivojlanishi. Yetakchi faoliyat. Yoshlarning faoliyati xususiyatlari, ijtimoiy xulq-atvordagi umumiy o`zgarishlar. Yoshlarning o`zini-o`zi anglashning rivojlanishi. Yoshlik davrida shaxslararo munosabatlar. Oiladagi shaxslararo munosabatlar. Yoshlarning ijtimoiy ongi, ularning ijtimoiy hayotda qatnashuvi.


28.Еtuklik davrining psixologik xususiyatlari.

Катталар psixologiyasiga umumiy tavsif (psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari). Еtuklik davrining bosqichlari. Kattalarning bilish jarayonlari va emotsional rivojlanishi xususiyatlari. Еtakchi faoliyat. Еtuklik davrida faoliyati xususiyatlari,ijtimoiy xulq-atvordagi umumiy o`zgarishlar. Kattalarning o`zini-o`zi anglashining xususiyatlari. Еtuklik davrida inqiroz. Еtuklik davrida motiv va motivatsiya. Еtuklik davrida shaxslararo munosabatlar.


29. Gеrontopsixologiya

Psixogеrantologiya xaqida umumiy tushuncha. Qarilik davrida biologik kеksayish. Qariyalar psixologiyasiga umumiy tavsif (psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari) Qariyyalarning intellektual va emotsional xususiyatlari. Kеksayish davrida shaxsning psixologik ususiyatlari psixologiyasi. Qariyalarning faoliyati xususiyatlari, ijtimoiy xulq-atvordagi umumiy o`zgarishlar. Qariyalarning o`zini-o`zi anglashining rivojlanishi xususiyatlari. Qariyalik davrida motiv va motivatsiya. Qariyalik davrida ijtimoiy ehtiyojlar. Qariyalik davrida shaxslararo munosabatlar..Uzoq umr ko’ruvchilarning psixologik xususiyatlari.


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etiladi.

- darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;

- tarqatma materiallar bo’yicha ma'ruzalar qismini o’zlashtirish;

- maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

- talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;

- faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;

- nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tish davomida talabalarni ijodiy jarayonga

yo’naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish, mashqlar bajarish;

- badiiy asarlarni estetik-g’oyaviy jihatdan tahlil qilish, klassik asarlar matni ustida

ishlash, adabiy jarayonni psixologik tomondan kuzatib borish.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning taxminiy mavzulari:

1. Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti

2. Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari.

3. Psixologiyaning tabiiy-ilmiy asoslari

4. Hozirgi zamon psixologiyasining tarmoqlari.

5. Faoliyatning umumiy psixologik tavsifi

6. Ko’nikma, malaka va odatlarning shakllanishi

7. Motivatsiyani o’rganishga oid asosiy yondashishlar

8. Inson psixik taraqqiyotida muloqotning ahamiyati

9. Bolalarda nutqning shakllanishi

10. Shaxsni o’rganishning zamonaviy nazariyalari

11. Shaxs haqida tushuncha

12. Diqqatning psixologik nazariyalari

13. Diqqatning asosiy xususiyatlari va ularning eksperimental tadqiq qilinishi.

14. O’quvchilar diqqatini rejali ravishda shakllantirish

15. Sezgilar haqida umumiy tushuncha.

16. Sezgilar tasnifi

17. Idrok tabiati

18. Idrokning tasnifi va turlari.

19. Xotirani o’qish faoliyatida rivojlantirishning vazifalari va uning shart-sharoitlari.

20. Xotiraning individual psixologik farqlari.

21. Bolalarning o’yin va kattalarning ijodiy faoliyatida fantaziyaning ahamiyati.

22. Tizimli o’qitish jarayonida bola tafakkurining rivojlanishi

23. Emotsiya haqidagi psixologik nazariyalar

24. Shaxsning irodaviy xususiyatlari va ularning tuzilishi.

25. Shaxsning individual xususiyatlari

26. Temperamentning psixologik tavsifi

27. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari

28. Qobiliyatlarning rivojlanishi.

29. Sharq mutafakkirlarining bola tarbiyasi haqidagi fikrlari (Al Forobiy, Abu Ali ibn

Sino, ibn Rashid, G’azzoliy va b.).

30. Ilmiy psixologik maktablar (psixoanaliz, bixеvioristik, assotsiativ).

31.Ta'limning mazmuni va psixik rivojlanish.

32. Faollik - bola shaxsi psixik taraqqiyoti sharti.

33.Go’daklik va ilk bolalik davrida psixik rivojlanish.

34.O’yin - bolaning еtakchi faoliyati sifatida.

35.Turli yosh davrlarida nutq faoliyatining rivojlanishi.

36.Kichik maktab yoshi davrida o’quv faoliyatining tarkib topishi, ish motivlarining

rivojlanishi.

37.Kichik maktab o’quv jamoasida shaxslararo munosabatlar.

38.O’quv matеrialini yaxshi eslab qolish shartlari.

39.O’quv matеrialini o’zlashtirishda qiziqishning ahamiyati.

40.O’smirlar va kattalar o’rtasida yuzaga kеladigan nizolarning asosiy sabablari.

41.O’smirlar muloqotining psixologik xususiyatlari.

42.O’smir shaxsining shakllanishida orzuning tutgan o’rni.

43.O’quvchilarda iroda sifatlarini tarbiyalash yo’llari.

44.Tarbiyasi “qiyin” bolalar psixologiyasi.

45.O’spirinlarning kasbga tayyorgarligi muammosi.

46.O’spirinlarda ijtimoiy va aqloqiy mе'yorlarning shakllanishi.

47.O’spirinlarda ijodiy faollikning o’sishi, dunyoqarashning shakllanishi.

48.O’spirinlarni oilaviy hayotga tayyorlash psixologiyasi

49.Yoshlarning psixologik xususiatlari.

50. Yoshlik davrida bilish jarayonlarining xususiyatlari.

51.Yoshlarning o'zini o'zi anglashi.

52. Еtuklik davrining psixologik xususiyatlari. .

53. Еtuklik davrida shaxslararo munosabatlar.

54. Qariyalarning intellektual va emotsional xususiyatlari.

55. Kеksayish davrida shaxsning psixologik xususiyatlari psixologiyasi.

56. Uzoq umr ko'ruvchilarning psixologik xususiyatlari.


Dasturning informatsion-uslubiy ta'minoti

Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta'limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan:

- fan bo’yicha ma'ruza darslari zamonaviy pedagogik texnologiyaning "Muammoli ma'ruza", "Klaster", "Aqliy hujum" singari metodlari, multimediyali elektron darslik namoyishlarini;

- psixologiya metodlari, psixik jarayonlar, shaxsning individual xususiyatlari, shaxs taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya mavzularida o’tkaziladigan seminar mashg’ulotlarida guruhli fikrlash, kichik guruhlar musobaqalari pedagogik texnologiyalarini;

- shaxs, faoliyat, muloqot, yosh va pedagogik psixologiya metodlari, mavzularida

o’tkaziladgan seminar mashg’ulotlarida "Charxpalak", "Bumerang", "Sinkveyn", "T-sxema" kabi pedagogik texnologiyalarni qo’llash nazarda tutiladi.


Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati

Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar

  1. Davletshin M. G. Umumiy psixologiya. T., TDPU, 2002.

2. Davletshin M.G., Do’stmuxamedova SH.A., Mavlonov M.M,To’ychieva S.M., «Yosh va pedagogik psixologiya». T. TDPU, 2004 .

  1. Ivanov I., Zufarova M. Umumiy psixologiya. O’z.FMJ., 2008.

  2. Немов Р.С. Психология. M.: Владос, 2003. 1-2-т.

  3. G`oziev E. G`. Umumiy psixologiya. 1-2 tom. T., Fan, 2002.

  4. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: 2009.

  5. Гамезо A. «Aтлас по психологии». Moсква, Питер, 2001.

  6. Радугина A.A. Педагогика и психология. M., 2007.

  7. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. СПб: Питер, 2007.

  8. Югай А.Х. Лабораторно-практические занятия по психологии. T.: TДПУ, 2008.

  9. G`ozievE.G`.Ontogenez psixologiyasi.-T.: Noshir. 2010.

  10. Nishanova Z.T., Do’stmuxamedova SH.A., Tulyaganova SH.T. Реdagogik psixologiya .-T.: Fan va teхнологиялар марказининг босмохонаси.2011.


Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. Toshkent, O’zbekiston nashriyoti, 2010.

  2. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. Yangi asr avlodi, 2008.

  3. имов E.A. Oбщая психология. M., Питер, 2001

  4. имов E.A. Психология. M., Питер, 2000

  5. Kрайг Г., Бокум Д. Психология развития. СПб.: Питер, 2006.

6. Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. T., 2006

7. Nishanova Z. Psixik taraqqiyot diagnostikasi. T., TDPU, 2004



8. Nishanova Z.T., Tulyaganova SH.T., Ubaydullaev A.X. «O’smirlik davrida qo’rquv holatining namoyon bo’lishi».T.TDPU, 2009.

9. Фридман Л.М. Психология воспитания. Kнига для всех, кто любит детей. M. TTС «Сфера»,1999.

10. Шелихова Н.И Техника педагогического общения. Под общ. ред. Гинзбурга М.R.-M; Изд-вo «Институт практической психологии», 1998.

11. G’oziev E. Psixologiya fani XXI asrda. T.: Universitet, 2002.



12. G’oziev E. Umumiy psixologiya. 1-kitob. T.: Universitet, 2002.

13. G’oziev E. Psixologiya metodologiyasi. T.: Universitet, 2002.
Download 159,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish