Biz muammoga duch kelishimiz hamon miyamiz uni hal qilish usullarini qurishga –
FARAZLARNI KASHF QILISHGA kirishadi.
Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan - asos, taxmin) — oldindan o’rganilgan faktlar, hodisalar,
jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi
yoki inkor etilishi lozim bo’ladigan nazariy taxmin.
Tadqiqot farazi – bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, o’rganilayotgan hodisaning tuzilishi yoki
uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar xususiyati haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar
mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi.
Xulosa sifatidagi faraz obyektiv voqyelikda o’z ildizlariga ega bo’ladi, fikrning bevosita
kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha bo’lgan harakati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: