Shaxsni shakllantiruvchi omillar: a) hayotning shart-sharoiti bilan o`zaro munosabat (madaniy, moddiy
va ijtimoiy); b) yosh avlodga ijtimoiy tarixiy tarbiyaviy tajribalarni o`tkazish, inson ongi va xulq -
atvoriga uni hayot va mehnatga tayyorgarligini rivojlantirish uchun kerakli shart-sharoitlarni
ta’minlovchi tushuncha, printsip va qadriyatlarni singdirishdan iborat bo`lgan tarbiya; v) shart-sharoitni
o`zgarishi bilan shaxs ham o`zgaradi (rivojlanish Yuzaga keladi); g) O`z-o`zini tarbiyalash – ongli
faoliyat bo`lib, insonni shaxs sifatida to`la namoyon bo`lishini ta’minlaydi (O`z-o`zini boshqarish, o`z-
o`zini nazorat qilish, o`z-o`zini tahlil qilish);
Shaxsni rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar: a) faoliyatda o`zgaruvchi ehtiyojldar orasida
qarama-qarshiliklar va ularni qondirish; b) faoliyatdagi faollik natijasida qondiriladigan ehtiyojlar
asosida yangi ehtiyojlarning Yuzaga kelishi;
Qarama-qarshiliklarni engish mahsul usullar, yo`llar,
harakatlar
, bilim va malakalar asosida ta’lim
jarayonida amalga oshiriladi. Shaxs shakllanishida etakchi o`rin tarbiyaga ajratiladi. Tarbiya shaxs
rivojlanishini tashkil etadi, yo`naltiradi va jamiyat talablariga moslashtiriladi. Demokrit aytganidek:
«Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa tarbiyadir». Ishonch – xulq xatti-harakatlarini muhim
anglanilgan motivi, faoliyatini aniq yo`nalishga solib turuvchi va dunyoni hissiy idrok etish, qat’iy
printsipga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Foyalar o`z - o`zini tarbiyalash rejasini beruvchi, o`zini
nazorat qilishga undovchi omil hisoblanadi.
6. Bola shaxsning tarkib topishida ta’lim tarbiyaning ta’siri asosiy ahamiyat kasb etadi. Tarbiya
muassasalari: bog`cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga
o`quvchilarni o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun
ularni shaxsini o`rganish metodlaridan foydalanish samarali kechadi. Metod tadqiqot, tekshirish,
bilimning nazariy va amaliy o`zlashtirish usulllari yig`indisidir. O`quvchi shaxsini o`rganish, metodlari:
Amerikalik sotsiolog K.N.Tomasning “Shaxs so`rovnomasi” metodikasi yordamida turli nizomi
vaziyatlarida shaxs o`zini qanday tutishligi: hamkorlikka yoki raqobatga moyilligi, murossaga
(kompromiss, en bosishga, Yul berishga) tayerligi, nizolarda qochish yoki uni keskinlashtirishga
intilishi kabi sifatlarning namoyon bo`lish darajasini aniqlash mumkin. Bu metodika jamoaning har bir
a’zosini hamkorlikdagi faoliyatga ijtimoiy - psixologik moslashuvchanlik darajasini b baholash
imkoniyatlarini ham beradi. Turli guruhlardagi o`zaro munosabatlar xususiyatlari o`rganiladi.
Shuningdek Kettel shaxs savolnomasining bolalar varianti - shaxsni dasturli tekshirishnining
bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bola shaxsi taraqqiyotini baholashda chet el tadqiqotlarida
savolnomalar keng qo`llaniladi. Lekin bizning sharoitimizda chet el metodikalaridan foydalanish ularni
jiddiy moslashtirishni va puxta tekshirishni talab qildi. (...................) ushbu metodika
E.M.Aleksandrovskaya, I.N.Gil’yasheva, 1978, 1985 variantlari keng qo`llaniladi.
Ayzenk testi (bolalar varianti) EPV insonning individual - psixologik xususiyatlarini, shaxsiy xislatlari -
ekstrovertlik, introverlik va turg`unlikni o`rganishga mo`ljallangan. Kattalar varianti 45 savoldan iborat
24 savol ekstravertlikni va introverlikni, 24 savol neyrotizmni aniqlashga mo`ljallangan, 9 ta savol
“yolgonchilik” shkalasidan iborat. Shuningdek D.B.El’komin, T.V.Dragunovalar o`smirlik davri
xususiyatlarini: I.V.Straxov Yuksak insoniy tuyg`ularni shakllanishini: V.A.Krutetskiy va
N.S.Lukinning “o`rtoqlik - do`stlik” borasidagi o`smirlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini
o`rganilishi o`smir yoshidagi bolalarning barcha muammolarini echishda yordam beradi. Xulosa:
Demak - odam avvalo individ bo`lib dunyoga keladi. Uning shaxs bo`lib shakllanishida uning biologik
shartlanganlik - jinsiy, yosh davrlari,
miyaning fiziologik
, morfologik xususiyatlari: ijtimoiylashuvi
muhim omillar bo`lib hisoblanar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: