Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning
umumiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq. Bizni ko‘proq
qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga
ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi.
Va, nihoyat, ixtiyorsiz diqqatni Yuzaga keltiradigan sabablarning to‘rtinchi guruhini ta’sir etuvchi
seskantiruvchi hosil qiladigan
his-tuyg‘ular tashkil etadi. Biz uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum
emotsional reaksiyani hosil qiladiganlar ixtiyorsiz diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi.
Ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda ixtiyoriy diqqatning asosiy xususiyati, uning ongli maqsad
tomonidan boshqarilishi va iroda kuchi bilan bog‘liqligidir. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik
jarayonlar kechishini faol boshqarish hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan
farq qilishiga qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his-tuyg‘ular, qiziqishlar, odamning avval
orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq. Lekin ixtiyoriy diqqatda bularning ko‘rsatadigan ta’siri bevosita
emas, aksincha, bilvositadir.
Diqqatning yana bir turi mavjud. Ixtiyoriy diqqatga o‘xshash, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatiga
ega bo‘lib, va dastlab iroda kuchini talab etadi, lekin keyinchalik odam ishga «kirib
boradi»: faoliyatning natijasi emas, balki, uning mazmuni va jarayoni ham qiziqarli bo‘lib, ahamiyat
kasb eta boshlaydi. Bunday diqqat N.F. Dobrinin tomonidan
ixtiyoriydan keyingi diqqat deb nomlandi.
Masalan, o‘quvchi qiyin arifmetik masalani echa turib, dastlab, unga ma’lum kuch sarf etadi. Masala
murakkab, o‘quvchi chalg‘iy boshlaydi. U o‘zini, irodasini ishga solgan holda, masalani echishga
majburlaydi. Mana, masalani echishga birinchi urinish natija berdi, echishning to‘g‘ri usuli belgilab
olindi. Masala oydinlasha boradi. Masala o‘quvchining ishtiyoqini band eta boshlaydi. U endi
chalg‘imasdan, qiziqarli masalaga kirishib ketadi. Diqqat ixtiyoriydan ixtiyorsizga aylandi.
Haqiqiy ixtiyorsiz diqqatdan farq qilib, ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli maqsadlar bilan
bog‘langan holatda qoladi va ongli qiziqishlar tomonidan quvvatlab turiladi. SHu bilan birga, ixtiyoriy
diqqatdan farqli ravishda bunda iroda kuchi deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud emas.
Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida o‘zaro bir-biriga o‘tishlar bilan
uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: