kabilar bo‘lib hisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operatsional tomoni deb
baholanadi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, ba’zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda irodaviy faoliyat insonning
butun hayot yo‘lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy-psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon
qiladigan va ma’naviy-axloqiy qadriyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan
uyg‘unlashadi. SHuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish jarayonida shaxs ongli
harakat qiluvchi sub’ekt tariqasida ham ularning kashfiyotchisi, ham bir davrning o‘zida ijrochisi
(bajaruvchi) bo‘lib ishtirok etadi. Mazkur holatda shaxs o‘zida to‘kis mujassamlangan qarashlari
tizimiga (dinamik stereotipiga), iymon-e’tiqodga, ishonch va dunyoqarashiga, qadriyatiga, hayotiy
munosabatlari majmuasiga, aql-zakovatiga, ma’naviyatiga asoslangan holda ongli yo‘l tutadi.
SHaxsning umr (hayot) yo‘lida qadriy xususiyat kasb etuvchi javobgarlik hissi irodaviy harakatlarni
tatbiq qilishda
uning miyasiga mujassamlashgan
, anglanilgan barcha ijtimoiy-psixologik shartlangan
fazilatlar (qarash, e’tiqod, qadriyat, ma’naviyat va hokazolar) sog‘lom fikr, ustuvor (Yuksak tuyg‘u)
hissiyot tariqasida faollashadi, mustahkamlanadi hamda baholash, qarorga kelish, tanlash, ijro etish
(bajarish) jarayonlariga ta’sir qilib, umumiy hamkorlik tizimida o‘z izini qoldiradi. Javobgarlik hissi
shaxs ma’naviyati, ruhiyati, qadriyati namoyon bo‘lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining
boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko‘taruvchisi funksiyasini bajaradi.
Irodaviy akt (irodaviy harakat)da uni motivlashtirishning barcha uchto tomoni faollik manbai, uning
yo'nalganligi va o'z-o'zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir. Irodaviy aktning bo'g'inlari.
Irodaviy harakatlar sababli har doim ozmiko'pmi darajada anglanilgan xarakterda bo'ladi. U yoki bu
ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bog'liq holda intilish va istakni ham farq qilsa bo'ladi. Intilish
ham differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan extiyojdan iborat faoliyat motivi. Istak
faoliyatinning motivi sifatida extiyojning yetarli darajada tushunib yetilganligi bilan xarakterlanadi.
Bunda faqat extiyoj ob'yekti emas, balki uni qondirishning mumkin bo'lgan yo'llari ham tushunib
yetiladi. Faoliyatning butun sabablari kishining yashash sharoitlarini aks ettirish va uning extiyojlarini
fahmlash natijasi hisoblanadi. Ana shu sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq,
boshqalari kamroq ahamiyatga ega bo'ladi. Kishida turli extiyojlar ahamiyatining o'zgarishi munosabati
bilan motivlar kurashi paydo bo'ladi, bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo'yiladi. Muhokama va
motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi.
Paydo bo'lgan qarorni muntazam ravishda bajarmaslik irodasi kuchsizligini ko'rsatadi. Irodaviyxatti-
harakatning so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy xatti-harakatda yoki
ishlarda kishi irodasi namoyon bo'ladi. Kishining irodasi haqida birgina Yuksak g'oyaviy motivlarga
qat'iy qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: