Ishning borishi:
Tajribani o’qituvchi olib boradi. Talabalar ikki guruhga bo’linadilar. Birinchi tajriba guruhiga
birinchi to’plamdagi vazifalar, ikkinchi – nazorat guruhiga ikkinchi to’plamdagi vazifalar
beriladi. Barcha ishtirokchilar vazifalarni navbatma-navbat yechishlari kerak bo’ladi.
Tekshiriluvchiga ko’rsatma: «Qo’lingizdagi varaqda 10 ta arifmetik topshiriq bo’lib, ularni
tartib bilan yeching. Qo’lingizdagi varaqqa barcha arifmetik usullarni yozishingiz mumkin.
Vazifani yechish vaqti cheklanmagan. Uni mustaqil ravishda boshqalardan ko’chirmay bajarishga
harakat qiling».
Do'stlaringiz bilan baham: |