Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola,
o’spirin, balog’atga etgan va kabilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari
ichsida eng muhim hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning
shakllanishi, nutqning o’chishi, favqulottda holatdan chiqarish, muamala vaziyatini hal qilish
jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi
belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka
shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq
savol-javob tartibi tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |