Umumiy psixologiya guruh: 1-8mat19



Download 1,47 Mb.
bet4/5
Sana21.01.2022
Hajmi1,47 Mb.
#397582
1   2   3   4   5
Bog'liq
Umumiy psixologiya HASANOVA

Ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi

Tashqi faoliyat- shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat.

O’YIN


TA’LIM

MEHNAT


MULOQOT

 

O`yin



Bola bir yoshga to`lgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Unday shart - sharoitlardan birinchisi o`yindir. O`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o`yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug`ullanish, yolg`ondakam urushishlar, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham

o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo`lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan, rolli, qoidali, harakatli, didaktik, mazmunli o`yinlarni o`ynaydilar. O`yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o`z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi.



Ta`lim. O`yin faoliyatining pirovardida ta`lim faoliyati yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma`lum axborotlarni - bilimlarni harakatlar va amallarni o`zlashtirishdan iboratdir. Odamning o`z maqsadiga ko`ra batamom o`rganish va o`zlashtirishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyati ta`lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta`lim faoliyati o`z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma`lum bir nazariy va amaliy faoliyat to`rini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob`ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o`zlashtirish, bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya`ni bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta`lim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo`lib tarkibiga - ilmlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.

Ta`lim faoliyati maxsus ravishda tashqil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotlariga faol ta`sir etib, ularning ta`lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog`liq bo`lgan xatti - harakatlarni tashqil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini o`rganish tomoni yo`naltirilishidir. SHunday qilib, ta`lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashqil qilinib boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma`lumki, ta`lim faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bog`liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday ta`lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega. Bolalarga u yoki bu fan bo`yicha ta`lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz kerak. Maktabimizdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko`rsatish, ragbatlantirish, talab qilish, vazifa berish va jixozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktablarimizdagi barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Mehnat

Mehnat - ma`lum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy ma`naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma`lum maqsadga qaratilgan bo`lib, har doim ijtimoiy tabiatga ega bo`ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste`mol qiladigan narsalar va shunday iste`mol qilinadigan narsalarni, ya`ni non va mashinalarni, mebel’ va ish qurollari, kiyimlar, avtomobillar va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Mehnat faoliyati o`z mohiyati jihatidan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli, birorta kishi ham o`ziga kerak bo`ladigan narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshidan oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. SHuning uchun odam hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsalarni jamiyatdan oladi, o`z ehtiyojlarini qondiradi.




Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish