Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Xarakter tarkibi, xarakterning shakllanishi



Download 1,52 Mb.
bet82/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

3.Xarakter tarkibi, xarakterning shakllanishi.

Xarakterning kishida ko`rinadigan va tilimizda o`z ifodasini topgan xususiyatlari bexad Ko`p bo`lib, mingdan ortiqni tashkil etadi. SHu sababli xarakterning o`zgarib turadigan xususiyatlarini sanab va tasniflab berish juda qiyin. Bundan tashqari xozirgacha psixologiyada aniq bir tasniflash sxemasi ishlab chiqilgan emas. Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga etib va norma chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiya /ortiqcha urg`u berilishi/ deb ataladigan vaziyat paydo bo`ladi. Xarakterning ortiqcha urg`u berilishi – ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi chegarasidir.

Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining fiziologik xususiyatlariga, xarakterning ko`rinishlariga o`z ta’sirini kursatadi, ularning paydo bo`lishi va kechishining dinamik xususiyatlarini belgilab beradi.

Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga karshilik kursatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda flegmatik tipdagi odam o`zida tashabbuskorlik va kat’iylikni tarkib toptirishi qiyinrokdir. Jur’atsizlik va vaximalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bo`lib xisoblanadi. Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o`zini tuta bilishni va o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Xarakter xususiyatlarining paydo bo`lishi, uning tabiati, o`zgarishi mumkinligi yoki mumkin emasligi psixologlarning o`zok davom etib kelayotgan munozaralari mavzui bo`lib xisoblanadi.

Xarakter – ko`p jixatdan o`z-o`zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda kishining odatlari jamlanadi. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon bo`ladi, shu bilan birga, u shu faoliyatda shakllanadi ham. Agar yigit yoki kiz o`zini - o`zi tankid qilishni xarakterining xususiyati sifatida tarbiyalashga o`rinayotgan bo`lsa, ular o`zlariga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshishlari kerak.

Mexnat va o`qish tugrisida gapirmagan takdirda ham kunlalik turmush, oiladagi xayot sharoitlari insoniy xarakterlar maktabidir. Pedagoglar va ota-onalar oldida muntazam ravishda mas’uliyatli vazifa: bolalar xarakterida sezila boshlagan o`zgarishlarni o`z vaqtida sezish va ularni inobatga olgan xolda xulk-atvor va tarbiya soxasida o`z yulini amalga oshirish vazifasi turadi.

SHunday qilib, kishiga xarakter tabiatan berilmagan. O`zgartirib va qaytadan shakllantirib bo`lmaydigan xarakter bo`lmaydi. «Mening xarakterim shunaqa va men o`zimi xech narsa qila olmayman» deb baxona qilish psixologik jixatdan mutlaqo asossizdir. Xar qanday kishi ham o`z xarakterini barcha ko`rinishlari uchun javobgardir, xar bir kishi o`zini-o`zi tarbiyalash imkoniga egadir.

Xarakter kishining tashqi ko`rinishiga ta’sir qilar ekan, uning hatti harakatlarida, xulq atvorida, faoliyatida yorqin ifodasini topadi. Xarakter to`g`risida odamlarning hatti harakatlari asosida hukm chiqarish kerak. Odatdagi ish, faoliyat va hatti - harakatlar tizimi - kishi xarakterining poydevoridir. Xarakterni kishining odatlari ham yaxshi namoyon qiladi. 1

Xarakter sotsial tabiatga ham ega, ya’ni, kishining dunyoqarashiga, uning faoliyat mazmuni va shakliga, u yashayotgan va ishlayotgan jamoada, boshqa odamlar bilan qanday munosabatda bo`lishiga bog`liq. Eng muhimi kishi ekstremal vaziyatda o`zini yaqqol ko`rsata oladi.

Kishining istalgan, shu jumladan, ichki psixologik holatlarga qarshilik qila olish qobiliyati uning o`zini o`zgartiradigan qudratli kuchi borligini, uning shaxs sifatida rivojlantirish negizini namoyon qiladi.

Shaxs nimaga va qay darajada qodirligiga qarab unda birinchi o`rinda konkret xarakteriologik emas balki ijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlari chiqadi va bunga u qay darajada qodir bo`lmasa, shaxs odatdagi vaziyatlarda boshqalardan ajralib turadigan individual sifatlari bilan benishon ko`milib ketishi mumkin.

Buning ustiga odamlar aynan bir xil holatlarni har doim ham bir xil aks ettirmaydilar: «Kimki bajarishni istasa vosita izlaydi, kimki istamasa bahona izlaydi». Artist o`zi o`ynagan qaxramoni xarakteriga tushib qolganini bilmay qolishi mumkin. (Italiyalik sobiq firibgar ijobiy kahramon rolini o`ynab avvalgi xarakterini tamomila o`zgartirib yuboradi.) Yoki sobiq yosh qoidabuzar unga ishonch bildirilgach shu ishonchni oqlashga urinib o`zi eng odobli, intizomli kolonistga aylanishini A. S. Makarenko isbotlagan.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish