Fransuz olimi Jan-Pol Sartrning ta’kidlashicha, “Zolushka” ertagida sodir bo’lgan voqeada hech qanday hayratlanarli narsa yo‘q, uning fikricha, biz odamlar «hamisha vaziyatlarga bogliqmiz. Bizni vaziyatlardan ajratib bolmaydi, vaziyatlar shaxs sifatida bizni va bizning imkoniyatlarimizni shakllantiradi». Ijtimoiy psixologiya shaxsga turli xil vaziyatlarning ta’sirini o‘rganib, kishilar bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini va ular bir-birlarini qanday idrok etishlarini o‘rganadigan fan sifatida qiziqarlidir. Shuningdek, uning tadqiqot doirasiga barchani birdek qiziqtiradigan quyidagi savollar ham kiradi: — Kishilar bir-birlari haqida nimalarni o‘ylaydilar? Bizning o‘zimiz haqimizdagi tasavvurlarimiz qanchalik to‘g’ri? Do‘stlarimiz haqidagisi-chi? Notanishlar haqidagi fikrlarimiz-chi? Bizning fikrlarimiz va harakatlarimiz orasidagi aloqa qanchalik ahamiyatga ega? — Odamlar bir-birlariga qanday va qay darajada ta’sir o‘tkazadilar? Ijtimoiy muhit ta’siriga qanday qarshilik ko‘rsatish mumkin? — Nima uchun odamlar ba’zida bir-birlarini xafa qiladilar, ba’zi paytlarda yordam beradilar? Bu savollarning barchasi o‘zaro bogliq boiib, ijtimoiy psixologiya ana shu savollarga javob topish bilan shug’ullanadi. Qisqasini aytganda, psixologiyada shaxsni o‘rganishning o‘ziga xosligi shundaki, bu fan odamlar bir-birlari haqida nima o‘ylashidan tortib, ular bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishigacha o‘rganadigan fandir. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi. Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ulam ing mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va uning tuzilishini o‘ziga xos tarzda tasaw ur qilishgan. quyida mualliflar tomonidan keltirilgan ta’riflar tahlillarining keltirib o‘tamiz. A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy mimosabatlaming ham ob’ekti ham sub’ektidir. A.N .Leont’ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va unga shunday ta’rif beradi: shaxs faoliyat sub’ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan jamiyatda o ‘z rolini anglovchi, jamiyatning qishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurro ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs - bu tashqi ta’sirlar y o‘nalishini o‘zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir. Psixlogiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o‘zaro farqlanib turuvchi tushunchalar qo‘llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individualiik. U lam ing mohiyatini aniqroq izohlab berish, har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |