Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)


Xissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari



Download 1,63 Mb.
bet55/149
Sana13.03.2022
Hajmi1,63 Mb.
#492488
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149
Bog'liq
2 5258342921647690358

6.2.Xissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. CHunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.


6.3.Emotsional holatlarning turlari.

Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress-affektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi.


Stress-inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir.
Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati-bu psixosomatik korrelyasiya, vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi.
Emotsional kechinmalarning xilma-xilligi avvalambor, odamlarning kayfiyatida ifodalanadi.
Odamlar o‘rtasida hissiyotlarning ifodalanishining chuqurligi va barqarorligi bo‘yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba’zi odamlarni hissiyotlar o‘rab olib, o‘zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki xususiyatga ega bo‘lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‘tib ketadi. Odamlarda affekt va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda nomutanosib, o‘zi va hulq-atvori nazorati yo‘qotilgan, affekt va ehtiroslarga beriluvchan, masalan, g‘azab, jazava, xavotirga tushadigan odamlarni ajratish mumkin. Boshqa odamlar, aksincha, doimo o‘zini tuta biladi, o‘z hislarini, ongini nazorat qiladi.
Odamlar o‘rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar ularning faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlar hislar ta’sir etuvchi xususiyatga ega, harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator o‘zgarishlarga sabab bo‘lmaydigan hisning o‘zi bilan chegaralanadi. Hislar sustligining yorqin shakli insonning ko‘ngilchanligida ifodalanadi.
Shunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‘lishidagi farqlar ma’lum odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi.
Xarid qilishga bo‘lgan nosog‘lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX asrda aniqlangan o‘ziga xos kasallikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib, olimlar unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra, oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%) aziyat chekadilar. AQShda 55 mln. odam bu kasallikka chalingan, ulardan 15 mln. surunkali shopogoliklardir.
Agar avval oniomaniyadan aziyat chekadiganlar xarid qilish maqsadida supermarket va do‘konlarni kezishgan bo‘lsa, endilikda ular Internet, TV-do‘kon yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali oxirigacha aniqlanmagan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, shopogolizm odam organizmiga inson kayfiyatini boshqaradigan serotonin gormonining etishmovchiligi bilan bog‘liq. Ba’zilar mahsulotlarni sovg‘alar qabul qilishni yoqtirganlari sababidan buyurtma qiladilar. yoki, ayol oiladagi muammolardan o‘zini yupatish uchun yangi xarid bilan o‘zini xursand qiladi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin, oqibatlari esa yirik qarzlarga borib taqaladi. Shopogolizm, olimlar fikriga ko‘ra, ichkilikbozlik kabi jiddiydir.
Emotsional xossalar individning psixik ko‘rinishini belgilaydilar, shaxs emotsional tipini tashkil etadilar. Odamlar emotsional, o‘ta ta’sirchan, ehtirosli va frigid mijozlilarga bo‘linadilar. Birinchisi oson qo‘zg‘aluvchan, emotsional ta’sirchan, impulsiv; ikkinchisi-o‘z sezgilarini mushohada qilish, ulardan zavqlanishga moyil; uchinchisi-emotsional intiluvchan, o‘ta faol, maqsadga erishishda sabotli; to‘rtinchisi-aql bilan ish ko‘radilar, qayg‘urish hissi ularga yot.
Hissiyotlar va sezgilarning yuzaga kelishi va so‘nishi shartli refleks shakllanishining barcha qonuniyatlariga bo‘ysunadi.
Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli ob’ektlar sinfiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Shunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri ularning umumlashtirilganligi va ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati hisoblanadi. Boshqa qonuniyat-sezgilarning davomli seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi. Xuddi shunday sevimli qo‘shiq hadeb tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda ko‘p marta takrorlanadigan hazil kulgili bo‘lmay qoladi.
Ijobiy hissiyotlar kabi, salbiy hissiyotlar ham so‘nishga moyil bo‘ladi. Odam ma’lum darajada turli vaziyatlarga, shuningdek, salbiy ta’sirlar (badbo‘y hid, xunuk manzara, noqulay sharoit)larga ham ko‘nikadi.
Turli seskantiruvchilar ta’sirida yuzaga keladigan turli segilar o‘zaro taqqoslanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro ta’sirlashadi. Biror shaxsning xunuk harakatidan, xuddi shunday vaziyatdagi boshqa shaxsning oliyjanob harakati solishtirilganida taassuf hissi kuchayadi, qoniqish hissi qoniqmaslik hissidan so‘ng kuchliroq seziladi. Insonning taqdiri, azob-uqubatlari qanchalik og‘ir, muvaffaqiyatsizliklarining yakun topishi shunchalik quvonch bilan idrok qilinadi-bu sezgilarning keskin qarama-qarshiligi.
Hissiyotlarning yana bir qonuniyati-ularning o‘zgaruvchanligi hisoblanadi. Biror ob’ekt yuzasidan qondirilmagan hissiyotlar boshqa ob’ektlarga (barchaga «zarar o‘rnini to‘ldirish» hodisasi) o‘tkazilishi mumkin.
Ambivalentlik-lotincha har tomonlama kuchga ega ma’nosini anglatib kishining bir ob’ektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladigan bir-biriga qarama-qarshi emotsional irodaviy holatdir.
Hissiyotda ambivalentlik bu rohatlanish va azoblanishni birga qo‘shilib va biri ikkinchisiga o‘tib ketmaydigan emas, balki bunda birga bo‘lish kechiriladigan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan, rashk hissida muhabbat va nafrat.
Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati-bu psixosomatik korrelyasiya, vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish