Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)


Faoliyat tushunchasi, uning tuzilishi, turlari,motiv va motivatsiya tavsifi



Download 1,63 Mb.
bet47/149
Sana13.03.2022
Hajmi1,63 Mb.
#492488
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149
Bog'liq
2 5258342921647690358

5.1.Faoliyat tushunchasi, uning tuzilishi, turlari,motiv va motivatsiya tavsifi.

Odamning asosiy xususiyatlaridan biri uning mehnat qilish qobiliyatidir, mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo‘lib hisoblanadi.


Faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. Shuningdek, u L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.Ya. Galperin va boshqa ko‘pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.
Faoliyat-bu sub’ektning olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning ob’ektda ifodalanishi, shuningdek, sub’ektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’ekt faolligining ifodalanish shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini bildiradi.
Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin.
Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti-bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti-yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi.
Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog‘liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo‘lib, moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi.
Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
- faollikning ichki motivga ega shaklidir;
- inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk mahsulotning yaratilishi;
- insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
- insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo‘ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi.
Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. Shaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan.
Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi.
Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. Yuqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. Shunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv-bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad-bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri.
Harakat-bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat-bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin.
Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo‘yish va uni ushlab qolish ko‘rinishidagi ong aktini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi xususiyat: harakat-bu bir vaqtning o‘zida hulqatvor akti ham bo‘lib hisoblanadi .
Shunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi konsepsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko‘rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat.
Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini «harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo‘ygan holda tasdiqlaydi. Faollik va ta’sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelib chiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang‘ich nuqtasi tashqi muhitga yoki sub’ekt organizmiga joylashtirilishi lozim.
To‘rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli dunyoga «olib chiqadi».
Harakat doimo maqsad bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, harakat esa maqsadning amalga oshishini ta’minlaydi. Maqsadning xususiyati orqali harakat xususiyatini aniqlash mumkin. Inson maqsadlarini tahlil qilib, nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa keng hajmliligini keltirish mumkin.
yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo‘linadi, ular ham o‘z o‘rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo‘linishi mumkin va h.k. Shunga mos ravishda har bir etarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning harakatlar tizimida turli darajalarga o‘tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar bilan telefon orqali bog‘lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo so‘zlashuv telefon tarmog‘iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz lozim va h.k. Kabinaga kirgandan so‘ng, abonent bilan bog‘lanishingiz kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi (III tartib): tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo‘ladi va h.k.
Muolaja-bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. Muolaja deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi. Masalan, ikkita ikki xonali sonlarni ko‘paytirish amalini xotirada va misolni ustuncha shaklida yozgan holda echish mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal bo‘ladi.
Qo‘llaniladigan muolajalarning xususiyati nimaga bog‘liq bo‘ladi? Avvalambor, ular harakat amalga oshiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Agar harakat maqsadning o‘ziga javob bersa, muolaja maqsad qo‘yilgan sharoitlarga javob beradi. Bunday sharoitlarga tashqi vaziyatlardan tashqari, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi.
Shunday qilib, tashqi faoliyatdan tashqari ichki, aqliy faoliyatni ham ajratish mumkin. Bunday faoliyatning vazifalari nimalardan iborat? Avvalambor, bu vazifalar ichki harakatlarning tashqi harakatlarni tayyorlashidan iborat. Ular zarur harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib, inson kuchini tejashga, shuningdek, qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradilar. Masalan, odam kitob javonlarini devorga qoqib qo‘yish uchun joyni mo‘ljallaydi. Bir yo‘lni tanlab olib, baholaydi, so‘ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, uchinchisiga o‘tadi, nihoyat, o‘ziga mos va qulay holatda to‘xtaladi. Garchi bu vaqt ichida bir marta ham «barmog‘ini qimirlatib» qo‘ymaydi, ya’ni, biror bir amaliy harakatni amalga oshirmaydi.
Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‘ylab olishga kiradi. Qanday harakat qilishni o‘ylayotgan inson qanday yo‘l tutadi? Qandaydir harakatning ro‘yobga chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Ularga qarab, o‘zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. yoki boshqa misol, ko‘p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, vaqtdan o‘zib, o‘sha hodisani bo‘lib o‘tganday tasavvur qiladi. Natijada o‘zini yuzida baxtli tabassum bilan o‘tirganini ko‘radi. Bu misollar insonning ichki faoliyatiga misol bo‘la oladi. U o‘zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat codir bo‘lish shakli bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar yordamida uyg‘otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o‘zining muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga oshirilishidan, real mahsulot o‘rniga g‘oyaviy natija hosil bo‘lishidan iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga o‘tkazilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‘zlashtirib olib, real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o‘yinida donalarning yurishi o‘zlashtirilib, ularning oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‘ylab olish imkoniyati tug‘iladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan to‘qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko‘ra, psixik jarayonlar faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon o‘z vazifalari va muolajaviy-texnik tuzilishiga ega bo‘lib, ma’lum maqsadda amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o‘zaro farqlari va mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog‘liq perseptiv maqsad va vazifalariga ega. Perseptiv vazifaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini keltirish mumkin. Bunday vazifalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko‘z bilan chamalash masalalarini hal etishda, chehralarni, ovozlarni tanib olishda va h.k.da bajarishga to‘g‘ri keladi. Barcha vazifalarni hal etish uchun har biriga mos ravishda farqlash, aniqlash, o‘lchash, tanish va boshqa harakatlar ko‘rinishidagi perseptiv harakatlar amalga oshiriladi.
Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va h.k.)ni faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o‘rganib, ma’lum axborotlar - faoliyatning umumiy tuzilishi, darajalari, kechish shakllari va h.k.ni qo‘llash mumkin va zarurdir.



Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish