Umumiy psixologiya fanidan 2-kurslar uchun O`quv-uslubiy majmua


Pedagogik psixologiya metodlari



Download 1,62 Mb.
bet4/159
Sana26.05.2022
Hajmi1,62 Mb.
#610298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
Majmuam PSIXOLOGIYA. (Автосохраненный) 1

Pedagogik psixologiya metodlari. Pedagogik psixologiyada umumiy va Yosh psixologiyada foydalanilgan metodlar qo‘llaniladi. Ular: kuzatish, yozma va og‘zaki savolnomalar, eksperiment va boshqalar. Lekin ular bolalarning Yoshi va psixologik va pedagogik muammolariga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi.Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning maxsus metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-pedagogik eksperiment, maxsus psixologik-pedagogik testlar kiradi.Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u yoki bu pedagogik ta’sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsusrivojlantiruvchi maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladi.Psixologik-pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat:Aniqlovchi eksperiment; shakllantiruvchi eksperiment; nazorat eksperimentlari.Pedagogik psixologiyada qo‘llaniladigan barcha metodlar quyidagilarga bo‘linadi:Tashkiliy metodlar; sharhlash metodlari, baholash metodlari, natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari.Tashkiliy metodlar o‘tkaziladigan tadqiqotning maqsadi, mazmuni, tuzilishi, tashkil etilishi, tayyorgarlik shakllarini o‘z ichiga oladi. Sharhlash metodlari o‘tkaziladigan tadqiqotning barchasi yoki uning ayrim qismlarini amalga oshirish shakllariga tegishli bo‘ladi. Baholash metodlari tadqiqot natijalarini, jumladan tadqiqotda ishtirok etgan bolalarning psixologik va xulq-atvor xarakteristikalarini aniqlash psixologik-pedagogik baholash usullarini qamrab oladi. Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari deganda tadqiqotda sinaluvchilar haqida zarur ma’lumotlarni to‘plash nazarda tutiladi.Yuqorida keltirilgan tadqiqot metodlaridan tashqari yana bolaga amaliy psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va korreksiyadir. Psixologik masalahat bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni o‘rganish va tanishish asosida unga og‘zaki tavsiyalar va nasihatlar turida yordam ko‘rsatishdir. Korreksiya psixologning qiziqtirayotgan shaxsga bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishidir.Xususan, pedagogik psixologiya “bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashning qonuniyatlarini; bu jarayonda namoyon bo‘ladigan individual farqlarni; o‘quvchilarda faol mustaqil ijodiy tafakkur shakllanishi qonuniyatlarini; ta’lim va tarbiya ta’siri ostida psixikada yuzaga keladigan o‘zgarishlarni, ya’ni yangi psixik tuzilmalar shakllanishini o‘rganadi”.Pedagogika bilan pedagogik psixologiya o‘rtasida yana ham mustahkam va ajralmas aloqa bordir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining qonkret turlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanning, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin olgandir. Pedagogik psixologiya maktabda bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni tekshiradi, o‘quvchilarda aktiv, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya ta’siri bilan o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham o‘rganadi. Bundan tashqari, o‘quv materiallarining o‘quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darslik, o‘quv qurollari, asbob- uskunalar va maktab ishlarining rejimiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarning hammasini ham pedagogik psixologiya o‘rganadi.Pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu narsa yangi ta’lim dasturiga o‘tish munosabati bilan ta’limning mazmunida yuzaga kelgan jiddiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarini, turli tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashni psixologik asoslarini tekshiradi. Nihoyat, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo‘lgan o‘quvchi shaxsini va o‘quvchi mehnatining xususiyatlarini o‘rganadi. Bunda o‘quvchining ta’lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarini ajratib ko‘rsatish bilan birga uning pedagogik bilimlari, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotning psixologik sharoitlari aniqlanadi.
Pedagogik psixologiya vazifalari:
1) ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish;
2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash;
4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini o‘rganish;
5) pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish;
6) o‘quvchilarga individual yondoshish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish.
Pedagogik psixologiyaning quyidagi bo‘limlari mavjud:
1.Ta’lim psixologiyasi.
2.Tarbiya psixologiyasi.
3.Pedagogik faoliyat psixologiyasi.
Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya o‘rganadigan ob’ektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning o‘rganish obyekti – bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti bo‘yicha o‘rgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi sifatida, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan ta’siri sifatida o‘rganadi. Ma’lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir Yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iborat. Bu esa o‘quvchining psixik dunyosidan yaxshi xabardor bo‘lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to‘g‘ri tashkil qila olishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi. Pedagogik psixologiya ham, Yosh psixologiyasi ham umumiy psixologik qonuniyatlarni ochib beradigan psixik jarayonlarni, psixik holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan fan – umumiy psixologiyaga asoslanadi.Lekin yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya pedagogik jarayonni tashkil qilish uchun tayyor retsept yoki tavsiyanomalar berishni da’vo qilmaydi. Yosh va pedagogik psixologiyaning materiallari va xulosalaridan ta’lim - tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishda foydalaniladi. Bu haqda rus pedagogi K.D. Ushinskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi:“Biz pedagoglarga unday yoki bunday qilinglar deb aytmaymiz, ammo biz ularga o‘zingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonunlarini o‘rganing va bu qonunlarga amal qiling hamda ularni tadbiq qilmoqchi bo‘lganingiz sharoitlarini hisobga olib ish qiling, deb aytamiz”.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish