Umumiy psixologiya fanidan 2-kurslar uchun O`quv-uslubiy majmua



Download 1,62 Mb.
bet130/159
Sana26.05.2022
Hajmi1,62 Mb.
#610298
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   159
Bog'liq
Majmuam PSIXOLOGIYA. (Автосохраненный) 1

"Aql - bu yaxshi tashkil etilgan bilimlar tizimidir»(K.D.Ushinskiy).
Yuqorida aytib o‘tilgan barcha sifatlar Yosh o‘zgargan sari o‘zgarib boradi. Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo‘lib, u aqliy faoliyatning mahsuldorligini ta’minlaydi.
11. 3. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
O‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay xilma-xil ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar.
Fiziologik jihatdan malaka bosh miyaning katta yarim sharlari po‘stlog‘ida hosil bo‘lib, vaqtinchalik nerv bog‘lanishlarining barqaror tizimining funksiyasini ta’minlaydi. Dinamik-stereotiplarni yaratish sharoitlari bir vaqtning o‘zida avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik-sintetik faoliyatni yuzaga keltiradi.Malakalar kishining bilim va ko‘nikmalari asosida tarkib topadi. Malaka hosil bo‘lishining dastlabki bosqichida uning har bir qismi o‘ylangan holda, diqqat bilan bajariladi. Malakalar shakllanib borgan sari, ularni bajarishga nisbatan nazorat kamayib boradi. Shuning uchun ham ma’lum bir faoliyatni amalga oshirishda malakalarning ahamiyati kattadir. Malakalar harakat turlariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
-harakat malakalari;
-sensor malakalar;
- aqliy malakalar
Malakalarning nerv-fiziologik asosi dinamik stereotiplardir. Buning natijasida nafaqat malakalar, balki ko‘nikmalar ham yuzaga keladi. Shaxsda malakalar shakllanishida quyidagi qonuniyatlar ko‘zga tashlanadi:
1. Malaka hosil bo‘lishining notekis jarayoni. Bu
mashqlarning egri grafigida namoyon bo‘ladi.
2. Malakalarning ko‘chishi. Ijobiy malakalarning yangilarini
shakllanishiga ta’siri ko‘chish deyiladi. Malakalardagi salbiy ta’sir esa interferensiya deb ataladi, bunda eski malaka yangisining shakllanishiga halaqit beradi.
3. Malakani progressiv va regressivligi - malaka uzoq vaqt miqdorida xizmat qilishi uchun undan foydalanish lozim. Aks holda deavtomatlashtirish yuzaga kelib, zarur harakatlar o‘z tezligi, yangiligi, aniqligi va avtomatlashtirilgan harakatlarni ta’minlovchi xususiyatlarini yo‘qotadi.

Ko‘nikma eksteriorizatsiya qilishni – bilimlarning jismoniy harakatga mujassamlashu-vini taqozo etadi. Uning boshlanish nuqtasi axborotning yuksak darajada, ya’ni ongda qayta ishlanishidan iboratdir. Amaliy harakatlarning ana shu yuksak darajadagi faoliyati natijalari bilan yo‘naltirib turilishi esa uning yakunini tashkil etadi. Ko‘nikma va malakalar xatti-harakat uslubi bo‘la turib, ma’lum faoliyat turiga qarab ishlab chiqarish, o‘quv, ijtimoiy, sport, tashkiliy, texnik faoliyat, ilmiy faoliyat, san’at sohasidagi ko‘nikmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Lekin, barcha faoliyat turlarida qo‘llaniladigan ko‘nikma va malakalar mavjud: bular - harakat, sensor, aqliy ko‘nikma va malakalardir. Harakat ko‘nikmalariga jismoniy mehnat, sport va o‘quv ko‘nikmalari (xat yozish, tez o‘qish va hokazo) kiradi.Sensor ko‘nikma va malakalarga o‘lchov, yorug‘lik, ovoz va simvolik ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqarish markazlarida takrorlab borishlar kiradi.Aqliy ko‘nikma va malakalarga - kuzatish usullari, malakalarni rivojlantirish, og‘zaki va yozma hisob-kitobni ishlab chiqish, harakatlarga yo‘naltirish, kitob bilan ishlash, arxiv materiallarini yig‘ish, ilmiy tajriba o‘tkazish va hokazo. Malakalar mashq qilish natijasida yuzaga keladi, ya’ni bunda maqsad sari yo‘naltirilgan (doimiy) qaytarish mustahkamlashga olib keladi va samarali usullar asosida qayta-qayta qaytarilishi amalgaoshiriladi.Inson tomonidan egallangan ko‘nikma va malakalar yangi ko‘nikmalarni shakllantirishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Odatlarni insonning madaniy va axloqiy xulqida ahamiyati katta. Odatlar bilim, ko‘nikma va malakalar asosida tarkib topib, ulardan farqli o‘laroq, ijobiy hamda salbiy bo‘ladi. Masalan, mehnatsevarlik odati ijobiy, dangasalik odati salbiydir. Odatning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlar qobig‘ida hosil bo‘lgan dinamik stereotiplardir. Ta’lim boshqariladigan jarayon bo‘lib, bunda har bir bolaning harakati qadamba-qadam nazorat qilinadi, o‘qituvchi har bir bosqichda o‘quvchining bilimlarini malakalarini o‘zlashtirish haqida axborot olib turadi, yangi material avvalgi materialni o‘zlashtirishga qarab taqdim etiladi.O‘quv faoliyatini boshqarish o‘z-o‘zini boshqarishning tarkibiy qismi bo‘lib, mustaqil bilim olish, ijodiy fikrlash sari o‘quvchilarni etaklaydi. O‘quv faoliyatini boshqarishning tarkibiy qismlari rejalashtirish, o‘zini nazorat qilish, bilishga qiziqishdan iborat bo‘lib, o‘zaro jips bir-biri bilan aloqada hukm suradi. O‘quv faoliyatini boshqarishning tarkiblari umumlashgan ta’limiy usullar yordami bilan o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. Ular o‘ziga xos xususiyatlari, faolligi, ko‘lami, samaradorligi, sur’ati bilan tafovutlanishiga qaramay, bir-birlarini taqozo qiladi. Boshqaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi. Shunday ekan, o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri va oqilona boshqara olishi o‘quvchi shaxsi kamolotida nihoyatda kattadir.Faoliyatdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. O‘quv jarayonining boshqarilishi ikkita asosiy maqsadni ko‘zda tutadi. Ulardan birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirishdir. Ana shu maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak, o‘quv jarayonini boshqarishning:
birinchi vazifasi -tashkiliy bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasi bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;
ikkinchi vazifasi - bevosita o‘quvchining qiziqish va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir. Shuningdek, bu vazifa o‘quvchilarni ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e’tibor berilgan. Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vazifa o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.Bu holat va xususiyatlar o‘quvchilarni o‘zaro jipslashtirish, nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, Shuningdek, mustaqil ta’lim olishlarini rivojlantirishdan iboratdir.
O‘qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anaviy o‘qitish usuli - bunda o‘qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlaydi va muammoni echib beradi. O‘quvchi esa masalani echish yo‘llarini eslab qoladi va uni echishni mashq qiladi. Bunda o‘quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi. Rivojlantiruvchi ta’lim o‘kitishning muammoli usulida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish jarayonlarini boshkaradi, uni tashkil etadi va nazorat kiladi.O‘quvchi esa muammoni tushunadi, uni echish yo‘llarini qidiradi va uni echadi. Bunday hollarda o‘quvchi tafakkurining mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o‘qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1. O‘quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o‘quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni echish uchun sharoit izlashi kerak.
2. O‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi
ma’lumotlarni berishdan qochish kerak.
3. O‘rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‘lishi
uchun ayni shu fan yoki bilim, o‘quvchining o‘zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.
4.Yangi material qanchalar o‘quvchi tomonidan avval o‘zlashtirilgan
bilimlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u o‘quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo‘ladi.
5. Haddan ziyod qiyin material o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydi.
Berilayotgan bilimlar o‘quvchining kuchi etadigan darajada bo‘lishi lozim.O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini ko‘rsatish, o‘quvchining o‘quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o‘yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta’limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo‘lavermaydi, Shuning uchun o‘quvchilarda iroda, qatiylik, mehnatsevarlik kabi hislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu hislatlar o‘quvchining kelgusida o‘z-o‘zini nazorat qilishga, o‘z-o‘zini baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos bo‘lishi kerak.Respublikamizda o‘quv faoliyatini boshqarish muammosi E.G‘.G‘oziyev va uning shogirdlari X.Ruxieva, Sh.V.Azizovalar tomonidan o‘rganilgan.Sh.Azizova tadqiqotida yuqori sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatini boshqarishning psixologik xususiyatlari tadqiq etilgan. Muallifning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatini boshqarish tarkiblarini egallash muayyan bosqichma-bosqich amalga oshadi, turli xususiyatli materiallarni o‘zlashtirish negiziga quriladi. Egallangan usullar va tarkiblarni yangi vaziyatga ko‘chirish boshqarish jarayoni vujudga kelganligini bildiradi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish