2.5. Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va hissiyotlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, bolaning yig‘lashi hamda yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga: onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchini shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atrof muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala-munosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men”ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 Yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning “Mengabering”, “Ko‘taring”, «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch Yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «.o‘zim qilaman”qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.
3 Yoshdagi inqiroz: 3 Yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. “Men katta bo‘lsam mashina haydayman”, «Men sizga katta tort olib kelaman»,«Meningyuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi»kabi xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o‘zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Ko‘pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga bildirgan salbiy xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bola o‘zini mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda «o‘zim qilaman» boshlanadi va bu yana kaysarlik va o‘jarlik tarzida ko‘rinadi. 3 Yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi.Uch Yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy yangi o‘zgarishlar
Yosh davrlari
Bilishi
Harakati
Muloqoti
3 Yosh
Nutqning shakllanishi.
Ko‘rgazmali harakat tafakkurning rivojlanishi.
Obrazli
tafakkurning dastlabkinishonalari.
Atrof -muhitdan o‘ziniajratishi; qat’iylikni anglashi
Qo‘l predmetli harakatlarning rivojlanganligi o‘z xatti-harakatlarini
irodaviy
boshqarishning
ko‘rinishlari
O‘z-o‘zini anglashning yuzaga kelishi.
Dastlabki axlokiy
qoidalarni
egallashi
Faol nutqni nutqni
Qo‘l va oyoq
Xarakter
2 Yosh
tushunishi va o‘zida yuzaga kelishi
funksiyalarining aniq belgilanishi
asoslarini shakllanishi
1 Yosh
Nutqni tushunishning dastlabki belgilari
Mustaqil holda tik turish va yurish
Nutqni qo‘llashning dastlabki belgilari
10 oylik
Sensomotor intellektning rivojlanishi
Mustaqil holda tik turish va yurishga harakat qilish
Bog‘liqlik reaksiyasining yuzaga kelishi, begona muhit va begonalar orasida xavotirlik
8 oylik
Sensomotor intellektning yuzaga kelishi
Tayanib yurishi
Jest, mimika va pantomimika yordamida noverbal muloqoti
7 oylik
Yordam bilan turishi
5 oylik
Sezgilarning rivojlanishi
Yordam bilan o‘tirishi
3 oylik
Ko‘rish qobiliyatining shakllanishi
Yon tomoniga o‘girilishi
Onaning jilmayishiga javob qaytarishi
2 hafta
Onaning tovushini boshqa tovushlardan farqlashi
Qo‘l va oyoq harakatlarida qat’iylik
1 hafta
Harakatlarni kuzatishi
Qo‘l va oyoqlarning betartib harakati
III TOPSHIRIQ
Ontogenezning ilk bosqichlarida psixik taraqqiyot xususiyatlari
Vazifa: Psixik rivojlanishning ilk bosqichlariga xos xususiyatlarni aniqlang. Bunda quyidagi jadvalda tegishli xususiyat va Yosh bosqichining nomi kiritilgan satr bilan ustun kesishgan joyga belgi qo‘yish talab qilinadi.
№
Psixik rivojlanishning muayyan davriga xos xususiyatlar
Bolaning ko‘zguda o‘z aksini kattalar yordamisiz tanishni boshlashi
√
3
Bola tug‘ulganidayoq mavjud bo‘lgan shartsiz reflekslarning ko‘pchiligi yo‘qolib ketishi
√
4
Bolada turli jinsdagi kishilarga nisbatan har xil reaksiya kuzatila boshlanishi
√
5
Bolaning tovushlarni balandlik va tembr xususiyatlariga ko‘ra farqlay boshlashi
√
6
Bolaning atrofdagi odamlar nutqida diqqatni jamlay boshlashi
√
7
Bola nutqi rivojlanishida “so‘z-gap” bosqichining boshlanishi
√
8
Bolada hamdardlik qilishga xos ilk xatti-harakatlarning kuzatilishi
√
9
Bola yuzida shaklan tabassumga o‘xshash harakatlarning ilk bora kuzatilishi
√
10
Bolada muayyan narsa-buyumlar o‘ziga tegishli ekanini qayd etish xususiyati shakllanishi
√
3-MAVZU: MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI.
Reja:
1. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti.
2. Maktabgacha Yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi
3. Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi