Takrorlash va muhokama uchun savollar.
1.Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va vazifalari nimalardan iborat?
2.Zamonaviy o‘qituvchi shaxsiga qanday talablar qo‘yiladi?
4.Pedagogik qobiliyatlarga nimalar kiradi?
5.O‘qituvchining kasbiy moslashuv jarayonida qanday muammolarga duch keladi?
Tayanch tushunchalar:
Kasbiy hislatlar, o‘qituvchi qobiliyatlari; perseptiv qobiliyatlar; akademik qobiliyatlar; avtoritar qobiliyatlar; gnostik malakalar.
13-MAVZU: PEDAGOGIK QOBILIYATLAR
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy: Talabalarni ta’lim jarayonida pedagogik qobiliyatlarni, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar bilan tanishtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘rnini anglatish.
Tarbiyaviy: Pedagogik faoliyat, pedagogik qobiliyatlarda, shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifatlarini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |