UMUMIY PSIXOLOGIYA
1-topshiriqlar
1. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2. Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy sohalari.
3. Yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Yosh va pedagogik psixologiya fanining metodlari
5. Psixik rivojlanishning asosiy omillari. Yosh tushunchasi.
6.Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosi (qadimiy va zamonaviy tasniflar).
7. Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi muammosi
Javoblar
1. PREDMETI
Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy maqsadlarni ruyobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
2. XX asr boshida yosh va pedagogik psixologiya sohasida ikki asosiy: biologik va ijtimoiy yo‘nalish ajratilgan.
Biologik, biogenetik yo‘nalishga xos narsa – tug‘ma xusu-siyatlar, «irsiyat»ga yo‘naltirilish, bola xulqi va rivojlanishini sodda-mexanik tushunishga intilishdir. Bola rivojlanishidagi irsiy omillarni ortiqcha baholash va biogenetik qonuniyatlarni psixologiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mazkur yo‘nalishning o‘ziga xos kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyadagi biogenetik qonuniyat – Gekkel’ tomonidan XIX asrda shakllantirilgan mashhur evolYusiya qonunlarini yosh psixologiyasi sohasiga ko‘chirishga urinishdir. ²omila ona qornidaligida bir hujayrali mavjudotdan inson bo‘lgunga qadar barcha rivojlanish davrlarini bosib o‘tgani kabi, bola ham insoniyat tarixidagi asosiy bosqichlarni qayta bosib o‘tadi. SHunday qilib, bola bosib o‘tadigan besh bosqich ajratilgan: yovvoyilik davri, ov davri, chorvachilik davri, dehqonchilik davri va sanoat davri. Mazkur davrlashtirishga ko‘ra, bola yovvoyi holda tug‘iladi, barcha bosqichlarni birin-ketin bosib o‘tib, oxirida unda pul, savdo, almashinishga qiziqish paydo bo‘ladi, ya’ni kapitalistik tuzum idealiga javob beradi.
Pedagogik psixologiyadagi ijtimoiy genetik yo‘nalish ham xatolardan xoli emas edi. Turlicha bo‘lib tuYulgan bu nazariyalar ko‘p hollarda bir-biriga yaqin. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, muhit bola rivojlanishida fatal (taqdir) omil sifatida namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham insonni o‘rganish uchun uning muhitini tahlil qilishning o‘zi kifoya: o‘rab turgan muhit qanday bo‘lsa, inson shaxsi batamom o‘shanday bo‘ladi.
4.Yosh davrlar psixologiyasida umumiy psixologiyaning kuzatish, eksperiment, anketa, test, so‘rov kabi metodlari hamda kompleks, biografik metod, longityud metod, egizaklar metodi, faoliyat maxsullarini tahlil qilish kabi maxsus metodlari qo‘llaniladi.
Fan va texnika taraqqiyoti shaxs psixikasi taraqqiyotining xususiyatlarini eksperimental ravishda o‘rganish uchun murakkab va nozik asboblarni yaratish imkonini berdi. Eksperimental materiallar asosida asta-sekinlik bilan turli yoshdagi bolalar psixikasi taraqqiyotining qonuniyatlari aniqlana boshlandi.Yosh davrlar psixologiyasi fani ham psixologiya ilmining boshqa soxalari singari o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Psixologik qonuniyatlarni muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar tufayligina xolisona aniqlik kiritish mumkin. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:
1. Muammoning qo‘yilshi. Xar qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo fanda qanchalik yoritilganligini aniqlash maqsadida mazkur mavzuga oid ilmiy va maxsus adabiyotlarni taxlil qilishdan boshlanadi.
2. Tadqiqot metodikasini tanlash. Psixologik tadqiqotlar turli metodlar {bu metodlar xaqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Tekshirishlarning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jixatdan metodni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq bo‘ladi.
3. Ma’lumotlarni to‘plash. To‘plangan ma’lumotlar o‘rganilayotgan muammoga mos bo‘lishi yoki ularni to‘plash maqsadga muvofiq ravishda olib borilishi zarur. Ilmiy ma’lumotlarga bo‘lgan asosiy talablar - bu ularning xolisona, to‘la va izchil bo‘lishidir. To‘plangan ma’lumotlar o‘rganilayotgan muammoni har jixatdan tavsiflab berishi kerak,
4. Ma’lumotlarni qayta ishlash. To‘plangan ma’lumotlarni matematik va mantiqiy jixatdan ishlab chiqish umumiylikni, xususiylikni topish va ularni tasodifiy ma’lumotlardan ajratash imkonini beradi. Bunda to‘plangan ma’lumotlarning o‘rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va xokazo), protsentlari aniqlanadi, sonlarga oid ma’lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma va chizmalarda o‘z aksini topadi. Murakkab mutanosiblikdagi ma’lumotlarni topishda esa variatsion statistika metodlari qo‘llaniladi.
5. Qonuniyatlarning ifodalanishi. Bu tadqiqotning bir muncha murakkab va masxuliyatli bosqichi xisobanadi. CHunki, bu bosqichda ma’lumotlarning moxiyatiga qanchalik chuqur tushunilganligi, ularning o‘zaro bog‘liqligini xisobga olib, olingan ma’lumotdan xar turli xulosa chiqarish mumkin. Ko‘pincha chiqarilgan xulosalar ta’miniy xarakterga ega bo‘lib, keyingi tekshirishlar uchun asos bo‘ladi.
6. Qonuniyatni amalda qo‘llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma’lum bir amaliyot sohasida qo‘llaniladi. Amalda qo‘llash aniqlangan qonuniyatning to‘g‘riligiga batamom ishonch xosil qilish imkonini beradi. Ko‘pincha o‘qituvchilar o‘z amaliy faoliyatlarida shaxsiy kuzatishlari va boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Biroq, bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan etarli asoslangan bo‘lmaydi, ya’ni, muammo aniqligi va teranligi bilan ajralib turmaydi.
5.Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog’liqlini dalillar asosida izoxlab beradi. Ulardan;
- birinchisi - inson tug’ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri;
- ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta’lim tarbiyaning ta’siri;
- uchinchisi - odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta’siridir.
Psixologiyada yosh tushunchasi
Shaxsning rivojlanishining yanada to'liq tahlilini o'tkazish uchun hayot bosqichlari uchun gradation qabul qilinadi. Ular yashagan yillarni baholashga oid 4 yondashuv doirasida ko'rib chiqilishi mumkin.Biologik - tananing shakllanishiga asoslanadi.Xulq-atvorga asoslangan psixologik .Ijtimoiy davr psixologiyada jamoatchilik rollari va funktsiyalarini qabul qilish darajasi bilan bog'liq.Jismoniy - faqat yashagan vaqtni baholaydi.Biologiya nuqtai nazaridan, hayot yo'lini keyingi bosqichlarga bo'linishi mumkin:
bolalar - 16 yoshgacha;
yosh erkaklar - 16-21 yosh;
etuk - 60 yilgacha;
yoshi 60 dan oshgan.
6.Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlar va ularni qondirish uchun zarur vositalarning yetishmasligidir. Shaxs taraqqiyotining erishgan darajasi, hayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan o’rni o’rtasidagi ziddiyat ham muhim ziddiyatlardan biridir. Shaxs yangi sharoitga moslashishga intiladi (bog’chada, maktabda). Ta’lim va tarbiya jarayoni ham shaxs oldiga yangi vazifalarni qo’yadi, faoliyatning yangi motivlarini hosil qiladi.
Shaxs ma`lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy mavjudotdir. Har bir tarixiy davrda shaxsning o`ziga xos xususiyatlari shu davrning ijtimoiy- iqtisodiy tipi va tarbiya tizimiga bog`liq holda tashkil opadi, shakllanadi.
7.Bolada sodir bo‘ladigan psixik o‘sish, o‘zgarish real hayotda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishi biroz murakkabroq kechadi. Buning sababi bir tomondan bolada hali etarlicha tajribaning etishmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan kattalarning boladagi ehtiyoj va intilishlari ortida turgan rivojlanish xususiyatlarini to‘liq anglab etmasliklaridadir. Natijada esa bolalar va kattalarning munosabatlarida keskin vaziyatlar vujudga keladi. Bunday vaziyatlar tufayli bolalar va kattalarning boshdan kechiradigan psixik kechinmalari, xolatlari psixologik tilda inqiroz tushunchasi bilan ifodalanadi. Demak, inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o‘sishdagi ziddiyat, qarama-qarshilikdan iborat. Bu jarayonda bolalar bilan kattalar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Yosh davrlar psixologiyasida asosiy inqiroz davrlari sifatida bolalarning 3 yoshli, 7 yoshli hamda o‘smirlik davri inqirozlari alohida e’tirof etiladi.
Uch yoshli bolaga to‘g‘ri tarbiya berish, ta’sir o‘tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltirish orqali ularda mustaqil xolda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o‘z o‘rnini yig‘ishtirishga ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarishga o‘rgatish mumkin. Psixolog olimlarning ta’kidlashicha bolaning uch yoshgacha o‘sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha o‘zgartirib yuboradi. SHunga qaramay, bolaning o‘sishida kattalarning ta’siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o‘sib borishi bolaning mustaqilroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |