Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Axborot texnologiyasini maqsadi nima?
2.O’qitishning yanggi axborot texnologiyasining (UYAAT) vazifasi nimalardan iborat?
3.YAngi axborot texnologiyasining (YAAT)asosiy manbalari nima?
4.Hozirgi zamon o’qituvchisining axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
5.YAngi axborot texnologiyalarini (YAAT) tiplarga ajrating?
6.Universal tipdagi axborot texnologiyalarini sanang?
7.Kasbiy axborot deganda nimani tushunasiz?
8.Axborotni qanday uzatiladi?
9.O’qituvchining axborot madaniyati nima?
10.O’quvchiniki-chi?
11. Masofali ta`lim nima?
12. Masofali o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
13. Masofali ta`limdan foydalanishning qanday shartlari bor?
6-mavzu: TEST TEXNOLOGIYASI
REJA:
1.Test texnologiyasining vujudga kelishi.
2.Test tarixi.
3.Test topshiriqlari va ularning bankini yaratish.
4.Testga qo’yiladigan didaktik talablar.
5.Test rejasini ishlash.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish to’g’risida»gi Qarori O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o’rin olgan test usuli mamlakatimiz ta`lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko’rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala darajasiga ko’tarilganligining yaqqol dalilidir.
Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, YAponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro’yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog’lanish mavjud: testlarni qo’llash ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi; ta`lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog’liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.
Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo’lgan alohida soha ekanligi va shu bilan birga test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo’yicha loyihalangan tashhislanuvchi o’quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini ham e`tiborga olib, bu bo’limda testshunoslik tarixi (J. Fisher, F. Gamelton, CH. Grim, CH. Rassel), test usulining afzalliklari, test shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma`lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |