Ta’limning ilmiy bo`lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning hozirgi fan va texnika taraqqiyot darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollashtirishni hamda maktab ta`limi davomida yoshlarni ilmiy bilimlar bilan tanishtirib borishni ta`minlashga qaratilgan.
Ta`lim va tarbiyaning birligi
Ta`lim jarayonida o`quvchini tarbiyalash, jamiyatda o`z o`rnini topishga yo`naltirish, ularga barkamol shaxs hislatlarini singdirish asosiy o`rinni tutmog`i lozim. Buning uchun: o`zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o`quvchilarda ilmiy materialistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish; shu jarayonda o`quvchilarga muayyan ma`naviy sifat, umuminsoniy ahloq meyorlarini singdirish; v) o`quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish nazarda tutiladi.Ta`lim-tarbiyaning birligini taminlash, ta`lim jarayonini to`g`ri tashkil etish va xilma-xil o`qitish meto`dlaridan unumli foydalana olishga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ta`lim bilan tarbiyaning birligini ta`minlamoq uchun ayniqsa:
a) bayon qilinayotgan o`quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham g`oyaviy jihatda to`g`ri yo`nalishga ega bo`lishi;
b) o`qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish;
v) bayon ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o`zlashtirish hamda turmushda ularga amal qilinishi;
g) ta`lim jarayoni o`quvchilarning qiziqishini orttirish, faollik va tashabuskorliklarni oshirishga qaratilgan bo`lishi;
d) ta`lim jarayonida o`quvchilarning saramjonlik, uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, jamoatchilik hamda o`zaro yordam hislarini tarbiyalashga alohida ahamiyat bermog`i lozim.
YA.A.Komenskiyning buyuk xizmati shunan iboratki, u didaktika tarixida birinchi marta ta’lim prinsiplarini tartibga solish masalasi bilan shug’ullandi. “Buyuk didaktika” asarining XV-XVIII boblarida amaldagi prinsiplarpning ko’pchiligi asoslangan edi. 1975 yili YA.A. Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari o’zbek tilida M.Ochilov muharrirligida chop etilgan.
Bu sohada mutafakkirlarimizdan Ibn Sinoning fikrlari ham o’ziga xosdir. Uning «bilim orqali erishiladigan natijalar» haqidagi ta'limoti o’qitish nazariyasida alohida o’rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilish, tashqi ko’rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
So’ngi yillarda davriy nashrlarda va ilmiy jurnallarda tadqiqot mavzusiga doir bir qator maqolalar xam chop etilgan bo’lib, ularda didaktik prinsiplarning ayrim jixatlari yoritib berilgan. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
Didaktik qonuniyatlar.
Gnoseologik qonuniyatlar.
Psixologik qonuniyatlar.
Kibernetik qonuniyatlar.
Sotsiologik qonuniyatlar.
Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir.