Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida


Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi



Download 0,73 Mb.
bet14/18
Sana07.02.2020
Hajmi0,73 Mb.
#39008
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
dts


2. Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi

A1

zamonaviy jang turlari va ularning tavsifini biladi. Askarning majburiyati, uning jangdagi harakatlanish tartibi va usullarini biladi hamda ularga amal qiladi;

askarga biriktirilgan shaxsiy qurol va jangovar texnikalardan foydalana biladi hamda ularni asray oladi;

harbiy ishga doir boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi;

axborot kurashlari va lokal qurolli to‘qnashuvlar haqida tushunchaga ega;

chet el armiyalari o‘qotar qurol va jangovar texnikalari namunalarining vazifasi, tuzilishi haqida tushunchalarga ega.



A1+

umumqo‘shin jang turlari va ularning tavsifini biladi. Jangda harakatlanish tartibi va usullarini to‘liq o‘zlashtiradi;

shaxsiy qurol va jangovar texnikalardan foydalana biladi hamda ularni asray oladi;

portlovchi uskunalarni qo‘llash, o‘rnatish, niqoblash va zararsizlantirish tartibini biladi;

axborot kurashlari va lokal qurolli to‘qnashuvlar haqida to‘liq tushunchaga ega;

chet el armiyalari o‘qotar qurol va jangovar texnikalarining vazifasi, tuzilishi, jangovar imkoniyatlarini biladi;

jang olib borishning zamonaviy vositalari imkoniyatlari haqida bilimga ega;

muhandislik himoya vositalarini jihozlash va niqoblashni tashkil etish tartibini biladi.



3. Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi

A1

harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara olish malakasini egallaydi;

to‘siqlarni engib o‘ta oladi;

qo‘l jangi usullarni bajara oladi;

gimnastik snaryadlarda belgilangan me’yorlarni bajara oladi;

qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini egallaydi va unga amal qiladi.



A1+

harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara olish malakasini to‘liq egallaydi;

to‘siqlarni engib o‘tish malakasini egallaydi;

qo‘l jangi usullarni to‘liq o‘zlashtiradi;

gimnastik snaryadlarda belgilangan me’yorlarni bajaradi;

qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini mukammal egallaydi va unga to‘liq amal qiladi.



4. Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi

A1

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimlari haqidagi bilimga ega.

favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida biladi hamda bunday holatlarda to‘g‘ri yo‘l tutadi va oqilona tashabbus ko‘rsata oladi;

ommaviy va oddiy qirg‘in qurollaridan himoyalanish usullari va vositalari haqida biladi;

Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘zlashtiradi, o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa yordamni ko‘rsata oladi.

A1+

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimlari haqidagi to‘liq bilimga ega.

favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida biladi hamda bunday holatlarda to‘g‘ri va tezkor yo‘l tutadi hamda oqilona tashabbus ko‘rsata oladi;

ommaviy va oddiy qirg‘in qurollari jangovar xususiyatlarini hamda ulardan himoyalanish usullari va vositalarini biladi hamda ulardan foydalana oladi;

favqulodda vaziyatlarda o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zarur yordamni ko‘rsatish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega;

favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanishni tashkil qila oladi.



5. Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompitensiyasi

A1

yurt manfaatlarining doimo ustuvor ekanligini tushunadi;

vatanparvarlik tadbirlarining faol ishtirokchisi bo‘la oladi;

o‘zida harbiy xizmatchiga xos sifatlarni shakllantiradi;

buyuk ajdodlarimiz merosini, Qurolli Kuchlarimizning jangovar an’analarini qadrlaydi.

A1+

yurt manfaatlarining doimo ustuvor ekanligini biladi va unga qat’iy amal qiladi;

vatanparvarlik tadbirlarining faol tashkilotchisi bo‘la oladi;

harbiy xizmatchiga xos sifat va fazilatlarga ega;

buyuk ajdodlarimiz merosini, Qurolli Kuchlarimizning jangovar an’analarini qadrlaydi va ularga munosib bo‘lishga harakat qiladi.

Qo‘shimcha izoh: o‘g‘il bolalar alohida guruhda harbiy tayyorgarlik fanini o‘rganish davrida qiz bolalar uchun alohida guruhda (faqat o‘g‘il va faqat qizlardan shakllangan guruhlar) “Tibbiy bilim asoslari”, “Hayot va turmush odobi (Oilashunoslik)” bo‘limlari o‘qitiladi.

Unda, “Tibbiy bilim asoslari”:



Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi

A1

birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va qoidalarini biladi;

turli jarohatlanish, shikastlanish, epidemiologik kasalliklarning oldini olish tushunchalariga ega bo‘ladi;

jarohatlanganda, kuyganda, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, epidemiologik kasalliklar tarqalganda va nurlanishdan shikastlanganlarga, favqulodda vaziyatlarda ruhiy zo‘riqish holatlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Hayot va turmush odobi (Oilashunoslik)”:

Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi

A1

Milliy urf-odatlar, marosim va an’analarning shaxsning kamolotidagi o‘rnini, farzandlik burchi va uni ado etishni, ota-onani hurmat qilish, odob-axloq va reproduktiv salomatlik, hayo, ibo tushunchalariga ega bo‘ladi;

muloqot qoidalari, kun tartibini rejalashtirish, etiket me’yorlari va ko‘rkamlik sirlarini, kiyinish odobi va ozodalik, gigiyena qoidalari, uy-ro‘zg‘or yumushlari, kelinlik odobi hamda farzand tarbiyasini biladi.

21-§. Oila psixologiyasi fani

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oila psixologiyasi fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Fanni o‘zlashtirish darajasi

Bosqich mazmuni

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

Akademik litseylar, kasb­hunar kollejlari bitiruvchilari

A1

“Oila psixologiyasi” fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Oila psixologiyasi o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Fanning maqsadi: O‘quvchilarga oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli ko‘nikma va malakalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida kompetenlilikni ta’minlash.

Fanning vazifalari:

“Oila psixologiyasi” fani, uning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish;

oilaning ma’naviy, huquqiy, ijtimoiy va psixologik asoslari bilan tanishtirish;

o‘quvchi yoshlarni oilani muqaddas bilishga o‘rgatish orqali ularni ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

oilaning ijtimoiy kelib chiqishi tarixi, uning turlari bilan tanishtirish;

oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari bo‘yicha tushunchalar hosil qilish;

o‘quvchilarda shaxsning shakllanishida oilaning roli haqida tasavvur hosil qilish;

yoshlarni oiladagi shaxslararo muloqotga, xususan ota-ona va bola munosabatlariga tayyorlash;

yoshlarni oilaviy hayotda kuzatiladigan o‘zgarishlar haqidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish;

yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan nizolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo‘nalishlardan saqlanishga o‘rgatish;

yoshlarda muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona chiqish malakalarini shakllantirish;

yoshlarni reproduktiv xulq asoslari bilan tanishtirishdan iborat.



Oila psixologiyasi fani bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Oila psixologiyasiga oid tushunchalarni bilish kompetensiyasi

A1

Oila psixologiyasi faniga oid atamalarni biladi, ularni to‘g‘ri talqin qila oladi;

oilaning huquqiy asoslari bilan tanishadi. Nikoh-oila munosabatlarining kelib chiqishi tarixini, sharq allomalarining nikoh-oila munosabatlari haqidagi qarashlari, oila turlari va vazifalari haqidagi ma’lumotga ega;

o‘smirlik va ilk o‘spirinlik davridagi o‘g‘il-qizlarning yosh-psixologik xususiyatlarini farqlaydi;

oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi, oilaviy nizolar psixologiyasi va ajralish, uning sabab, oqibatlari haqida xulosa chiqara oladi;

reproduktiv xulqning psixologik asoslari haqida tasavvurlarini kengaytirishni, erta oila qurishning salbiy oqibatlarini tasavvur qiladi va mohiyatini tushunadi;

psixodiagnostik testlardan foydalana olishni biladi.

2. Oilaviy hayotga tayyorlik kompetensiyasi

A1

Oilaning ma’naviy qadriyat ekanligini tushunadi;

turli mijozli xususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslarda sevgi-muhabbat tuyg‘ularining kechishini tahlil qila oladi;

nikoh oldi omillari va ularning oila mustahkamligiga ta’sirini anglash, kerakli ma’lumotlarni saralash, oilaviy muloqotga tayyorlilik, oilaga moslashuvchanlik, oilada sog‘lom turmush tarzini olib borish, nikoh shartnomasini tuzish bo‘yicha tasavvurga ega bo‘ladi;

oila budjetini to‘g‘ri taqsimlash va amalda qo‘llash tajribasiga ega;

3. Oiladagi shaxslararo munosabatlarni tahlil eta olish kompetensiyasi

A1

Oila turlarining oila barqarorligiga ta’sirini tahlil qila oladi;

oilada shaxslararo munosabatlarning shaxs psixologiyasiga ta’sirini tushunadi;

oilaviy hayotda yuzaga keladigan nizoli, muammoli vaziyatlarning oldini olish, ulardan oqilona chiqib ketish yo‘llarini tahlil qila oladi.



22-§. Falsafa fanlari

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida falsafa (estetika, dinshunoslik asoslari, shaxs va jamiyat) fanlarini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari

A1

Estetika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari

A1

Dinshunoslik asoslari fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari

A1

Shaxs va jamiyat fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Falsafa (estetika, dinshunoslik asoslari, shaxs va jamiyat) fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Estetika:

Estetika fanini o‘qitishning maqsadi:

o‘quvchilarda estetik tafakkurning yuzaga kelishi va taraqqiyotini, san’atdagi, turmushdagi, sanoatdagi, tabiatdagi nafosatning, go‘zallikning inson hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirishdan iborat.



Estetika fanini o‘qitishning vazifalari:

o‘quvchilarda estetik ong va ijodiy qobiliyatning shakllanishi hamda rivojlanishiga ko‘maklashish;

milliy va umumbashariy estetik qadriyatlarning mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatib berish;

yosh avlodda go‘zallikka, ulug‘vorlikka nisbatan muhabbat hissini shakllantirish;

o‘quvchilarga haqiqiy san’at asarlarining millat va jamiyat hayotidagi ulkan ma’naviy hodisa ekaniligini uqtirish;

o‘quvchilarda san’atni chuqur tushunish malakasini hosil qilish;

o‘quvchilarga texnika estetikasi va dizaynning, tabiat estetikasi, turmush estetikasi hamda sport estetikasining erkin, demokratik jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini anglatish;

fanni o‘rganishda ijodiylik, ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilish hamda manbalar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish;

o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarda estetik voqelik va estetik obyektlar bilan bevosita munosabatda bo‘lishlariga erishishdan iborat.

Dinshunoslik asoslari:

Dinshunoslik asoslari fanini o‘qitishning maqsadi: — o‘quvchi yoshlarga jamiyat va inson ma’naviy hayotining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan din va uning ta’limoti, tarixi to‘g‘risida ilmiy-nazariy tushunchalar berish, ularni diniy bag‘rikyenglik ruhida tarbiyalash;

yoshlarda din va uning turli shakllari, yo‘nalishi va oqimlari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan dunyoqarashni shakllantirish.



Dinshunoslik asoslari fanini o‘qitishning vazifasi:

o‘quvchilar ongiga fuqarolarning faoliyati vijdon erkinligiga doir qonun talablariga muvofiq ekanligi hamda e’tiqodi sog‘lom shaxs ma’naviyatida milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligining o‘ziga xos jihatlarini singdirish;

din, uning mohiyati va mazmuni, ezgulik g‘oyalari bilan o‘quvchilarni qurollantirish;

diniy qadriyatlarning umuminsoniy va milliy qadriyatlar bilan mushtarak jihatlarini tahlil qilish orqali diniy e’tiqod va his-tuyg‘ularga hurmat ruhida tarbiyalash;

dindan siyosiy maqsadlarda foydalanish, ekstremistik va terrorchilik jinoyatlarini niqoblashning reaksion mohiyatini fosh etish;

yurtimizda vijdon erkinligining kafolatlanishi, ma’rifiy islomning rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yoshlarni tanishtirishdan iborat.



Shaxs va jamiyat:

Shaxs va jamiyat fanini o‘qitishning maqsadi:

ijtimoiy bilishga bo‘lgan qiziqishga asoslangan holda Shaxs axloqiy madaniyatining, uning hozirgi tafakkur tarzi va ijtimoiy xatti-harakatining shakllanishi, o‘zining taqdirini o‘zi belgilashi va o‘zini o‘zi namoyon etishini shakllantirish;



Shaxs va jamiyat fanini o‘qitishning vazifalari:

inson, uning shaxs sifatida shakllanishi, jamiyat, ijtimoiy madaniy tizim sifatida tsivilizatsiya va uning tarixi to‘g‘risida umumgumanitar va oliy maktab tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning bundan keyingi o‘qitilishi, mustaqil ta’lim olish yoki istiqboldagi kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilimlar tizimini o‘rganish;

turli millat va elatlarning yonma-yon yashashi, turli konfessiyalarning mavjudligi sharoitida milliy g‘oyaga, O‘zbekiston Respublikasidagi bag‘rikyenglik, konstitutsiyaviy, demografiyaviy qadriyatlarni hurmat qilishni tarbiyalash;

inson va jamiyat hayoti to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, tizimlashtirish va tanqidiy mulohaza qilish malakalarini egallash;

shakllanayotgan fuqarolik jamiyati va demokratik, huquqiy davlat hayotida hamda millatlararo munosabatlar va oilaviy turmush sohasida zarur bo‘lgan kommunikativ amaliy faoliyat usullarini o‘rganishdan iborat.

Falsafa (estetika, dinshunoslik asoslari, shaxs va jamiyat) fanlari bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

Estetik madaniyatga ega bo‘lish (anglash; qadrlash; qo‘llay olish) kompetensiyasi

A1

tabiat va jamiyat uyg‘unligini anglaydi;

estetik tushunchalarni anglaydi, ta’riflaydi va ularni amalda qo‘llay oladi.

nafosatni, go‘zallikni tushunadi va anglay oladi;

estetik ong va ijodiy qobiliyatga ega;

milliy va umumbashariy estetik qadriyatlarning mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi ahamiyatini biladi;

go‘zallikka, ulug‘vorlikka nisbatan muhabbat hissiga ega;

san’atni chuqur tushunish malakasiga ega;

estetik tarbiyaning mazmun-mohiyatini anglab etadi;

kreativlik qobiliyatini shakllantiradi va amaliyotda qo‘llay biladi.



Diniy erkinlik va bag‘rikyenglik (bilish, anglash, amal qilish) kompetensiyasi

B1

dinlar haqida umumiy ma’lumotlarga ega;

imon-e’tiqodli;

dinlarning ezgulik mohiyatini anglay oladi;

diniy va milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini anglaydi;

dunyoviy davlatda diniy munosabatlar haqida tushunchaga ega;

din ma’naviyatning o‘zagi ekanligini his etadi;

dinlararo munosabatlarda bag‘rikeng bo‘ladi;

yon-atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga xolis munosabat bildira oladi.

Jamiyat va shaxsning o‘zaro aloqadorligini idrok eta olish (bilish; anglash; qo‘llay olish) kompetensiyasi

A1

jamiyat va shaxs haqida nazariy bilimlar va dunyoqarashga ega;

insonning kelib chiqish omillari to‘g‘risida mustaqil pozitsiyaga ega;

buyuk shaxslar maqomi, ularning jamiyatdagi o‘rnini biladi;

tsivilizatsiya, madaniyat va qadriyatlar uzviyligini anglaydi;

O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’limiga doir siyosat asoslarini biladi va yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana oladi;

hozirgi dunyoning tuzilishi, globallashuv jarayonlari to‘g‘risidagi bilimlarga ega;

jamiyatdagi voqea va hodisalarni baholaydi, ularga xolis munosabatda bo‘ladi;

O‘zbekistonning rivojlanish yo‘llari va omillari haqidagi bilimlarga ega;

millatlararo munosabatlarda o‘zaro hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;

sog‘lom ijtimoiy munosabatga kirisha oladi;

ziddiyatlar qurshovida vaziyatlarni to‘g‘ri baholay oladi;

bilim va ijtimoiy faollikni namoyon eta oladi;

jamiyatdagi voqea va hodisalarga daxldorligini namoyon qila oladi.



23-§. O‘zbekiston Konstitutsiyasi fani

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Fanni o‘zlashtirish darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari

A1

“O‘zbekiston Konstitutsiyasi” fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish