120-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
“Yoz – o‘tadi soz” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish,
takrorlash va umumlashtirish. Topshiriqlarni bajarish va boshqotirmalarni hal etish
orqali o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash hamda
amaliyotda qo‘llay olishlarini tushuntirish.
A1+
Mavzu. Bug‘doyning taqdiri. Dilshod Rajab (1 soat).
Bug‘doyning maysa bo‘lib o‘sishidan tortib, pishib yetilishi, un va non
bo‘lishiga qadar jarayon. Nonning inson hayotidagi o‘rni. Nonni e’zozlash. She’rni
ongli va ifodali o‘qish. She’r mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |