112-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
“Tabiatni asrang, avaylang” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini
tekshirish, takrorlash va umumlashtirish. Topshiriqlarni bajarish, rebus va
boshqotirmalarni hal etish orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
Nazorat ishi (1 soat).
A1+
Mavzu. Akula kelmadi. O‘tkir Xoshimov (1 soat).
Suvda suzish, uning inson sog‘ligi uchun ahamiyati, bolalarni yoshligidan
suzishga o‘rgatishning ahamiyati. Ongli, tez va ifodali o‘qish. Hikoya mazmuniga
doir maqol, topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Suv. Qudrat Hikmat (1 soat).
Suvning hayotdagi o‘rni. Suvning tabiatga ta’siri. Suvsiz hayotning yo‘qligi.
Cho‘lni, sahroni bo‘stonga aylantirishdagi o‘rni. She’rni ongli va ifodali o‘qish.
She’r mazmuniga doir maqol, tez aytish va topishmoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |