1-SINF
ATROFIMIZDAGI OLAM
(33 soat haftasiga 1 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
mavzuga oid ma’lumotlarni gapirib berish, tabiat va uning hodisalarini aytib
bera olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
turli
manbalarning
ma’lumotlaridan
foydalana olish, o‘ziga zarur
ma’lumotlarni o‘zlashtira olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kun tartibiga amal qilish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish,
maktabda, ko‘chada, jamoat transportida yurish qoidalariga roya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok
etishi, o‘zaro munosabatlarida muomala madaniyatga ega bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |