Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joy tabiatini bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash, milliy
bayramlarni bilish va tadbirlarda ishtirok etish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: kun tartibiga amal qilgan holda kundalik ish rejasini tuza olish, maishiy
texnika jihozlaridan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya
qilish.
1-BOB. ATROFIMIZDAGI OLAM (5 soat) 1-mavzu. Kirish. Men va atrofimizdagi olam. (1 soat)
Atrofimizdagi olam va uning xilma-xilligi haqida tushuncha berish.
Tevarak-atrof bilan tanishish. 2-mavzu: Bizning maktab. (1 soat)
219
Maktab binosi va hovlisi, sinfxonalari, kutubxona, oshxona, sport zali va
boshqalar haqida ma’lumot berish.