16-Mavzu. O‘simlikning hujayraviy tuzilishi va hujayraning hayotiy faoliyati bilan tanishamiz.
Sitoplazma. Hujayraning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan sitoplazma tashqi muhitdan plazmatik membrana bilan ichkaridan esa yadro qobig‘i bilan ajralib turadi. Sitoplazma hujayralarning yarim suyuq holdagi ichki muhitidir. Sitoplazmada organoidlar, kiritmalar, shuningdek, hujayra skeletini hosil qiladigan mayda-mayda naychalar va iplar joylashgan bo‘ladi. Sitoplazma asosiy moddasining tarkibida oqsillar ko‘p bo‘ladi. Asosiy moddalar almashinuvi
jarayonlari sitoplazmada boradi. Sitoplazma barcha organoidlarni bir butun qilib birlashtiradi va hujayra faoliyatini ta’minlab boradi. Sitoplazma organoidlarini umumiy va xususiy, membranali va membranasiz organoidlarga ajratish mumkin. Umumiy organoidlar organizm tarkibidagi barcha hujayralarda uchraydi. Ularga mitoxondriya, hujayra markazi, golji majmuasi, ribosoma, endoplazmatik
to‘r, lizosoma, plastidalar misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |