8-sinf (Haftasiga 1 soatdan jami 34 soat)
1. Zamonaviy kompyuterlar (7 soat)
Mazmun: Hisoblash texnikasi taraqqiyoti davrlari. EHM avlodlari. Shaxsiy kompyuter va uning asosiy qurilmalari. Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar.
2. Dasturiy ta’minot (10 soat + 1 soat nazorat ishi)
Mazmun: Dasturiy ta’minot va uning turlari haqida tushuncha. Operatsion sistema va uning vazifalari. Fayl va kataloglar haqida tushuncha. Kompyuterning tashqi xotirasi turlari va xususiyatlari. Interfeys va uning turlari.
3. Elektron jadvallar (15 soat+ 1 soat nazorat ishi)
Mazmun: Elektron jadval va uning vazifalari. Elektron jadvalning elementlari. Formulalar bilan ishlash. Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Ma’lumotlarni saralash. Elektron jadvalda mantiqiy elementlarni qo‘llash.
9-sinf (Haftasiga 2 soatdan jami 68 soat)
Algoritmlash asoslari (10 soat+ 1 soat nazorat ishi)
Mazmun: Kompyuterda masala yechish bosqichlari. Model va uning ko‘rinishlari. Algoritm, uning xossalari, tasvirlash usullari, turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |